Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 01.03.2026 00:45
      • Inter
      • 2:0
      • Jenoa
      • 01.03.2026 16:30
      • Cremonese
      • 0:2
      • Milan
      • 01.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • 2:1
      • Atalanta
      • 01.03.2026 22:00
      • Torino
      • 2:0
      • Lasio
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • -:-
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 01.03.2026 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Atletiko
      • 01.03.2026 18:00
      • Elche
      • 2:2
      • Espanyol
      • 01.03.2026 20:15
      • Valensiya
      • 1:0
      • Osasuna
      • 01.03.2026 22:30
      • Betis
      • 2:2
      • Sevilya
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Xetafe
  • Superliga
      • 01.03.2026 19:00
      • OKMK
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 01.03.2026 19:15
      • Nasaf
      • 1:0
      • Xorazm
  • APL
      • 01.03.2026 19:00
      • Fulhem
      • 2:1
      • Tottenhem
      • 01.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 2:1
      • Kristal Pelas
      • 01.03.2026 19:00
      • Brayton
      • 2:1
      • Nottingem Forest
      • 01.03.2026 21:30
      • Arsenal
      • 2:1
      • Chelsi
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 25 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Sevilya 26 30
12 Jirona 26 30
13 Xetafe 25 29
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘FAda Superliga hakamlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan uchrashuvlarda halol va adolatli hakamlikni ta’minlash, shaffoflikni oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganidan xabaringiz bor. Coca Cola Superliga 8-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarda hakamlar tomonidan qabul qilingan ba’zi qarorlar futbol muxlislari va mutaxassislar o‘rtasida qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqardi.  

O‘yinlarda yuzaga kelgan vaziyatlarni tahlil qilish, hakamlar faoliyati mavzusida fikr almashish maqsadida bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqotda O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti mutaxassislari, FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi Superliga hakamlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Dastlab, yig‘ilganlarga O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamentining yangi rahbari Bekzod Aripov tanishtirildi

"Avvalmbor, O‘FA rahbariyati, jumladan, Birinchi vise-prezident Umid Muhammadjonovichga menga bildirilgan yuksak ishonch uchun minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Ana shu ishonchni oqlash uchun bor kuch va mahoratimni ishga solishga, milliy chempionatimizdagi hakamlik adolatli va shaffof bo‘lishini ta’minlashga harakat qilaman", - dedi Bekzod Aripov.

Shundan so‘ng, FIFA referisi Ravshan Ermatov so‘z olib, hakamlikning o‘ziga xos jihatlariga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, hakamlar o‘yin paytida katta bosim ostida soniyalar ichida qaror qabul qilishi kerakligi, bunday vaziyatlarda insoniylik omili tufayli xatolar yuzaga kelishi mumkinligini aytib o‘tdi.

"Har bir vaziyatni baholashda FIFA tomonidan belgilangan 6ta kriteriy bor. 3tasi sariq kartochka, 3tasi qizil kartochka bilan bog‘liq. Hakam 1 soniyada mana shu vaziyatlarni miyasida ko‘rib chiqib, eng to‘g‘ri variantni tanlashi kerak, - dedi Ravshan Ermatov. - Biz har bir o‘yindan keyin uchrashuvlarda ro‘y bergan bahsli vaziyatlarni tahlil qilib chiqmoqdamiz. Bizda videoyozuvlar orqali takroriy vaziyatlarni ko‘rish imkoniyati bor. Hakamlarda esa bunday imkoniyat yo‘q. Ular shu zahoti qaror qabul qilishlari kerak. Bu juda murakkab jarayon. Shunga qaramay, biz hakamlarning mahoratini oshirib borish uchun turli seminarlar tashkil qilmoqdamiz. Mazkur seminarlarda ularning xatolari tahlil qilinadi, o‘z ustilarida ishlash uchun hakamlarga maxsus topshiriqlar beriladi. Hozirda hakamlar har oy normativ topshirishmoqda. Jismoniy holatlarini yaxshilash borasida ham katta hajdagi ishlar olib borilmoqda".

Shundan so‘ng, yig‘ilganlarga Superliga 8-turidan o‘rin olgan o‘yinlarda yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar videoyozuvi namoyish qilindi. Jumladan, "Paxtakor" - "Navbahor", "Metallurg" - "Lokomotiv", "Dinamo" - AGMK o‘yinlarini boshqarib borgan hakamlar Zokir Qodirov, Aziz Asimov va Valentin Kovalenko o‘sha o‘yinlardagi bahsli qarorlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari xodimlariga tushuntirish berib o‘tdilar. 

Jumladan, ba’zi takroriy vaziyatlarda rakurs yetarli bo‘lmagani bois hakamlarning qabul qilgan qarorlari muxlisu jurnalistlarda turli tushunmovchiliklar paydo qilgani ta’kidlandi. O‘sha vaziyatlar bo‘yicha voqea ro‘y bergan joyga yaqin turgan hakamlarning o‘zi izoh berib, vaziyatga oydinlik kiritishdi.

Jurnalistlar ochiq muloqot davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, qizg‘in bahsu munozaralarga kirishishdi.

Ta’kidlash kerakki, OAV xodimlari va hakamlar yuzma-yuz o‘tirib, o‘yindagi bahsli vaziyatlarning bunday tahlil qilinishi birinchi marotaba tashkil etilmoqda. Kelgusida bunday ochiq muloqotlarni tez-tez o‘tkazib turish uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan barcha chora-tadbirlar ko‘riladi.  

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 13:58, 15.05.2019. O'qildi: 3038 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.