Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 10 25
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Andijon 10 13
10 Xorazm 9 12
11 Qizilqum 9 12
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Qo‘qon-1912 9 8
15 Dinamo 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qahramon Aslanov maqolasi: Odil Ahmedovning markaziy himoyada o‘ynashi — to‘g‘ri qarormi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Rasmiy uchrashuvlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

2011 yilgi Osiyo kubogida Abramov Odil Ahmedovni himoya markazida o‘ynatganida, ko‘pchilik uchun avantyura tuyulgandi. Ammo keyinchalik, bu holat futbolda trendga aylandi. Markaziy himoyachi jarohatlanganda “MYU” safida boshqa himoyachi emas, Maykl Karrik harakat qildi. “Roma” bir muddat De Rossini markaziy himoyachiga aylantirdi. Maskerano Argentina terma jamoasida yarim himoyachi bo‘lsa-da, "Barselona"da uzoq muddat to‘laqonli markaziy himoyada to‘p surdi.

Bu bir boshlanish edi. Zamonaviy futbolda himoya chizig‘i ancha yuqorida joylasha boshlab, pressing bilan bir qatorda, to‘pni himoyada nazorat qilish va aniq paslar bilan hujumni boshlash eng muhim jihatga aylandi. Markaziy himoyachilarga bo‘lgan talablar ortdi – endi u yaxshi pozisiya tanlash, bosh bilan yaxshi o‘ynash, kurashuvchanlik xususiyatlaridan tashqari, to‘p bilan yaxshi muomala qilishi, o‘ziga yarasha dispetcherlik qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Xullas, himoyaning bir necha metrga oldinga chiqishi oqibatida, endi jamoalarda markaziy himoyachilar pleymekerga aylanishdi.

Avvaliga, bu uslubning ishlashi uchun yarim himoyachilarga murojaat qilingan bo‘lsa, endilikda haqiqiy top himoyachi bu xislatlarga ham ega bo‘lishi shart. Ramos, Pike, Van Deyk, Xummels kabi himoyachilar yaqin o‘tmishdagi Karrager, Kannavaro, Vidichlardan ancha farq qiladilar.

Bu tushunarli. Lekin Abramov yana 8 yil oldingi qarorga qaytganida biroz xavotirim bor.

Birinchidan, yuqorida aytganimdek, bu trend eskirdi, endilikda markaziy himoyachilar shunga yarasha tarbiyalanmoqdalar. Bu degani, O‘zbekistonda mana shunday talablarga javob beruvchi himoyachilarning yo‘qligini anglatadimi? Ya’ni, Abramov uslubiga mos ravishda to‘pni nazorat qilish, hujumlarni aniq paslar bilan boshlab berish bo‘yicha kerakli xususiyatlarni o‘zida jamlagan markaziy himoyachilar yo‘qmi? Klublarda hozir ham tayanch yarimhimoyachilarning himoyada to‘p surayotganini ko‘rib kelmoqdamiz, masalan, Fernandinyo hozirda «Manchester Siti»da himoyada o‘ynayapti. Lekin bu majburiy xarakterga ega, Lyaport, Otamendi kabi futbolchilarning jarohati mana shu yo‘lni tanlashga majbur qildi. Lekin biror terma jamoa murabbiyining o‘z o‘yinini mana shunday qaror ustiga qurayotganini ko‘rmayapman. Bu holatning izohi yanada ko‘proq qo‘rqitadi – demak, biz zamonaviy talablarga mos bo‘lgan markaziy himoyachilarni tarbiyalay olmayapmiz. Klublarimiz bugungi trendlardan ancha ortda qolib ketishmoqda. Agar 2011 yilda Ahmedovning markaziy himoyaga ko‘chirilishi xos voqea bo‘lib, Abramov shu orqali, jamoani o‘z uslubiga moslashtirgan bo‘lsa, endilikda, shunchaki, zamonaviy, dunyoda hamma o‘ynab turgan futbolga yaqinlashtirish uchun Ahmedov himoyaga qaytarilyaptimi, degan xulosa paydo bo‘ladi.

Ikkinchidan esa, Ahmedov 8 yilga qaridi, uning tezligi, jismoniy holati ham shunga yarasha o‘zgargani shubhasiz. Mas’uliyatli o‘yinlarda bunday qaror endi rostan ham, ana endi, avantyura bo‘lib qolmaydimi?

Qahramon Aslanov

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 09:25, 14.11.2019. O'qildi: 5222 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Бухоро Sherzod Esanov 4
9 Пахтакор Flamarion 4
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик