Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Abramov Kuper qoldirgan dog‘ni yuva oladimi?

Baho:
+ | -1
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Rasmiy uchrashuvlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ertaga hal qiluvchi bahs. Hayot-mamot o‘yini. 2022 yilgi jahon chempionati saralash doirasida Toshkentda Falastinni qabul qilamiz.

Falastin bilan birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lganmiz. Argentinalik mutaxassis Ektor Kuper terma jamoamiz peshonasiga “Tarixda ilk bor Falastindan mag‘lubiyatga uchraldi” degan tamg‘ani bosib ketdi. Bu safar Abramov Falastinni mag‘lub etib, oldingi muvaffaqiyatsizlikning alamini olishi kerak.

Muhimi — boshqa jihat. Ertangi o‘yin biz uchun birinchi o‘yindagi mag‘lubiyatning alamini oluvchi emas, uch ochko taqdim etuvchi muhim o‘yin maqomida turadi. Agar ertaga g‘alaba qozonsak, Qatar maydonlarida bo‘lib o‘tadigan mundialga intilishda davom etamiz. Agar durang qayd etsak, juda mushkul vaziyatga tushib qolamiz. Yutqazsakchi, deysizmi? Yo‘g‘-e, bu safar ham mag‘lub bo‘lmasmiz.

Ertangi o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi favorit, ammo hozir hech kim xolis muxlis sifatida “Falastinni mag‘lub etamiz”, deb to‘liq ishonch bilan ayta olmaydi. Birinchidan, bu — futbol. Maydon tekis, to‘p yumaloq. Ikkinchidan, Falastin uchun endi biz — bir bor mag‘lub etilgan, yutsa bo‘ladigan raqibmiz. Ularning nazdida shunaqa, bu esa raqibdagi bosimni biroz yengillashtiradi. Bizga dalda beradigan jihat shuki, biz ham endi Falastinga yutqazgan terma jamoa emasmiz. Abramov kelganidan keyin o‘yinimiz qanchalik o‘zgarganini hammamiz, jumladan, raqiblar ham bilishadi.

Abramovga tarkib yoki taktika borasida maslahat berishdan yiroqman. Undan talab qiladiganim — futbolchilarga yetarlicha motivasiya berish. O‘tgan o‘yindagi xatolarini ko‘rsatish, shundan xulosa chiqarishga undash kerak.

Abramov o‘tgan o‘yindagi mag‘lubiyatni futbolchilarning aqlga emas, hissiyotga tayanganiga, yana gollar urishga harakat qilib, himoyani bo‘sh qo‘yganiga bog‘ladi. Aslida esa bunday emasdi. Mag‘lubiyatning asosiy sabablaridan biri o‘rinsiz taktika va charchagan futbolchilarning vaqtida almashtirilmagani ekanligini hammamiz bilamiz. Chunki arablarning ikkinchi goli rekoshet orqali, uchinchi goli esa Shukurovning toliqib qolganligi sababli to‘pga yeta olmagani, Suyunovning oldinga chiqib qolgani sababli kiritildi. Aytmoqchimanki, Falastinga qarshi o‘yinda futbolchilarning hissiyotlarini bo‘g‘maslik kerak. Mayli, o‘ynashsin, ishtaha ovqat payti keladi, deganlaridek, tinimsiz hujum uyushtirayotgan va bir-ikkita gol urib olgan jamoa yana gol urgisi keladi. Bunday paytda futbolchilarni ruhlantirish lozim. To‘g‘ri, bu himoyani yoddan chiqarish kerak degani emas, albatta. Aytmoqchi bo‘lganim, ertangi o‘yinda futbolchilar ko‘proq gol kiritib, o‘yin taqdirini ertaroq hal qilganlari ma’qul. Axir chekka-chekka viloyatlardan futbol ko‘rish uchun bir necha yuz kilometr masofani bosib keladigan muxlislarning mamnuniyat hissini tuyishga haqlari bor-ku. Yoki teleekran qarshisida o‘tirgan millionlab muxlislar ham yurak hovuchlab emas, maza qilib futbol ko‘rishlari kerak-ku!

Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yindan farqli o‘laroq, ertaga yirik hisobda zafar quchishimizga ishonyapman. Hech bo‘lmaganda ishonchli hisobda g‘alaba qozonsak kerag-ov. Buning uchun esa o‘sha gap — Amerika ochish shart emas. Hatto o‘tgan galdagi tarkibni tushirsa ham mayli, faqat o‘tgan o‘yindagi xatolar ustida ishlash va o‘zgartirishlarni vaqtliroq amalga oshirish kerak. Chunki ertangi o‘yinda ham kimdir yoki kimlardir 60-daqiqadan so‘ng charchoq alomatlarini seza boshlaydi.

Xuddi Saudiya Arabistoni singari Falastin terma jamoasi ham biz uchun syurpriz tayyorlab qo‘ygani aniq. Mehmonlar ustozi tushunib turibdi ertaga boshqa O‘zbekiston termasiga qarshi maydonga tushishini. Umid qilamizki, Vadim Abramov boshliq murabbiylar shtabi Falastin bilan bo‘lgan birinchi o‘yinimiz va raqibning boshqa o‘yinlarini tomosha qilib, Falastinni yetarlicha o‘rganishgan. Ertangi o‘yinda esa buning samarasini ko‘ramiz, deb niyat qilamiz.

Demak, ertaga soat 17:00 da hammani stadionga chorlab qolamiz. Ko‘nglim sezyapti, bu safar maydonni so‘kinib emas, quvonib, “Mana, bo‘larkan-ku”, “Odilning jarimasini ko‘rdingmi?”, “Eldor boshi bilan zo‘r urdi lekin”, “Jaloliddinning driblinglari, nihoyat o‘xshadiya”, kabi quvonch jumlalari bilan tark etasiz.

Nizomjon ISLOMOV  

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:41, 18.11.2019. O'qildi: 5040 marta. Fikrlar: 16 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик