Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ulardan buni kutmagan edik

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz APL muxlislari kutgan natijani namoyish eta olmagan futbolchi, klub va murabbiylar haqida fikr almashadi.

Gvardiola va “Manchester Siti”

“Shaharliklar” bu mavumda YECHL g‘olibligi uchun asosiy da’vogar, biroq biz bugun APL haqida suhbatlashamiz. E’tibor qarating, Pep shogirdlar mavsum davomida o‘z uyida 9 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Bu deyarli har 4-uchrashuvda raqiblar “Siti”ni uyda taslim qilganidan darak bermoqda. Vaziyatni Pep klub skautlarining yaxshi ishlamayotganiga yoymoqda. Qaysidir ma’noda uning fikrida jon bor. Katta summaga harid qilingan Konselu, Stounz, Mendilar jamoaga yordam bermadi. Artetaning “Arsenal”ga ketishi, Pepni “Liverpul”ga chempionlikni topshirib qo‘yishi bilan yakunlandi.

Anchelottining “Everton”i va Pikford

Tan olish lozim, Anchelotti birinchi navbatda “Everton”ning imidji uchun taklif etildi. Shunga qaramay, so‘nggi 5 yil davomida transferlarga ishlatilgan pullarni hisoblasak, aynan “Everton” APLning eng omadsiz jamoalaridan biriga aylanadi. “Irislar” 5 yil davomida 570 million yevro sarf etdi. Yurgen Klopp bundan 20 million ko‘proq sarflab chempion jamoani tuzdi. Anchelotti boshchiligidagi jamoa APLda 12-o‘rin bilan cheklandi. Vaholanki, “Sheffild” singari kichik klublar ulardan ancha yuqoriroqdan o‘rin olgani muxlislarni hayron qoldirgani turgan gap. O‘tgan mavsumda o‘zini ko‘rsata olgan Pikford negadir bu mavsumda “ko‘rinmadi”. Avvaliga jarohat olgan kipper, mavsum so‘nggida seyvlar borasida APLda 19-o‘ringa zo‘rg‘a “ilindi”.

Kepa va “Chelsi” markaziy himoyachilari

Bu vaziyatda Kepaga barcha aybni to‘nkamoqchi emasmiz. Sababi, “Chelsi”ning ayni damdagi himoyachilari Terri va Karvalyo darajasida emas. Achinarlisi shundaki, aynan Kepa zarbalarni bartaraf etish borasida APLda (54,4 foiz) 20-o‘rinni egalladi. Bejizga “aristokratlar” Yan Oblak transferi haqida bosh qotirmayapti. Mavsumni juda yomon o‘tkazgan “Arsenal” kipperi zarbalarning 78 foizini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. “Chelsi”ga hech yo‘q shunday ko‘rsatgich namoyish etishga qodir darvozabon kerak.

Pochettinyo, Ndombele va “Tottenhem”

O‘tgan mavsumda “Tottenhem” YECHL final uchrashuvida to‘p tepgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilib ketgani aniq. Afsuski, barchasi juda tez o‘zgarib ketdi. Pochettinyo juda kuchli jamoani 2019/20-yilda sochilib ketishdan arsab qola olmadi. Angliyaning eng kurashuvchan yigitlari bir mavsumda tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketdi. Keyn avvalgi darajasida emas. Eriksen “Inter”ga ravona bo‘ldi. Uning o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan Ndombele esa, zaxiraga mixlandi. Umaman olganda, “Tottenhem” bu mavsumning eng omadsizlaridan biri bo‘ldi.

Denni Drinkuoter va boshqa “bezorilar”

Deni bu mavsumda “Chelsi”da nimalarga qodir ekanligini ko‘rsata olmadi. Vaholanki, uning imkoniyatlari chakki emas edi. Boz ustiga, uning Manchester shahridagi tungi barlardan birida ortirib olgan jarohati oav tomonidan keng yortildi. 35 million funt evaziga sotib olingan Denni xurmacha qiliqlari bilangina e’tiborni tortdi xolos. Jek Grilish esa, karantin qoidalarini buzish borasida barchaga o‘rnak bo‘ldi, biroq uning “Aston Villa”ni elitada saqlab qolgani buni tezda unutilib ketishiga sabab bo‘ladi.

Emirining “Arsenal”i, David Luis va Mustafi

Tan olish lozim, Emiri “Arsenal”ning so‘nggi 25 yil ichidagi eng yomon murabbiyiga aylandi. Jamoa musobaqani 8-pog‘onada yakunladi. Yaxshiyam-ki, Obomeyang bor ekan. Aks xolda, Mustafi, O‘zil va Luis singari nomdor ijrochilar jamoani yanada pastga tortib ketishi mumkin edi. Boz ustiga, katta summa evaziga sotib olingan Pepe ham aytalri hech narsaning uddasidan chiqqani yo‘q. Ochig‘i Emeri bunday kalibrdagi futbolchilar bilan “Chelsi” yoki “Lester”dan yaxshiroq o‘rinda bo‘lishi mumkin edi. London klubi muxlislari omadsizning mavsumning sababini hali-hamon izlashmoqda.

Restart qurboni – “Lester”

 

Afsuski, uzoq davom etgan to‘xtalish “Lester”ni ruhan va jismonan biroz qiynab qo‘ydi. Vaholanki, Rojers shogirdlari osonlik bilan YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin edi. Birin ketin omadsizliklar va kutilmagan ochko yo‘qotishlar barchasini “Manchester Yunayted” bilan o‘yingga qadar olib keldi va “tulkilar” mavsumning eng muhim uchrashuvida mag‘lub bo‘lishdi. Agar mavsum boshida “tulkilar”ga 5-o‘rin taklif etilganida, ular bunga rozi bo‘lishar edi, biroq birinchi davrada ikkinchi o‘rinda borgan klub muxlislari 5-o‘rinni hazm qilishlari biroz mushkul masala…

APL hakamlari va VAR

Afsuski, dunyoning eng shiddatli chempionati VAR sababli o‘z statusini biroz yo‘qotib qo‘ydi. Mavsum davomida o‘nlab qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Achinarlisi shundaki, ushbu hatolarning aksariyatini hakamlar rasman tan ham oldi. Hatto APL hakamlar qo‘mitasi Kashshaiga murojaat etishga ham majbur bo‘lishdi. Shunday bo‘lsada, bu hatolar kimning zarariga ishladi degan o‘rinli savol paydo bo‘ladi. Misol uchun “Aston Villa”ning “Sheffild”ga qarshi uchrashuvdagi shubhali goli “Bormunt”ni musobaqa bilan xayrlashishiga olib keldi. Vaholanki, o‘sha golni hakam bekor qilishi mumkin edi. U shunchaki, vaziyatni o‘z bo‘yniga olishni istamadi. Shuningdek, “Manchester Yunayted” foydasiga ham keragidna ko‘proq foydali qaror qabul qilindi. Afsuski, APL bosh hakamlarining VARda o‘tirgan yordamchilari asosida qaror qabul qilishi o‘zini umuman oqlamadi. Agar kelasi mavsumda ham shu qaror o‘z kuchida qolsa, bu APL bahslarining shaffofligiga putur yetkazishi turgan gap.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:49, 31.07.2020. O'qildi: 8569 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик