Angliya kubogi 4-bosqichi doirasida «Tottenxem» va «Sautgempton» o‘rtasida takroriy o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘limda 1:1 hisobi durang qayd etilgan bo‘lsa, uchrashuvning 72-daqiqasiga kelib mehmonlar oldinga chiqib olishdi. Qolgan daqiqalarda londonliklar ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketishdi.
Shu tariqa, "Tottenxem" Angliya kubogi nimchorak finaliga yo‘l oldi. Bu bosqichda Mourinyo jamoasi o‘z uyida «Norvich Siti»ni qabul qiladi.