Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • 0:5
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • 1:0
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • 3:1
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • 2:1
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 0:1
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
  • La-liga
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • 1:1
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • 2:1
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • 0:2
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • 2:1
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 0:2
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • 0:0
      • Lechche
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • -:-
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 32 62
4 Atletiko 33 60
5 Betis 33 50
6 Selta 32 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 32 42
9 Atletik Bilbao 33 41
10 Osasuna 32 39
11 Valensiya 33 39
12 Rayo Valyekano 32 38
13 Espanyol 32 38
14 Jirona 33 38
15 Alaves 33 36
16 Elche 32 35
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 32 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 32 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

26/04/26 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04/26 Real Ovyedo - Elche
26/04/26 Osasuna - Sevilya
27/04/26 Vilyarreal - Selta
28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mirzohid G‘ofurov: “Sensasiyalarning bo‘lgani yaxshi”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / https://stadion.uz/uz/news/sections/uzfootball/uzpfl/players
Rukn: Intervyular
A A A

Barcha sportchilar singari futbolchilar ham karantin davrini o‘z uylarida, oila davrasida o‘tkazishmoqda.

Ushbu imkoniyatdan foydalangan holda, “Navbahor”ning  tajribali himoyachisi Mirzohid G‘ofurov bilan telefon orqali bog‘lanib, unga o‘zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

- Karantin paytini uyda qanday o‘tkazyapsiz? Futbolni sog‘indingizmi?

Albatta, barcha futbolchilar singari karantin davrini uyda, oilam davrasida o‘tkazyapman. Jamoamiz murabbiylar shtabining mashg‘ulotlar jadvali asosida uyda yakka tartibda mashqlarni bajaryapman.

Yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalangan holda, oilam davrasida ko‘proq bo‘lish, suhbatlashishga intilyapman. Boisi, biz – futbolchilarning asosiy vaqtimiz ko‘proq safarlarda kechadi hamda oila davrasida kam bo‘lamiz.

Menimcha, har qanday futbolchi futbolni sog‘insa kerak.

Ammo birinchi navbatda sog‘liqni asrash kerak va karantin ham shu niyatda e’lon qilindi.

Xudo xohlasa, Superliga bahslari tez kunlar ichida start oladi, degan umiddaman.   

Karantindan so‘ng, davom etadigan Superliga bahslarida sizningcha, sensasiyalar yuzaga kelishi mumkinmi?

Menimcha, sensasiyalar yuz berishining ehtimoli yuqori. Boisi, karantindan so‘ng, barcha jamoalar bir xil saviyada bo‘ladi. Shunday ekan, grand klublar o‘zidan kuchsizroq jamoadan mag‘lubiyatga uchrashi ehtimoldan xoli emas.

Ammo sensasiyalarning bo‘lgani yaxshi. Boisi, shunday o‘yinlar orqali milliy chempionatimiz bahslariga qiziqish yanada kuchayadi. 

Siz “Navbahor”dagi eng tajribali futbolchilardan birisiz. Sizningcha, tajriba futbolda nechog‘lik muhim rol o‘ynaydi?

Millionlar o‘yinida ruhiy hamda jismoniy tajribaning o‘rni katta, albatta. Bu esa mashg‘ulotlar jarayoni, shuningdek, maydonda to‘p bilan muomala qilish, raqibga qarshi kurash olib borish, aniq zarba yo‘llash kabi ko‘plab holatlarda o‘z samarasini bermoqda.

Bir so‘z bilan aytganda,futbolda tajriba katta rol o‘ynaydi. 

Tajribali futbolchi sifatida jamoadagi yosh o‘yinchilarga o‘z maslahatlaringizni berib turasizmi?

Qo‘limdan kelganicha, tajribam bilan o‘rtoqlashib, o‘z maslahatlarimni berib turaman. Yosh futbolchilarga ko‘proq o‘z ustilarida ishlashlari, mehnat qilishlari va kibrga berilmasliklarini ta’kidlayman.

Joriy mavsumda “Navbahor”ning oldiga Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan. Jamoaning ushbu imkoniyatini qanday baholaysiz?

Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Jamoamizning ayni paytdagi tarkibi esa bunga qodir.

Superligada chempionlik unvoniga erishish, shuningdek, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

O‘zbekiston kubogi finalining Namanganda, o‘zimiz uchun qadrdon maydonda o‘tkazilishi bizga qo‘shimcha kuch-quvvat bag‘ishlaydi hamda fidoiy va jonkuyar muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashlari ostida billur sovrinni qo‘lga kiritamiz, degan umiddaman. 

Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?

Barcha hamyurtlarimiz, shuningdek, “Navbahor”ning sadoqatli hamda jonkuyar muxlislariga ayni paytda yurtimizda hukm surayotgan muborak Ramazon oyida Allohdan kuch-quvvat, sog‘lik-salomatlik tilab qolaman. Tutgan ro‘zalari va ibodatlari, shuningdek, qilgan ehsonlarini Alloh o‘z dargohida qabul qilsin, ilohim! Duolari ijobat bo‘lsin. Asosiysi kasal bo‘lishmasin hamda koronavirusdan ehtiyot bo‘lgan holda, uyda qolishsin.

Ma’lumot uchun

Mirzohid G‘ofurov – 1988 yil, 22 avgustda Namangan viloyati, Chortoq shahrida tug‘ilgan.

Futbol bilan 6 yoshidan shug‘ullana boshlagan

Birinchi murabbiyi: Abdullo Jo‘raboyev.

Namangandagi futbol maktab-internatini tamomlagan.

Ampluasi: himoyachi.

O‘ynagan jamoalari: “Navbahor” (Namangan) – 2006 yilning 2-davrasi – 2007 yillar, 2009 yil,  “UzDongJu” (Andijon) – 2008 yil, “NBU- Osiyo” (Toshkent) – 2010 yil, “Mash’al” (Muborak) – 2011 – 2014 yillar, 2016 yil, “Bunyodkor” (Toshkent) – 2015 yil.

2017 yildan yana “Navbahor”da.  

Oilali, 2 nafar o‘g‘ilning otasi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:18, 10.05.2020. O'qildi: 4046 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
7 Атлетико Aleksandr Serlot 12
8 Барселона Robert Levandovski 12
9 Алавес Lukas Boye 12
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик