Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • -:-
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • -:-
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Azim Ahmedov: «OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) qaroriga ko‘ra,barcha futbol musobaqalari 15 avgustgacha qoldirildi. Bungacha Coca Cola Superliganing 1-davraning so‘nggi 4ta tur bahslari markazlashgan holda, Toshkentda o‘tkazilishi e’lon qilingandi. Bundan tashqari, 23 iyul kuni Coca Cola O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi bahslariga qur’a tashlanib, unga ko‘ra, Namanganning “Navbahor” klubi “A” guruhidan joy olgan holda, o‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qilib, safarda “Andijon” hamda AGMK jamoalariga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi.

Biz “lochinlar”ning tajribali yarim himoyachisi va sardori Azimjon Ahmedovdan mazkur masalalar bo‘yicha intervyu oldik.

— O‘zPFL qaroriga ko‘ra, 15 avgustgacha yurtimizda barcha futbol musobaqalari to‘xtatildi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?
— O‘zingizga ma’lum, mamlakatimizda karantin talablari 15 avgustgacha uzaytirildi. PFL ham O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (O‘FA)ning tavsiya xati, shuningdek, mavjud holat, qolaversa, futbolchi va murabbiylar bilan bog‘liq sharoitlar, mamlakatimizda hukm surayotgan karantin davri hamda undagi murakkabliklarni inobatga olgan holda, shunday qarorga kelganligi, barcha uchun sog‘liq birinchi o‘rinda ekanligini o‘z xabarida ta’kidlab o‘tdi.

Men ham ushbu qarorni ma’qullayman. Chunki Superliganing ko‘plab klublaridagi futbolchilar koronavirusga chalinishdi. Hattoki, ”Surxon” jamoasining 15 nafar o‘yinchisi koronavirusga chalinganligi e’lon qilindi. Bunday sharoitda esa futbol bahslarini o‘tkazish boshqalarga ham xavf tug‘dirishi ehtimoldan xoli emas.

Axir, futbolchilarning sog‘liqlari barcha narsadan ustun! Umid qilamanki, 15 avgustga qadar koronavirusga chalingan barcha o‘yinchilar shifo topishadi hamda futbol yana davom ettiriladi.

— Birinchi davraning so‘nggi 4ta tur bahslari markazlashgan holda, Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgandi. Bu borada fikringiz qanday?
— PFL rahbariyati barcha qarorlarni jamoalarga oson bo‘lishi uchun chiqaradi. Ushbu qaror ham ayni paytdagi pandemiya va karantin sharoitidan kelib chiqib, qabul qilingandi, menimcha. Ayni paytda pandemiya sababli, baribir Superliga o‘yinlari muxlislarsiz o‘tkazilyapti. Shunday ekan, menimcha, jamoalarga qayerda o‘ynashning farqi yo‘q. Restartdan keyingi bahslarda “Navbahor” ishqibozlarsiz ham munosib o‘ynay olishini isbotladi. Shu bois, PFLning har qanday qarorini hurmat qilamiz hamda musobaqani qanday va qayerda davom ettirishni lozim topsa, Superliga bahslarini shunday tarzda davom ettiramiz.

— Final bahsi Namanganda o‘tkaziladigan O‘zbekiston kubogining “Navbahor”ga guruh bosqichida raqib bo‘ladigan jamoalar borasida nima deya olasiz?
— “Metallurg” va AGMK klublari ayni paytda Superliga o‘yinlarini ham yaxshi o‘tkazishmoqda. Shuning uchun ushbu jamoalarga qarshi kechadigan bahslarning keskin kurashlar ostida o‘tishi aniq. “Andijon”ga qarshi kechadigan o‘yinlar esa o‘zingizga ma’lum, “vodiy derbisi” maqomida bo‘ladi hamda bunday uchrashuvlar jamoalar qaysi o‘rinni egallab turganligidan qat’iy nazar, doimo shiddatli tarzda kechgan. Shu bois, bemalol “Navbahor” kuchli guruhdan joy oldi, deya olaman. Ammo joriy mavsumda o‘z oldimizga yuksak maqsadlar qo‘yganmiz, ya’ni Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni niyat qilganmiz. Shunday ekan, buni amalga oshirish uchun bor mahoratimizni ishga solamiz. O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritsak, shunday imkoniyatga ega bo‘lamiz. Bundan tashqari, ta’kidlaganingizdek, kubok finali bahsi Namanganda o‘tkaziladi. Shunday ekan, ushbu imkoniyatdan unumli foydalangan holda, billur sovrinni qo‘lga kiritib, muxlislarga quvonch ulashish niyatidamiz.

Jamoamizning ayni paytdagi tarkibi buni amalga oshirishga qodir. Xudo xohlasa, final o‘yiniga yetib olsak, ungacha pandemiya davri ham yakunlanib, muxlislarning stadionlarga qaytishlariga ham ruxsat berilsa, o‘z maydonimizda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston kubogining hal qiluvchi o‘yinida o‘zgacha anshlag yuzaga kelishiga shubham yo‘q. Biz esa bundan foydalanishga harakat qilamiz hamda uzoq tanaffusdan keyin yana O‘zbekiston kubogi sohibiga aylanamiz, degan umiddaman.

So‘zim yakunida fursatdan foydalangan holda, barcha muxlislarni kirib kelayotgan Qurbon hayiti bilan tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilayman.

Ilohim, koronavirus balosi yurtimizdan tezroq daf bo‘lsin! Baxtimizga barcha muxlislar sog‘ bo‘lishsin!

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:42, 28.07.2020. O'qildi: 3454 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Мексика Xulian Kinyones 1
3 Мексика Santyago Ximenes 1
4 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
5 Чехия Ladislav Kreychi 1
6 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
7 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
8 АҚШ Jovanni Reyna 1
9 Парагвай Maurisio 1
10 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик