Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Adidas va Farell futbol liboslari olamida «inqilob» qilishda davom etmoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mamlakat kuboklari / Angliya: FA kubogi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz futbol olamiga yangicha urfni olib kirishdan charchamayotgan Adidas va Farell Uilyams yaratgan liboslar haqida atroflicha suhbatlashadi.

2020 yilda taniqli Adidas sport brendi ommaga yangi futbolkalar kolleksiyasini taqdim etganidan xabaringiz bor. Humanrace bilan hamkorlikda yaratilayotgan liboslarning dizayneri Farell Uilyams taniqli klublarning o‘tmishdagi liboslariga o‘zgacha ko‘rinish berish orqali yangi uslubni namoyish etmoqda.

Dizayner o‘z liboslarida ikkita omilga katta e’tibor qaratmoqda. Birinchisi klub o‘tmishi. Shu bois, dizayner har bir yaratayotgan libosi haqidagi ma’lumotlar, ushbu futbolkaning tarixi, uning klub muxlislari uchun qadrini yaxshilab o‘rganib chiqishdan erinmaydi.

O‘z qarashlarini qahramonimiz quyidagicha izohlamoqda:

«Tarix kelajagini yaratadi! Ba’zan kelajak haqida fikr yuritishdan avval o‘tmishga nazar solish lozim. Har bir klubning o‘z dizayn tarixi mavjud. Shunday ekan, ulardan xabardor bo‘lish lozim.»

Ikkinchi omil esa, liboslarning barcha uchun birdek hush kelishini ta’minlash. Ular futbol liboslaridagi rang-baranglikni ta’minlashga qaror qilishgan. Shu bois, ularning kolleksiyasidagi futbolkalar kishi ko‘zini qamashtirib yuborishi mumkin.

Ushbu futbolkalardagi emblema va klub ramzlari qo‘ldan chizilgani bois, uning futbolchilar libosidan farqi katta. Adidas va Farell shu yo‘sinda, o‘z mahsulotlarini barcha uchun aziz bo‘lishini ta’minlanmoqda.

"Arsenal" - Banana

1991 yilda Adidas kompaniyasi "Arsenal« uchun o‘zgacha uslubdagi liboslarini taqdim etgan edi. Ushbu komplekt »Bruised Banana " deb nomlangan bo‘lib, ushbu libosda 90 yillardagi moda olamida urfga kirgan ranglar aks etgan.

O‘sha davrlarda, London klubi tarkibdagi Toni Adams, Ian Rayt, Li Dikson, Stiv Bould singari futbolchilar ushbu futbolkalardan foydalanishgan. Bu rangdagi libosda keyinroq Vengerning "Arsenal"i ham to‘p surdi. Oqibatda, ushbu sariq rangdagi futbolkalar jamoaning tarixiy bir bo‘lagiga aylandi.

«Real» va Yamamota dizayni

«Real Madrid» jamoasining 2014/15 yilgi mavsum uchun taqdim etgan kolleksiyasida Farellning kompaniyasida faoliyat olib boruvchi Edzi Yamamota ham faol ishtirok etadi. U va Farell birgalikda «qirollik klubi» uchun o‘zgacha uslub va dizayndagi libos yaratishga muvaffaq bo‘ladi.

Futbolkaning oldi qismida «qirollik ramzi» sanalgan ajdarho tasviri tushirilgan. Bu afsonaviy ajdarho sharqda tezlik, mashhurlik va buyuklik ramzi sanaladi. Dizayner shu tariqa, «qirollik klubi»ning siymosini ajdarhoda tasvirlashga uringanini ma’lum qiladi. Klub logosi va emblemasi minimalizm yo‘nalishida tasvirlangani esa, libosga bo‘lgan ehtiyotning boshqa sport muxlislari orasida ham kengayishiga sabab bo‘ldi.

«Yuventus»ning pushti liboslari

«Yuventus» 2015 yilda "Adidas« bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. Va ko‘p o‘tmay, kompaniya Turin klubiga yangicha uslubdagi libosni taqdim etishni boshlab yubordi.Ular orasida jamoa »Verona"ga qarshi o‘yinda foydalangan komplekt haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim.

Futbolkada nafaqat sport, balki sana’t olamida ham keng urfga kiritdi. Jon HIll, Lil Pep va Dreyklar ushbu futbolkalarda bir necha bor omma oldida paydo bo‘ldi. Bu esa, ushbu kolleksiyaning AQSHda ham keng urfga kirishiga sabab bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz.

E’tiborlisi shundaki, "A seriya" klublari orasida birinchilardan bo‘lib Turin klubi Farellning dizaynidagi liboslardan rasmiy uchrashuvlarda foydalandi. Uning o‘zgacha uslubda ekanligi bois, tezda xaridorlar soni keskin ortib ketdi.

«Manchester Yunayted» - o‘tmishiga nazar

90 yillar boshida Ser Aleks Fegusson boshchiligidagi «Manchester Yunayted»ga Adidas 80 yillardagi qo‘shiqlar ta’sirida yaratilgan dizayndagi oq va ko‘k ranglar uyg‘unligi aks etgan libosni taqdim etadi.

Yangi kolleksiya iliq qabul qilinadi. Ko‘k va oq ranglarning chiroyli uyg‘unligi sababli ushbu liboslar tezda xotirada saqlanib qoladi. Shu bois, o‘sha davrdan saqlanib qolingan original liboslar hali-hamon turli kolleksiya yig‘uvchilarda mavjud. Turli ma’lumotlarga qaraganda, ayni 90 yillarda «Manchester Yunayted» uchun tikilgan liboslarning narxi juda baland. Uni kolleksionerlar juda qadrlashadi.

Furell esa, bu vaziyatga o‘zcha yondashdi va o‘z kolleksiyasida o‘tmishning bir bo‘lagini ortga qaytardi. Futbolkaning oldidagi bosh homiyning o‘rnini Humanrace egallaganini inobatga olmasa, libos rasmiy uchrashuvlarda ishlatilishi mumkin.

Uning taqdimot marosimida Pol Pogbaning ishtirok etishi, mahsulotga bo‘lgan talabning ortib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Adidas ushbu kolleksiyadagi oq va ko‘k ranglardagi liboslarni sanoqli tirajda chiqarmoqda. Shu bois, unga bo‘lgan talab juda yuqori.

«Bavariya» - «elkadagi uchta chiziq»

Adidas va Farell «Bavariya» uchun o‘tmishdagi uchta chiziqni qaytarishga qaror qildi. Ushbu dizayndagi liboslarda Myunhen klubi 1991-93 yillarda to‘p surgan. To‘g‘ri, dizayn ancha o‘zgargan, ammo yelkadagi uchta chiziq fishkasi saqlanib qolingan.

O‘tmishda uchta chiziq tushirilgan liboslarda «Bavariya» afsonalari Mehmet Shol, Lotar Matteus singari futbolchilar to‘p surgan.

Ushbu dizaynni «Bavariya»ning bugungi kundagi yulduzi Serj Gnabri o‘zgacha ta’rifladi.

"Agar bu futbolkaning kiysangiz, o‘zingizni klubning bir bo‘lagidek his etasiz. Sen qayerdan ekanliging, qanday ko‘rinishda ekanligingni ahamiyati yo‘q. Futbol hamma teng ekanligini his qilish imkonini beradi. Shu bois, bu libosni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman."

Farell ham sobiq futbolchi

Aslida, Farell bir nechta yo‘nalishda ijod qiladi. U musiqa yozadi va o‘zi ijro etadi. Bundan tashqari, endigina san’at olamiga kirib kelgan yoshlarga homiylik qiladi. Qahramonimiz deyarli 5 yildan beri Adidas bilan hamkorlik qilib kelmoqda. U yangicha dizayndagi sport oyoq kiyimlari bilan jahon bozorini zabt etgan edi. Endi bor e’tiborini futbolga qaratmoqda.

Nima uchun birdaniga futbol? Gap shundaki, qahramonimiz aslida sobiq futbolchi. Afsuski, o‘zidan professional futbolchi chiqmasligini anglagach, bor e’tiborimi musiqaga qaratadi.

«Inson o‘z qo‘li bilan yaratgan dizayn menga ilhom bag‘ishlaydi. Eramizdan avvalgi asrlarda tog‘ va g‘orlarda inson qo‘li bilan chizilgan suratlarga hech tikilganmisiz? Bularning barchasi inson qo‘li bilan yaratilgan. Bu suratlar hali insoniyat to‘liq mashinaga aylanmaganini va unda san’at asari yaratish uchun imkon borligini bildiradi.»

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:16, 26.10.2020. O'qildi: 6067 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.