Bir necha kun muqaddam tennis bo‘yicha jahonning birinchi raqamli raketkasi Novak Jokovich koronavirusga chalingani haqida xabar tarqalgan edi. Ma’lum bo‘lishicha 17 karra Katta dubulg‘a turniri g‘olibi davolanishdan so‘ng topshirgan tahlil manfiy natija ko‘rsatgan. Bu esa sportchi va uning oilasi sog‘ayganidan dalolat beradi.

Shifokorlar nazoratida olib borilgan muolajalardan so‘ng barchasi o‘tib ketdi. 10 kun mobaynida Belgradda, uyimizda izolyasiya sharoitida davolandik. Barchasi uchun doktorlarga minnatdorchiligimizni bildiramiz”, – dedi Novak Jokovich.