Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • 5:0
      • Cremonese
      • 14.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Parma
      • 15.01.2026 00:45
      • Inter
      • -:-
      • Lechche
      • 15.01.2026 22:30
      • Verona
      • -:-
      • Bolonya
  • La-liga
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Selta
  • AFC U-23
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • 2:0
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • 0:1
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • 2:0
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • 1:1
      • Suriya
      • 14.01.2026 16:30
      • Iroq
      • -:-
      • Avstraliya
      • 14.01.2026 16:30
      • Tailand
      • -:-
      • Xitoy
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Vyetnam 3 9
2 Iordaniya 3 6
3 Saudiya Arabistoni 3 3
4 Qirg‘iziston 3 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Yaponiya 3 9
2 BAA 3 4
3 Suriya 3 4
4 Qatar 3 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 O‘zbekiston 3 7
2 Janubiy Koreya 3 4
3 Livan 3 3
4 Eron 3 2

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Xitoy 2 4
2 Avstraliya 2 3
3 Iroq 2 2
4 Tailand 2 1

O'tgan o'yinlar.

3-тур Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
3-тур Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
3-тур O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
3-тур Eron 0-1 Livan
3-тур Yaponiya 2-0 Qatar
3-тур BAA 1-1 Suriya

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Iroq - Avstraliya
14/01/26 Tailand - Xitoy

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zohid Abdullayev: «Kiritgan gollarimni yaqinlarim va muxlislarimga bag‘ishlayman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Metallurg” – “Qizilqum” jamoalari uchrashuvida navoiyliklar darvozasiga ikkita to‘p kiritgan Zohid Abdullayev kuchlilar safidagi jami gollari sonini 100 taga yetkazib oldi va “Gennadiy Krasniskiy klubi” a’zosiga aylandi. Uchrashuvdan keyin biz o‘yin qahramonini suhbatga tortdik.

- Zohid , avvalo sizni g‘alaba bilan, “Gennadiy Krasniskiy klubi” a’zosiga aylanganingiz hamda “uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi” deb e’tirof etilganligingiz bilan tabriklaymiz.

- Rahmat. Men ham fursatdan foydalanib barcha ishqibozlarimizni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Yutuqlarimiz esa davomiy bo‘lishini istab qolaman.

- Mas’uliyat yuqori bo‘lgan pallada maqsadga erishish ham qiyinlashadi. Bugun raqib darvozasini ishg‘ol etish oson bo‘lmagandir.

- Albatta. Samarqanddagi mag‘lubiyatdan keyin yutuqqa erishishimiz, muxlislarimizni xursand etishimiz kerak edi. Men to‘p kiritamanmi, bosha o‘yinchi muvaffaqiyat qozonadimi, bundan qat’iy nazar ishqibozlarimiz bizdan g‘alaba talab etayotgandi. Uchrashuv esa haqiqatan ham qiyin boshlandi. Ancha paytgacha “Qizilqum” bizning erkin harakat qilishimizga, to‘pni nazoratda ushlab turishimizga imkon bermadi. Penaltidan keyin esa navoiyliklar hisobni tenglashtirish maqsadida oldinga tashlanishdi. Natijada paydo bo‘lgan bo‘shliqlar bizga qo‘l keldi.

- Ammo “Qizilqum” tezda javob golini kiritishga ham muvaffaq bo‘ldi...

- Shunday. Lekin Andreevning golidan keyin bizda g‘alaba qozonishga, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritishga ishonchimiz ortdi. Bevosita o‘zim kiritgan gollarga to‘xtaladigan bo‘lsam, jamoadoshlarimning yordamini alohida e’tirof etgan bo‘lardim. Muzaffar, Seryoja, Bahrom bilan tandemlarimiz, tezkor kombinasiyalarimiz raqibni dog‘da qoldirdi. Darvozabon qarshida yolg‘iz qolganimda esa Xudo shukur, texnika pand bermadi.

- Bugungi gollaringizni kimga bag‘ishlaysiz.

- Yaqinlarimga, oila a’zolarimga va meni doimiy ravishda qo‘llab quvvatlab turuvchi, menga ishonuvchi sodiq muxlislarimga bag‘ishlayman. Bugungi yutuq barcha bekobodliklarni va “Metallurg” ishqibozlarini xursand etganidan baxtiyormiz.

- Zohid, avvalgi uchrashuvlarda zahiradan maydonga tushirilgandingiz, bugun esa ilk daqiqalardan asosiy tarkibda harakat qildingiz. Bu ham o‘z o‘yiningizni namoyish etish, gol kiritishingizga yordam berdimi?

- Ehtimol. Ammo futbolchi har qanday holatda bor kuchi bilan o‘ynashi, murabbiylar va muxlislar ishonchini oqlashga tayyor turishi kerak. Futbolchi uchun el e’tiborida turish, ularning mehrini qozonishdanda yoqimli va qiyin vazifa bo‘lmasa kerak. Buning uchun esa tinimsiz mehnat qilish, izlanishdan to‘xtamaslik lozim.

- Yuzlik dovonni zabt etdingiz. Navbatdagi maqsadlar qanday?

- Maqsadimiz hamisha chiroyli gollar bilan xalqimizni, ishqibozlarimizni xushnud etish. Bu yo‘lda esa aytib o‘tganimdek mehnat qilishdan bo‘yin tovlamaslik, ishlash va ishlash kerak.
- Samimiy suhbatingiz uchun rahmat. G‘alaba bilan yana bir bor tabriklaymiz.

- Sizlarga ham, muxlislarimizga ham rahmat, stadionga kelganingiz, bizga ishonganingiz va qo‘llab quvvatlaganingiz uchun. “Metallurg” hamisha muxlislar uchun o‘ynaydi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:38, 13.04.2019. O'qildi: 1705 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Ливан Leonardo Shahin 4
2 Иордания Ali Azayzeh 3
3 Япония Ryunosike Sato 3
4 БАА Ali al-Memariy 2
5 Япония Ozeki 2
6 Саудия Арабистони Rakan al-G‘amdiy 2
7 Вьетнам Nguyen Din Bak 2
8 Ўзбекистон Sardorbek Bahromov 1
9 Ўзбекистон Ravshan Xayrullayev 1
10 Ўзбекистон Amirbek Saidov 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.