Bugun 17 avgust, 2025 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.08.2025 00:00
      • Liverpul
      • 4:2
      • Bornmut
      • 16.08.2025 16:30
      • Aston Villa
      • 0:0
      • Nyukasl
      • 16.08.2025 19:00
      • Brayton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 16.08.2025 19:00
      • Sanderlend
      • 3:0
      • Vest Xem
      • 16.08.2025 19:00
      • Tottenhem
      • 3:0
      • Byornli
      • 16.08.2025 21:30
      • Vulverhempton
      • 0:4
      • Manchester Siti
      • 17.08.2025 18:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.08.2025 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Brentford
      • 17.08.2025 20:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Arsenal
      • 19.08.2025 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Everton
  • La-liga
      • 16.08.2025 00:30
      • Vilyarreal
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 16.08.2025 22:30
      • Malyorka
      • 0:3
      • Barselona
      • 17.08.2025 00:30
      • Alaves
      • 2:1
      • Levante
      • 17.08.2025 00:30
      • Valensiya
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 17.08.2025 20:00
      • Selta
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Sevilya
      • 18.08.2025 00:30
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletiko
      • 19.08.2025 00:00
      • Elche
      • -:-
      • Betis
  • Superliga
      • 16.08.2025 18:00
      • Navbahor
      • 0:1
      • Neftchi
      • 16.08.2025 19:00
      • Dinamo
      • 1:0
      • OKMK
      • 16.08.2025 20:15
      • Nasaf
      • 2:0
      • Sho‘rtan
      • 17.08.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Surxon
      • 17.08.2025 19:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Andijon
      • 17.08.2025 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Buxoro
      • 18.08.2025 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 OKMK 19 34
5 Paxtakor 19 33
6 Navbahor 19 31
7 Bunyodkor 18 31
8 Surxon 18 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 18 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 18 15
14 Mash’al 18 15
15 Buxoro 18 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan

Navbatdagi o'yinlar.

17/08/25 Qo‘qon-1912 - Surxon
17/08/25 Mash’al - Andijon
17/08/25 Bunyodkor - Buxoro
18/08/25 Xorazm - Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1505 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 580 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Liverpul» ulushi «Siti»nikidan ko‘p yoxud APLning ulkan mukofot jamg‘armasiga nazar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Statistikalar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Alohida hisob-kitoblardan ma’lum bo‘lishicha, «MYU» APL-2018|2019da olgan har bir ochkosi uchun deyarli 100 ming funt sarflagan bo‘lib chiqyapti. Angliya elit ligasi finishga yetgani hamono Daily Mail nash-ri klublarga tegadigan mukofot puli masalasiga «yopishdi» va bu borada alohida jadvallar tuzib chiqdi. Bunda jami summani chiqarish uchun 3ta daromad manbai hisobga olingan:

1. APL rahbariyati tomonidan barcha ishtirokchi jamoalarga taqsimlanadigan teng ulush - 79,4 mln. funtdan

2. Har bir klubga yakuniy jadvalda egallagan o‘rniga qarab ajratiladigan bonus

3. Har bir klub ishtirokidagi o‘yinlar TV-huquqi sotuvi ustidan beriladigan mablag‘

Alohida e’tiborga olish kerak, Daily Mail hisob-kitobi rasmiy emas, chunonchi, jadvallar taxminiy ko‘rsatkichlarga asosan tuzilgan. Rasmiy va yakuniy hisob-kitob esa kuzda e’lon qilinadi. Lekin hozirgi jadvallarga qarab ham Angliya Premyer-ligasining televizion bozori qanday ishlayotgani haqida ma’lum tushuncha hosil qilish mumkin. Qo‘shimchasiga, ularda mukofot jamg‘armasining taqsimot mexanizmi ham mujassam.

 

Misol uchun,TV-huquqlar sotuvi ulushi klublar o‘rtasida qanday bo‘linadi? Hammasi ancha jo‘n. Asosiy shartga muvofiq, 20ta ishtirokchi jamoaga avvalo, teng miqdorda mablag‘ ajratiladi - 12,3 mln. funt sterlingdan. Keyingi bosqichda mavsum davomida muayyan klubning nechta o‘yini TV orqali ko‘rsatilganiga e’tibor qaratiladi. Bunda 10tadan ko‘proq o‘yini translyasiya qilingan jamoalar qo‘shimcha ulush oladi. Qisqasi, ushbu me’yordan ortiq har bir uchrashuv klubga qo‘shimcha 1,2 mln. funt keltiradi. Oddiyroq ifoda etsak,  TVga chiqqan 10ta o‘yindan keyingi har bir bahsning bahosi - 1,2 «limon». Diqqatga sazovor tomoni, yakunlangan mavsum atigi 4ta klub boshlang‘ich summa, ya’ni 12,3 mln. funt bilan cheklandi. Bular - «Bornmut», «Sautgempton», «Xaddersfild» va «Uotford». Bu borada «Liverpul» mutlaq yetakchi. Qarang, CHL finalchisining APL doirasidagi naq 29ta uchrashuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilindi. Shu tariqa Yurgen Klopp jamoasining TV-huquqdan oladigan ulushi 33,5 mln. funtga yetdi. Taqqoslash uchun aytsak, chempion - «Manchester Siti» ishtirokidagi 26ta o‘yin jonli tarzda efirga uzatildi va bu hattoki, 2-yaxshi ko‘rsatkich ham emas. Chunonchi, «MYU» garchi katta omadsizlikka yuz tutgan bo‘lsada, uning o‘yinlariga talab katta - 27tasi TV orqali namoyish etildi. «Siti» ayni shu farq tufayli mukofot pulining jami miqdori bo‘yicha «Liverpul»dan ortda qoldi: «shaharliklar» ulushi - 148,1 mln. funt, «qizillar» xirmoni - 149,5 mln. funt. Darvoqe, «Manchester Siti» o‘tgan mavsum ham mukofot jamg‘armasi hajmi bo‘yicha APLning eng ilg‘or jamoasi bo‘lolmagandi. Chunonchi, Xosep Gvardiola drujinasiga o‘shanda ham mavsum-2017G‘2018 davomida TVda namoyish etilgan o‘yinlari soni nisbatan kamligi pand bergandi. Aniqroq aytsak, Manchester klubi bu borada hamshahri - «MYU»dan ortda qolgandi.

Daily Mail tahlilchilari shakllantirgan yana bir jadvalda qiziqarli jihatlari ko‘proq. Ular bunda har bir jamoaning taxminiy maosh jamg‘armasi miqdorini mavsum davomida olgan ochkosi bilan solishtirib ko‘rishgan. Ya’ni bir ochko qanchaga tushganini ko‘rib chiqishgan. Hammasi oddiy formula natijasi: futbolchilar maoshiga sarflanadigan o‘rtacha summa jami ochkolar soniga bo‘lingan. To‘g‘ri, bunisida oxirgi tur natijalari hisobga olinmagan, ammo so‘nggi o‘yinlar jamoalarning jadvaldagi o‘rniga ta’sir qilmaganini ham aytish joiz. Endi diqqat: «Vulverxempton»ning har bir ochkosi 30836 funt sterlingga tushdi va bu ligadagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. «Liverpul» natijasiga kelsak, oxirgi turda qo‘lga kiritilgan 3 ochkoni qo‘shib hisoblaganda ham, summa 50133 funtni tashkil etadi. «Manchester Siti»da esa 1ta ochko uchun o‘rtacha 61153 funtto‘g‘ri kelmoqda. Kuchli oltilikka kirgan jamoalarga qarasak, eng kamxarji - «Tottenxem». «Shporlar» ushbu jadvalning 8-pog‘onasida borishmoqda - 49518 funt. APL yakuniy turnir jadvalidagi joyini nazarda tutib aytsak, «Xaddersfild» o‘z futbolchilariga me’yoridan ancha ko‘p maosh bergan. Harqalay, chempionatni 20-pog‘onada tugatgan klubning har bir ochkosi 82533 funtga tushdi. «MYU»ning bu boradagi ko‘rsatkichi esa mutlaq muvaffaqiyatsizlik - 1 ochkoning bahosi 99010 funt. Qarang, «Liverpul»nikiga nisbatan deyarli 2 baravar qimmat. «Manchester Siti»ning 1 ochkosi esa «Yunayted»nikidan 1,5 baravar arzon. Aslida «MYU» rahbariyati bundan 3 yilcha oldin maosh to‘lovini qisqartirish haqida bosh qotira boshlagandi, biroq katta haq oluvchi futbolchilarni transferga qo‘yish evaziga emas. Shuningdek, klubda maoshdan bir qismini kesib tashlashni ham rejalashtirishmagan. Qisqasi, «MYU» mutasaddilari tarkibdagi yulduzlarga gol va samarali uzatma uchun belgilangan bonusni qayta ko‘rib chiqmoqchi edilar. Misol tariqasida aytsak, chililik Aleksis Sanches har bir goli uchun 75 ming, assistentlik uchun esa 25 ming funt olardi. Pol Pogbaga va’da qilingan mukofot miqdori biroz kamroq: gol uchun - 50 ming funt, samarali uzatma uchun - 20 ming funt. Ko‘pchilik eslasa kerak, o‘tgan yilning avgustida Sanches va Pogba o‘rtasida janjal yuzaga kelgandi. Aytishlaricha, buning sababi aynan shartnomadagi shu bandga borib taqaladi. O‘shanda hakam «Lester» darvozasi tomon penalti belgilagach, «MYU» futbolchilari kim tepishi masalasida bahslashib ketishgandi. Penalti har ikkisi uchun moddiy tomondan o‘ta muhim ekanligi keyinroq ma’lum bo‘ldi. Umuman, Angliya OAV xulosasiga ko‘ra, hozirgi tizim «Yunayted» kiyinish xonasi va ichki muhitiga o‘ta salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Klubning Pogba va Sanchesdan zada bo‘lgani boisi ham shu...

 

APL: klublarning maosh to‘lovi

va ochkolari muTanosibligi

 

T|r.   Klublar                  Maosh to‘lovi       Ochko     1 ochko «baho»si

 

1       «Vulverxempton»    1 757 600 funt     57         30836 funt      

2       «Kardiff Siti»        957 471 funt     31         30886 funt      

3       «Uotford»              1 775 172 funt     50         35503 funt

4       «Nyukasl»               1 650 133 funt     42         39289 funt

5       «Bernli»                 1 603 197 funt     40         40080 funt

6       «Bornmut»               1 989 520 funt     45         44212 funt

7       «Brayton»               1 695 040 funt     36         47084 funt      

8       «Tottenxem»            3 515 778 funt     70         50225 funt

9       «Liverpul»            4 862 963 funt     94         51734 funt

10     «Lester»                 2 710 710 funt     51         53151 funt

11     «Kristal Pelas»     2 757 000 funt     46         59935 funt

12     «Everton»               3 252 690 funt     53         61372 funt      

13     «Manchester Siti»   5 993 000 funt     95         63084 funt

14     «Vest Xem»              3 189 333 funt     49         65088 funt

15     «Fulxem»                1 727 440 funt     26         66440 funt      

16     «Sautgempton»         2 669 333 funt     38         70246 funt

17     «Chelsi»                   5 020 004 funt     71         70704 funt

18     «Arsenal»               4 853 130 funt     67         72435 funt

19     «Xaddersfild»      1 238 000 funt     15         82533 funt

20     «MYU»                      6 534 654 funt     66         99010 funt

 

Izoh:  maosh to‘lovi grafasida barcha futbolchilar hisobidan o‘rtacha miqdor ko‘rsatilgan; oxirgi tur natijalari hisobga kiritilmagan.

 

 

APL-2018|2019: MUKOFOT JAMG‘ARMASI TAQSIMOTI

 

№   Klublar                 O‘yin   TV-huquq              Natija uchun         Ishtirok uchun    Jami

 

1     «Manchester Siti»  26        30,1 mln. funt     38,6 mln. funt      79,4 mln. funt    148,1 mln. funt

2     «Liverpul»           29        33,5 mln. funt     36,7 mln. funt      79,4 mln. funt    149,5 mln. funt

3     «Chelsi»                  25        29 mln. funt        34,8 mln. funt      79,4 mln. funt    143,1 mln. funt

4     «Tottenxem»           26        30,1 mln. funt     32,8 mln. funt      79,4 mln. funt    142,3 mln. funt

5     «Arsenal»              25        29 mln. funt        30,9 mln. funt      79,4 mln. funt    139,3 mln. funt

6     «MYU»                     27        31,2 mln. funt     28,9 mln. funt      79,4 mln. funt    139,5 mln. funt

7     «Vulverxempton»   15        17,9 mln. funt     27 mln. funt         79,4 mln. funt    124,3 mln. funt

8     «Everton»              18        21,2 mln. funt     25,1 mln. funt      79,4 mln. funt    125,7 mln. funt

9     «Lester»                15        17,9 mln. funt     23,1 mln. funt      79,4 mln. funt    120,4 mln. funt

10    «Uotford»             10        12,3 mln. funt     21,2 mln. funt      79,4 mln. funt    112,9 mln. funt

11    «Vest Xem»             16        19 mln. funt        19,3 mln. funt      79,4 mln. funt    117,6 mln. funt

12    «Kristal Pelas»    12        14,6 mln. funt     17,3 mln. funt      79,4 mln. funt    111,3 mln. funt

13    «Bornmut»              8         12,3 mln. funt     15,4 mln. funt      79,4 mln. funt    107,1 mln. funt

14    «Nyukasl»              19        22,3 mln. funt     13,5 mln. funt      79,4 mln. funt    115,2 mln. funt

15    «Bernli»                11        13,5 mln. funt     11,5 mln. funt      79,4 mln. funt    104,3 mln. funt

16    «Sautgempton»        8         12,3 mln. funt     9,6 mln. funt        79,4 mln. funt    101,3 mln. funt

17    «Brayton»              13        15,7 mln. funt     7,6 mln. funt        79,4 mln. funt    102,7 mln. funt

18    «Kardiff Siti»    12        14,6 mln. funt     5,7 mln. funt        79,4 mln. funt    99,6 mln. funt

19    «Fulxem»               13        15,7 mln. funt     3,8 mln. funt        79,4 mln. funt    98,8 mln. funt

20    «Xaddersfild»     8         12,3 mln. funt     1,9 mln. funt        79,4 mln. funt    93,6 mln. funt

Izoh: o‘yin grafasida TVda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilganlari soni ko‘rsatilgan.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:34, 25.05.2019. O'qildi: 7515 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
9 Андижон Rustam Turdimurodov 5
10 Нефтчи Zoran Marushich 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.