Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ruhshunos murabbiy Mahmayusuf Berdiyev O‘zbek futboli va jahon futboli o‘rtasidagi farqni taqqosladi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bundan avval saytimiz orqali ruhshunos murabbiy – Mahmayusuf Berdiyevning «Futbolchilar nimalardan qo‘rqishadi» nomli  maqolasini e’lon qilgan edik. E’tirof etish kerak, ushbu maqolaga o‘quvchilarimiz katta qiziqish bildirishdi. Va’daga vafo deganlaridek, mutaxasisning turkum maqolalarni berishda davom etamiz.

Futbol, o‘zbek futboli yoki jahon futboli. Bularning hammasi bir qarashda bitta ma’noni beradigandek taassurot qoldiradi. Aslida ular mutlaqo boshqa – boshqa tushunchalardir. Futbol deganda birinchi bo‘lib unga bo‘lgan muhabbat anglanadi. Muhabbat esa inson qalbidagi eng toza tuyg‘udir.

Jahon futboli – bu endi, uzoq – uzoqlarga ketib qolgan «poyezd»ni eslatadi. Yuzaki qaraganda shunday taassurot qoldiradi. Ammo futbol nuqtai nazaridan olib qaraganda u hech qayoqqa ketmadi. Boshqa rakursdan olib qaraganda u bizning futboldan unchalik uzoqlashib ketmagan.

Ammo…

Qachonki, siz boshqalar ko‘ra olmagan narsani payqab qolsangiz, bu sizga ulkan darajadagi ishtiyoqni beradi. Inson ruhiy olami ham xuddi real hayotimizdagi sodir bo‘ladigan qonunlar singari ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Qachonki, siz bu qonuniyatlarni anglab yetib farqiga bora boshlasangiz, siz har qanaqa darajada fikr yuritishingiz mumkin bo‘ladi. Chunki siz inson ruhiy olamining potensial imkoniyatlari haqida yetarlicha bilimga ega bo‘lgan bo‘lasiz.

O‘zbek futboli va jahon futboli o‘rtasidagi farqni qaysi mezon o‘lchovlari bo‘yicha solishtirsak ular orasidagi farqni aniqlay olishimiz mumkin? Futbol hamma joyda bir xil o‘ynaladi, faqat ijrochilar har xil saviyada bo‘lishi mumkin. Futbolchining saviyasi esa uning fikrlash qobiliyati, jahon futbolida tutgan o‘rni va o‘z oldiga qo‘ygan orzu – maqsadlari bilan belgilanadi. Bugungi kunga kelib futbolchilarimizning  98 foizi o‘zlarining ichki dunyosidan norozi, ular o‘z maqsadlarini qanday holatda ko‘rishni bilishmaydi, aniq tasavvurga ega emas.

Siz bir tasavvur qilib ko‘ring! Har bir futbolchi «futbolchilik hayoti»da  maqsadsiz qalqib yurgan, hamisha norozi, ko‘psonli to‘siqlarga qarshi kurashayotgan, o‘z oldiga hech qanday aniq maqsad qo‘ymagan futbolchilar haqida bir o‘ylab ko‘ring. Futbolchi ayni paytning o‘zida «futbolchilik hayoti»dan nimalarni istayotganini aytib bera olishadimi?

Insonning ichki olamida tartib bo‘lsa, tashqarida nima sodir bo‘lishi bilan ishi bo‘lmaydi. Agar uning ichki olamida tartibsizlik bo‘lsa, u o‘zini o‘rab turgan tashqi olamdan tartib bo‘lishini talab qiladi. Agar siz futbolchi haqida bittagina tanqidiy fikr yoki salbiy fikr bildirsangiz u qanchalik ta’sirlanishini bilasizmi? Bu ta’sirlanish asnosida u o‘zining qobiliyatlaridan, mahoratidan ayrilib qolishi mumkin. Oldin futbolchining ongida va ruhiy olamida tartib o‘rnataylik, shundan so‘nggina yuksak maqsadlar haqida fikrlashsak bo‘ladi

Futbol – uni sevgan har bir kishiga zavq beradigan oddiy o‘yindir. Ammo futbol oddiy o‘yin darajasini faqat «ko‘cha futboli»dagina saqlab qoldi. Bugungi kunga kelib futbolga ulkan sarmoya oqimi va informasiya oqimi kirib keldi. Futbolchilarimiz futbol atrofida juda tez  sodir bo‘layotgan bu jarayonlarni to‘g‘ri qabul qilishga va ularga moslashishga tayyormi yoki yo‘qmi? Albatta, yo‘q.Tajriba shuni ko‘rsatayaptiki, futbolchilarimiz o‘zgarishlarning o‘zidan emas, balki ularning juda tez sodir bo‘lishidan aziyat chekayaptilar. Natijada futbolchilarimiz o‘zgarishlarga moslashishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda, ya’ni o‘zlarida qo‘rquvni va o‘z kuchlariga bo‘lgan ishonchsizlikni his qilishmoqda.

Futbolchilarimizdagi ko‘plab qo‘rquvlar, muammolar aynan noma’lumlikdan, notanishlikdan, zamonaviy futbolga moslasha olmaslikdan, o‘z bilimlariga bo‘lgan ishonchsizlikdan kelib chiqadi. Natijada asabiylashish, tushkunlik, qo‘rquv BOSIM holatini keltirib chiqaradi. Buning oqibatida futbolchilarimiz miyasining har bir yarim shari taxminan xuddi futbol maydoniday keladigan cheklashlar bilan to‘lgan. Ular o‘zlarini o‘zlari bilmagan holda ruhan chegaralab tashlashadi.«Bu narsa mumkin, bu narsa mumkin emas». Futbolchilarimizda dunyo futbolini anglab yetish noto‘g‘ri shakllanmoqda.  Endi futbolchilarimizda kerakli yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish imkoni bormi? Sizni fikringiz? Kamroq?

Futbolchilarimiz o‘zidagi yashirin qudratli kuchga yetib borishi kerak. Ular o‘zlarini yanada kengroq doirada anglab olishlari kerak. Buni esa amalga oshirish mumkin.

Xo‘sh, futbolchilarimiz o‘z qo‘rquvlarini qanday qilib yengishlari mumkin?

Har qanday yaratuvchilik fikr uchqunidan boshlanadi va siz vahima, qo‘rquvni boshqarish tamoyiliga yaqin kelasiz. Futbolchilarimiz biror bir g‘oya haqida fikrlashi uchun ularda Ishonch va E’tiqod bo‘lishi lozim. Bugungi kunda futbolchilarimizdagi muammolarning bari to‘g‘ridan – to‘g‘ri shu narsaga borib taqaladi.

Futbolchilarimiz o‘ziga bo‘lgan ishonchni qanday qilib shakllantirishlari mumkin? Qarang-ga, suyakkacha og‘riq beradigan savol. Yana savollar.

Nima uchun baliqlar qarmoqqa kelib ilinishadi? Baliqlarda umuman bosh miya mavjud emas. Ularda faqat orqa miya mavjud.

Nima uchun sichqon kelib kopqonga tushadi? Nima uchun qonun bilan ming chegaralaganingiz bilan o‘g‘rilar bankni yoki boshqa joyni umarib ketishadi?  Ular o‘zlariga bo‘lgan ishonchni qanday qilib shakllantirishadi? Qani, bir fikr yuritib, topib ko‘ringchi? Bu yerda hech qanday tasodiflik yo‘q, qonuniyat bor!

Ey-y! Mana!

Eh, seni! Axir, bu yerda eng oddiy mashqlarni olib, futbolchilarimizda o‘zlariga bo‘lgan ishonchni va ma’lum bir g‘oyaga bo‘lgan ishonchni shakllantirish mumkin – ku!  Albatta, bu qonuniyatlarni ikkita – uchta maqola bilan ochib berish imkoni pastroq. Sabr qilishingizga to‘g‘ri keladi.

Demak, bizning oldimizda o‘zbek futbolini jahon darajasiga chiqarish va ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritish uchun har doimgidek, ikkita yo‘l bor. Uchinchisi…, berilmagan!

Birinchisi, futbolni rivojlantirishni an’anaviy «xitoy modeli», «yapon modeli» yoki «arab modeli»laridan nusxa ko‘chirgan holda futbolga biznes nuqtai nazaridan yondoshib, katta – katta sarf xarajatlarga yo‘l qo‘ygan holda yuqori saviyali futbolchilarni olib kelish evaziga ular yonida ortirilgan tajriba orqali futbolchilarimizni  o‘zlariga bo‘lgan ishonchni shakllantirish va ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishdan iborat. Bu anchagina qaltis yo‘l. Biznes nuqtai nazaridan olib qaraganda ham, futbolchilarni o‘ziga bo‘lgan ishonchini shakllantirishda ham.

Ikkinchi yo‘l, boshqacha. O‘zbek futboli o‘zining rivojlanish modelini yaratishi lozim. Unda futbolimizda islohatlar o‘tkazish, uni tartibga solish, ma’lum reja asosida ishni to‘g‘ri tashkil qilish, futbolimiz rivojiga xizmat qilayotgan barcha soha vakillarini moddiy manfaatini muvofiqlashtirish, ularning ijodiy yondoshuvi va tashabbuskorligini qo‘llab – quvvatlash, futbolga oid eng so‘ngi yangiliklar va kashfiyotlarni unga tadbiq qilish orqali futbolchilarimizni fikrlash qobiliyatini, o‘zlariga va ma’lum g‘oyalarga bo‘lgan ishonchini, shuning bilan birga ulardagi g‘olib bo‘lish qobiliyatlarini shakllantirish, ularning ruhiy potensial imkoniyatlari va yana boshqa ko‘plab qobiliyatlarini ishga tushirish  evaziga o‘zbek futbolining dunyo darajasidagi ulkan muvaffaqiyatini ta’minlashdan iborat.

Bu ikki yo‘l ham aslida bitta narsa, ya’ni aniq manzil tomonga olib boradi – MUVAFFAQIYATga! Faqatgina ishni tashkil qilish va sarf – xarajatda farqi bor. Ana endi tanlang! Bizga har doimgidek tanlash imkoniyati berilgan, xolos.

Renat Ernazarov tayyorladi.

Manba: nnews.uz
Kiritildi: 22:12, 04.02.2020. O'qildi: 7097 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.