Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba.

  • Superliga
      • 28.06.2025 19:00
      • Navbahor
      • 6:0
      • Mash’al
      • 28.06.2025 20:00
      • Qizilqum
      • 0:1
      • Neftchi
      • 29.06.2025 19:00
      • Bunyodkor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 29.06.2025 20:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Sho‘rtan
      • 30.06.2025 20:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 28.06.2025 21:00
      • Palmeyras
      • 1:0
      • Botafago
      • 29.06.2025 01:00
      • Benfika
      • -:-
      • Chelsi
      • 29.06.2025 21:00
      • PSJ
      • -:-
      • Inter Mayami
      • 30.06.2025 01:00
      • Flamengo
      • -:-
      • Bavariya
      • 30.06.2025 23:59
      • Inter
      • -:-
      • Fluminense
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 14 32
2 Dinamo 13 28
3 Navbahor 14 26
4 Neftchi 13 26
5 OKMK 13 24
6 Paxtakor 14 23
7 Bunyodkor 13 21
8 Andijon 14 17
9 Mash’al 14 15
10 Xorazm 14 14
11 Surxon 13 14
12 So‘g‘diyona 13 13
13 Qizilqum 14 13
14 Qo‘qon-1912 14 12
15 Buxoro 13 9
16 Sho‘rtan 13 9

O'tgan o'yinlar.

14-тур Xorazm 2-3 Andijon
14-тур Qo‘qon-1912 2-3 Dinamo
14-тур Nasaf 2-2 Paxtakor
14-тур Navbahor 6-0 Mash’al
14-тур Qizilqum 0-1 Neftchi

Navbatdagi o'yinlar.

29/06/25 Bunyodkor - So‘g‘diyona
29/06/25 Buxoro - Sho‘rtan
30/06/25 OKMK - Surxon

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Liverpul»ni kim qutqaradi?!

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliyaning «Liverpul» jamoasi jarohatlar sababli katta yo‘qotishga duchor bo‘ldi. Shu bois, endi jamoaning qanday yo‘l tutishi katta so‘roq ostida qolmoqda. Stadion.uz jarohat olganlarning o‘rnini kim to‘ldirishi borasida fikr almashadi. 

Aslida, «Liverpul» jamoasi kadrlar bilan muammolari yo‘q klublardan biri edi. Afsuski, so‘nggi haftalarda jamoa avvaliga Virjildan so‘ng, Fabinyodan «ayrildi». Shu bois, markaziy himoyada to‘p surishga qodir futbolchilar borasida tanlov keskin kamayib ketdi. Bu vaziyatda, ularni kim qutqarib qolishi mumkin?! Tig‘iz taqvim sababli ularning o‘rnini kimdir egallashi lozim. Xo‘sh YuYEgen Klopp himoya markazida kimga ishonch bildiradi? Bugun shu mavzu haqida bosh qotiramiz. 

Ris Uilyams

So‘nggi ikkita o‘yin orqali «Liverpul» muxlislari Ris Uilyams bilan tanishib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bahorda futbolchi havaskor klub a’zosi edi, endi esa butun dunyo e’tibor markazida. 19 yoshli futbolchi o‘z faoliyatidagi eng muhim uchrashuvni "Ayaks"ga qarshi zaxiradan o‘yinga qo‘shilib boshladi. Qariya Milnerni almashtirgan qahramonimizni o‘yindan so‘ng Klopp alohida e’tirof etdi:

«U juda ham iqtidorli. Uning biz bilan ekanligi quvonarli. O‘yindan so‘ng, uning ko‘zlarida mamnunlikni ko‘rdim. Bu yoqimli holat.»

Uning ilk bor maydonda paydo bo‘lishi normal holat, biroq «Mityulland»ga qarshi bahsda Fabinyoning o‘rnini egallashi katta voqea bo‘ldi. Klopp Uilyamsni himoya markaziga joylashtirdi va markazda Gomes - Uilyams tandemi ko‘rinish berdi. Bundan 1 oy ilgari «Liverpul» muxlislari bunday himoya markazi bilan Yevropa Chempionlar Ligasida to‘p surishni tasavvur ham qilmagan bo‘lsa, ajab emas. Tan olish lozim, raqib kuchli bo‘lmasada Ris juda ishonchli ko‘rindi.

To‘p uchun kurashlarda chaqqonlik namoyish etdi va o‘yindan tushib qolmadi. Uni bejizga Klopp iqtidorli deb atamagani aniq. Sababi, qahramonimiz o‘sha oqshom taktik xatoga yo‘l qo‘ymadi va barchasini a’lo darajada uddaladi. To‘g‘ri, APLda oson bo‘lmaydi, ammo Uilyams asosiy jamoaga kirish uchun jiddiy qadam tashlab bo‘ldi. Endi bosimni yengib o‘tish qoldi xolos. 

Sepp van den Berg

Gollandiyalik iqtidor dunyoning barcha grand klublari e’tibor markazida katta bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. 2019 yilda «Liverpul» uni o‘z jamoasiga jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. «Zvolle»ga 1,3 million yevro to‘lagan holda inglizlar «Bavariya», "Ayaks« va »Barselona«ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lishdi. Boshqa klublar super talant egasini darrov asosiy jamoaga jalb etishi mumkin, ammo »Liverpul" avvaliga moslashuv jarayonini o‘tkazishga qaror qildi. Balki, 18 yoshli gollandning yulduzli onlari boshlanayotgandir?!
Yurgen Klopp ham uning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda: 

«Bergga oson bo‘lmasligi aniq. Sababi, biz 4 ta himoyachi bilan to‘p suramiz. Bu pozisiyada rotasiyaga qo‘l urish yaxshilikka olib kelmaydi. Shunga qaramay, mashg‘ulotlarda u mening ishonchimni to‘liq oqlamoqda.»

Endilikda, Kloppda himoyachilar soni keskin kamayib ketdi. Van den Berg haqida ingliz matbuoti juda ko‘p yozmoqda. Ularning aytishicha, Sepp vatandoshi virjilning harakatlarini takrorlashni qoyillatadi. Balki, aynan u ikkinchi Virjilga aylanar?! 

Nataniyel Fillips

Endi biroz yoshi kattaroq da’vogarga to‘xtalib o‘tamiz. 23 yoshli futbolchi «Liverpul»ning rejalariga kira olmagach, ijara asosida turli klublarda to‘p surishga majbur bo‘layotgan edi. «Bolton» jamoasidan 2016 yilda xarid qilingan yigitda o‘zini ko‘rsatish uchun so‘nggi imkoniyat paydo bo‘lmoqda. 

O‘tgan mavsumni Fillips «Shtutgart» safida ishonchli o‘tkazdi. Shu bois, «Liverpul» uni qishda ortga qaytarib oldi. Afsuski, bu chorlov ham unga o‘yin amaliyotini taqdim etish uchun kamlik qildi. Futbolchining klub bilan shartnomasi tez orada yakunlanadi. Bu uning uchun «Enfild»da jon saqlab qolish uchun so‘nggi imkoniyat. 

Billi Kumeto

Yurgen uni erkalab «Kichkintoy Billi» deb ataydi. Bu futbolchi murabbiyning e’tiborini mavsum oldi Avstriyada o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda tortgan edi. Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, fransuz o‘zining sovuqqonligi bilan Kloppni hayratda qoldirgan.

Kumeto 2018 yilda «Orlean» safidan Angliyaga ko‘chib o‘tgan. Avgust oyida esa, o‘zining ilk professional shartnomasini «Liverpul» bilan imzolagan. Himoyachi bilan PSJ va «Lion» qiziqib qoldi, ammo yakunda «Liverpul» uloqni ilib ketdi. Aslida, Billi shakllanib bo‘lgan himoyachi, ammo uni APLga biroz moslashishi uchun murabbiylar biroz sabr qilishga qaror qilgan edi. Balki, endi bu jarayon tezlashib ketar. Qahramonimiz noyabr oyida o‘zining 18 yoshini qarshi olishi lozim. Balki, u tug‘ilgan kunida APL uchrashuvlarida ko‘rinish berar?! 

Jordan Henderson

Biz klub akademiyasidagi iqtidorli himoyachilar bilan tanishtirdik. Endi navbat, universallarga. Fabinyo jarohat olgach, Jordan Henderson qora ishlarni qilishga majbur bo‘layotganidan xabaringiz bor. Kloppda yana bir alternativ variant mavjud. U ham bo‘lsa, jamoa sardorini himoya markaziga joylashtirish. Balki, bu Hendersonga biroz noqulaylik tug‘dirar, ammo «ustasiga farqi yo‘q». Henderson uzoq yillardan beri «Liverpul» uchun turli pozisiyalarda munosib to‘p surib kelmoqda. 

Boz ustiga, Henderson uchun markaziy himoyada to‘p surish yangilik emas. U Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida bu tryukni namoyish etgan. «Monterey»ga qarshi bahsda, Klopp uni Gomes bilan birgalikda mudofaa markazida sinab ko‘rgan edi. Van Deykning yo‘qligini Jordan o‘shanda bilintirmagan desak, adashmagan bo‘lamiz. Hendersonning jamoadoshlariga ruhiy dalda berishini inobatga olsak, bu tanlov o‘zini o‘qlashi mumkin. Shunday ekan, «Liverpul»da himoyachi borasida muammo tug‘ilmasligi mumkin. Hozircha, klub zaxirasida maydon markazini kuchaytirishga qodir futbolchilar bor. Shunday ekan, Jordanning ortga surilishi natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi aniq.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:00, 31.10.2020. O'qildi: 4589 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 10
2 Насаф Husayn Norchayev 8
3 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
4 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
5 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
7 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
8 Бунёдкор Luis Kachorri 5
9 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
10 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.