Angliya chempionati 1-turidan o‘rin olgan “Tottenxem” hamda “Aston Villa” o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda “shporlar” irodali g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida mehmonlar hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 73-daqiqasida Ndombele hisobni tenglashtirdi. O‘yinning 86-daqiqasida Keyn “shporlar”ni oldinga olib chiqdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib Xarri yana o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, “Tottenxem” mavsumni irodali g‘alaba bilan boshladi.