Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 17.08.2025 00:30
      • Alaves
      • 2:1
      • Levante
      • 17.08.2025 00:30
      • Valensiya
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 17.08.2025 20:00
      • Selta
      • 0:2
      • Xetafe
      • 17.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • 3:2
      • Sevilya
      • 18.08.2025 00:30
      • Espanyol
      • 2:1
      • Atletiko
      • 19.08.2025 00:00
      • Elche
      • -:-
      • Betis
      • 20.08.2025 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 17.08.2025 18:00
      • Chelsi
      • 0:0
      • Kristal Pelas
      • 17.08.2025 18:00
      • Nottingem Forest
      • 3:1
      • Brentford
      • 17.08.2025 20:30
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Arsenal
      • 19.08.2025 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Everton
  • Superliga
      • 17.08.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • 2:0
      • Surxon
      • 17.08.2025 19:00
      • Mash’al
      • 1:0
      • Andijon
      • 17.08.2025 20:15
      • Bunyodkor
      • 2:1
      • Buxoro
      • 18.08.2025 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 19 31
8 Surxon 19 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 19 18
14 Mash’al 19 18
15 Buxoro 19 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan
19-тур Qo‘qon-1912 2-0 Surxon
19-тур Mash’al 1-0 Andijon
19-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

18/08/25 Xorazm - Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1639 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 620 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 18.08.2025

      05:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сеара".
      07:00 Д/ф "Марадона. Лучший в истории".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сеара".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сантос".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Турции. "Газиантеп" - "Галатасарай".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сеара".
      16:05 Новости футбола.
      16:10 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сантос".
      18:10 Новости футбола.
      18:15 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - ТСЦ (Бачка-Топола).
      20:15 Новости футбола.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сеара".
      22:20 Новости футбола.
      22:25 Д/ф "Лионель Месси".
      23:25 LIVE Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Коджаэлиспор". Прямая трансляция.
      01:25 "Всё о главном". Вадим Козлов.
      01:50 Новости футбола.
      01:55 Чемпионат Турции. "Газиантеп" - "Галатасарай".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Коринтианс". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 18.08.2025

      05:10 Лёгкая атлетика. ПСБ Чемпионат России в Казани. День 4. Вечерняя сессия.
      08:00 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 55 кг.
      09:10 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 61 кг.
      10:20 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 2.
      11:45 "Культовые".
      12:15 Гольф. Кубок Лиги Ставок. Этап в Москве.
      13:50 Сёрфинг. Альфа-Банк Wakesurf Cup 2025 в Москве. Wakesurf. Женщины.
      15:20 Триатлон. Supertri. Этап 1 в Торонто, Канада.
      17:50 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 1.
      19:15 Д/ф "Энди Маррей".
      20:05 "Физруки. Будущее за настоящим".
      20:40 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      22:20 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Команды. Произвольная программа. Финал.
      23:50 "Вы это видели".
      00:45 "Что за спорт?". "Экстрим".
      01:10 "Культовые".
      01:35 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 71 кг.
      02:45 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 73 кг.
      03:55 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 67 кг.
  • MATCH-TV
    • Sana: 18.08.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      10:55 LIVE Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 71 кг. Прямая трансляция.
      12:55 LIVE Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 73 кг. Прямая трансляция.
      15:20 Новости.
      15:25 Есть тема! Прямой эфир.
      16:45 "Взойди на свой Олимп".
      17:25 Новости.
      17:30 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Роман Долидзе против Энтони Эрнандеса.
      19:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      20:30 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:55 LIVE Футбол. Лига Пари. "КАМАЗ" (Набережные Челны) - "Факел" (Воронеж). Прямая трансляция.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      02:30 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      04:00 Регби. Pari Чемпионат России. "Красный Яр" (Красноярск) - "Стрела-Ак Барс" (Казань).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 18.08.2025

      06:00 Велоспорт. Арктическая гонка Норвегии. Этап 4.
      07:00 Велоспорт. Тур Польши. Этап 7. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      08:30 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 4 в Лондоне, Великобритания. Женщины, мужчины.
      10:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Раунд 3.
      11:30 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 9 в Лондоне, Великобритания.
      13:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Раунд 3.
      15:00 LIVE Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Раунд 4. Прямая трансляция.
      18:00 Велоспорт. Тур Польши. Этап 7. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      19:30 Велоспорт. Арктическая гонка Норвегии. Этап 4.
      20:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 8. Sierre Zinal Trail в Вале, Швейцария.
      21:30 LIVE Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Раунд 4. Прямая трансляция.
      00:30 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани".
      01:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 9 в Лондоне, Великобритания.
      03:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Раунд 4.
      04:30 Велоспорт. Тур Польши. Этап 7. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Funksionerlar: «Lion»ning yuragi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Suratga chizgilar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Omilkor biznesmen, zukko prezident, «Lion»ning yuragi - fransiyalik muxlislar Jan-Mishel Olasni shunday sifatlar bilan ulug‘lashadi.

Aynan shu insonning sa’y-harakatlari evaziga «Lion» fransuz futboli tarixiga zarhal sahifalarni bitdi. Lekin yoshi 70dan oshgan «Lion» sohibi faqat so‘nggi orzusi ro‘yobga chiqqanidan keyin iste’fo haqida bosh qotirishini ma’lum qildi.

2017|2018 yillar mavsumining yakuni «Marsel» va uning muxlislari uchun hayajonli bo‘ldi. Janubliklar jamoasi YEL finaliga yetib borgan va taqdirning qaltis haziliga ko‘ra hal qiluvchi bahsni azaliy raqibi - «Lion»ning uy maydonida o‘tkazgandi. Liq to‘lgan tribunalardagi muxlislar o‘sha oqshom ajabtovur qo‘shiq bilan stadionni boshga ko‘tarishdi: «Uyingni vayron qilamiz, Jan-Mishel Olas!» Bu zanjir reaksiyasining boshlanishi edi - tez orada mamlakatda «Marsel»ni qo‘llaydigan va Olasni xush ko‘rmaydigan taqlidchilar ko‘payib ketdi.

Fransiya taomillaridan bexabar xorijliklar qandaydir tartibsizliklar va anarxiyani tasavvur qilgan bo‘lishsa, ajabmas. Biroq hatto Olasning o‘zi ham tahdidni xavotir bilan emas, faxr bilan qarshi oldi. Aynan uning nomi «Lion» bilan chambarchas bog‘liq va klub ramziga aylangandi. Yozda klub sohibi va prezidenti o‘z xursandchiligini yashira olmadi: «Marsel» finalni boy berdi. «Lion» esa qatorasiga 9 uchrashuvda g‘alabaga erishdi va YECHL yo‘llanmasini aynan «Marsel»dan tortib oldi». Xullas, hammasi rejadagidek yakunlandi.

Jan-Mishel Olas fransuz futbolining taniqli arboblaridan biri. U 1987 yildan beri «Lion»ga rahbarlik qilmoqda. Tabiiyki, bu davr ichida klub ramzi maqomiga ko‘tarildi. 22 mart sanasida Olas 70 yoshga to‘ldi. Fransuz futboli tarixidagi eng muvaffaqiyatli rahnamolardan biri sifatida faoliyatini yakunlash uchun eng maqbul palla. Biroq bu borada fikr bildirishni keyinroqqa qoldirishga majburmiz. Klub prezidenti hozircha o‘z lavozimini tark etish xususida o‘ylamayotgani va 75ga chiqqanida ketishini, lekin bungacha asosiy maqsadi - YECHLda g‘olib chiqishi lozimligini bildirdi.

Fransiyada futbol klubi prezidentining ahamiyati juda katta: hal qiluvchi qarorlardan tortib, arzimas muammolar yechimigacha uning zimmasida. Jan-Mishelning majburiyatlari esa undanda kengroq. U biznesmenlarga xos murosasizlik va murabbiylardagi muloyimlik ilmini puxta egallagan. Biror-bir uchrashuv Olasning ishtirokisiz o‘tmaydi. Hatto ayollar futboli bellashuvlari ham! Futbolchilarning ko‘pchiligi bilan shaxsan tanish, klubdagilar uni hurmat qilishadi. Boshqalarning munosabatlari esa undan nima yoki kimni so‘rashlariga bog‘liq. Olas mojarolar markazida bo‘lishdan o‘zini olib qochmaydi, aksincha, janjallashishni xush ko‘radi. U o‘zining antiqa tabiati bilan nomdor klub boshqaruvchisiga sira o‘xshamaydi. Qolaversa, prezident «tvit»lardagi bahslar bilan qanoatlanib qolmaydi: Olas bir qator hakamlar, jurnalistlar va jamoalar rahbarlari bilan janjallashib ulgurdi. Qulay vaziyat yuzaga kelsa, jamoatchilik e’tiborini o‘ziga tortishga intiladi. O‘zining aytishicha, Jan-Mishel har bir mojaroni puxta o‘ylangan reja asosida amalga oshiradi. Ya’ni, u Memfis Depayni tanqid qilish orqali qayta tarbiyalaydi, «PSJ»ga «tosh otish» orqali esa o‘z futbolchilari va murabbiylari diqqat markazidan yiroq bo‘lishlarini ta’minlaydi.

«Lion»dagi ilk kunidan boshlab Olas o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida tabiiy qobiliyatini ishga soldi. U Liondan uncha olis bo‘lmagan L`Arbrel shahrida dunyoga kelgan. Uning ota-onasi o‘sha davrda yuksak qadrlanadigan kasb - o‘qituvchilar bo‘lishgani bois, Jan-Mishel bolaligidan Daniel Mitteran (Fransiyaning birinchi xonimi) va Kristin Guz-Renal (kinoprodyuser) kabi martabali shaxs­lar davrasida ulg‘aydi. Biznesmenlik sohasini esa juda barvaqt tanladi. Muhimi, u o‘z faoliyatini mustaqil ravishda, ota-onasining ko‘magisiz yo‘lga qo‘yishga ahd qildi va sud orqali ishga layoqatli balog‘atga yetmagan o‘smir maqomiga ega bo‘ldi. Shuningdek, Olas sportdan ham voz kechmadi, ma’lum muddat «Lion» gandbol jamoasi sharafini himoya qildi.

Cegid - Jan-Mishel Olasning dastlabki muvaffaqiyatli kompaniyasi. 1983 yilda tashkil etilgan muassasa korporativ uyushmalar menejmenti va buxgalterlik hisobi ishlanmalari bilan shug‘ullanadi. 2016 yilda kompaniyaning qiymati 475 mln. yevrodan oshib ketdi.

1987 yilda Olasning o‘z biznesiga berilib ketishi oqibatida «Lion» quyi ligada to‘p surishga majbur bo‘ldi. Tez orada uddaburon biznesmen jamoaga bo‘lgan ishonchni qaytarishi va elitaga olib chiqishi haqida mish-mishlar urchidi. U paytda Olas hamshaharlari o‘rtasida taniqli shaxs darajasiga ko‘tarilgandi. Uni yaqindan bilishga ulgurmaganlarga esa o‘sha davrda Adidas va «Marsel»ga rahbarlik qilgan janjalkash Bernar Tapi yordamlashib yubordi.

Jamoa tarkibida esa Remi Gard va Jenezio kabi futbolchilar to‘p surishardi. Ilk mavsumdayoq yangi prezident talabi bilan jamoa liboslarida «Lion Yevropa shahri» yozuvi paydo bo‘ldi. Bu bilan Olas «Lion»ni 3 yil ichida yevrokuboklar hududiga olib chiqishiga pisanda qilgandi. 1988 yilda u elitaga qaytdi. Raymon Domenek va Bernar Lyakombdek afsonalar bosh murabbiy va sport direktori lavozimlariga taklif etildilar. Tanlov tasodifiy emasdi: Olas doimo jamoaga befarq bo‘lmagan va futbol olamini yaxshi tushunadigan mutaxassislarga ishonch bildiradi. Statistika aldamaydi: Jan-Mishel davridagi 15 murabbiyning 9 nafari o‘z davrlarida «Lion» sharafini himoya qilishgan. Lyakomb xuddi Jerar Ulye kabi prezidentning yaqin do‘sti va maslahatchisi. E’tiborlisi, Olas hanuzgacha bosh murabbiylarga nisbatan samimiy munosabatda bo‘lib, ularning fikr-mulohazalarini e’tiborsiz qoldirmaydi: faqat Klod Pyuel va Alen Perrenlar shartnoma muddati tugashidan avval iste’foga chiqishgan.

Yangi biznes-sherik - Pathe tufayli moliyaviy qudratini yaxshilab olgan «Lion»ning Sonni Andersonni 120 mln. frank (24 mln. yevro) evaziga xarid qilishi («Barselona»dan) «aristokratlar» uchun burilish nuqtasi bo‘ldi. Braziliyalik hujumchining 4 yil davomidagi 94 goli lionliklarning oltin avlodi davrini boshlab berdi. Barcha jabhalarda yaqqol ustunlikka ega bo‘lgan jamoa qatorasiga 7 marta (2001-2008) elitada hukmronlik qildi.

Juninyo va uning jamoadoshlari tomonidan qo‘lga kiritilgan sov­rinlar salmog‘i chindan ham hayratlanarli edi. Biroq bu omadli tasodif emas, balki puxta rejaga asoslangan faoliyatning samarasi edi. Tabiiyki, ijobiy o‘zgarishlarning bosh me’mori Jan-Mishel Olas bo‘ldi. Uning boshqa jamoalardagi kasbdoshlari bilan yaxshi munosabatda ekanligidan unumli foydalangan «Lion» asosiy raqiblari yetakchilarini o‘z safiga qo‘shib olish orqali bir o‘q bilan ikki quyonni ovlardi. 2010 yildan boshlab jamoa muammolarga duch kela boshladi: mablag‘ning yetarli emasligi va o‘zini oqlamagan omadsiz transferlar «Lion»ning zaiflashuviga sabab bo‘ldi. Yoann Gurkyuff uchun sarflangan 22 mln. yevro fikrimizni tasdiqlaydi.

Ammo hattoki, «Lion»ning oltin davrida ham prezident izlanishdan charchamadi, yangi loyihalar ustida bosh qotirdi. Olasni ichki musobaqalardagi hukmronlikning o‘zi qoniqtirmasdi. Shu sababli klub sohibi akademiyaning faoliyatiga jiddiy e’tibor qaratdi. Natijada Karim Benzema kabi yorqin yulduzlar katta futbolga kirib kelishdi. Hozirda «Lion» akademiyasi Yevropaning yetakchi o‘quv dargohlaridan biriga aylanib ulgurgan. Maksim Gonalon, Aleksandr Lyakazett, Samyuel Umtiti, Korenten Tolisso va Nabil Faqir kabi iqtidor sohiblari aynan shu maskanda saboq olishgan.

Asrlar almashuvi davrida ayollar futboliga ham asos solindi. Hozirda u qit’ada hukmronlik qilmoqda. 2004 yilda Olas «Lion FK» ayollar jamoasini ham o‘z tasarrufiga oldi. «Monpelye»dagi kasbdoshi Loran Nikollen bunga sababchi bo‘lgandi. 2005 yilda jamoa amerikalik yulduzlar - Xoup Solo hamda Ali Vagnerlarni o‘z tarkibiga jalb etdi. Ikki yildan keyin chempionlikka erishgan jamoa hanuzgacha zafarli seriyani davom ettirmoqda! 2011 yildan boshlab jamoa 5 marta YECHL g‘olibasiga aylandi. O‘tgan yili esa Ada Xegerberg ayollar futbolidagi dastlabki «Oltin to‘p» sohibasi bo‘ldi.

2016 yilda Olas o‘zining navbatdagi buyuk yaratuvchanligini namoyish etdi - «Park Olimpik Lionne» qad rostladi. Stadionning 100 foizi klub ixtiyorida ekanligi Fransiya uchun kamdan-kam uchraydigan holat. 60 ming muxlisga mo‘ljallangan inshoot avvalgi qadriyatlar unutilmasligini eslatib turadi. Ayollar futbol mundialining yarim finallari va final bellashuvi aynan shu yerda bo‘lib o‘tadi.

«Park Olimpik Lionne» zimmasiga yangi futbol sulolasining markazi bo‘lish mas’uliyati yuklangan. Uning yonida ayollar va o‘smirlarga mo‘ljallangan mashg‘ulot bazasi, muzey, mehmonxona va basketbol maydonchasi qad rostlaydi.

Stadionni bunyod etish - oson ish emas. Shahar aholisining ko‘pchiligi loyihaga qarshi chiqqan bo‘lsada, oxir-oqibat tortishuv sport foydasiga hal bo‘ldi. Bunda Lion ma’muriyatining ulushi sezilarli bo‘ldi. Sarflangan 250 mln.li sarmoyada soliq to‘lovchilar, mahalliy siyosatchilar, shahar meri Jerar Kollon va bosh vazir Fransua Fiyonning ulushlari bor.

Stadion, bir talay sovrinlar, akademiya - keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. Biroq Olas uchun bu kam. U «Lion» yigitlarini YECHL shohsupasida ko‘rish orzusi bilan yonmoqda. Buning uchun ixtiyorida 5 yil bor. Omadli biznesmen o‘z orzusini ro‘yobga chiqarishga ulguradimi? Hozir prezident jiddiy strategiya ustida bosh qotirmoqda. Ya’ni, jamoa yetakchilarining g‘oyib bo‘lishiga chek qo‘yish va boshqa ligalardagi yuksak saviyali ijrochilar bilan tarkibni kuchaytirish yo‘llarini izlamoqda. Olasning aytishicha, yozda jamoa ko‘pi bilan bir futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin. Memfis Depay va Mussa Dembele saviyasidagi futbolchilar sonini ko‘paytirishga jiddiy e’tibor beriladi. 2016 yilda klub aksiyalarining 20 foizi xitoylik sarmoyadorlarga berilishi orqali moliyaviy imkoniyatlar kengaytirildi. Murabbiy masalasida Olas tavakkalchilikka qo‘l urishni istamadi va Bruno Jenezioga amaldagi shartnomani ikki yilga uzaytirishni taklif etdi. Muxlislarning bosh murabbiy xususidagi tanqidiy fikr­larini inobatga olmadi. Qaysidir ma’noda prezident haq.

Joze Mourinyo xususidagi mish-mishlar esa asossiz. Olasning fikricha, yangi bosh murabbiy bilan vaziyat o‘zgarib qolmaydi. Olasning falsafasi «Formula-1» poygalaridagi bolidni eslatadi: muhimi mashina, poygachi emas!

Jan-Mishel Olas fransuz futbolida yuksak mavqega ega. Yevropa klublari undan ibrat olishga urinishmoqda. Jamoatchilik uchun u - janjalkash yulduz, ammo klubida hurmat-ehtiromda. Olas biznesmen, prezident, asosiysi, bunyodkor. U erishgan yutuqlari bilan cheklanib qolmaydi, doimo olg‘a intiladi. To‘g‘ri, hozir «Lion»ning emin-erkin rivojlanishiga «PSJ» xalaqit bermoqda. Poytaxt grandi bilan bahslashish oson emas. Shunga qaramasdan, Jan-Mishel Olas «PSJ»ni ichki musobaqalar va YECHLda mahv etishga bel bog‘lagan. Bu yog‘ini vaqt ko‘rsatadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:10, 28.04.2019. O'qildi: 2010 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.