Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zidanning iste’foga chiqadimi? Bu nimani o‘zgartiradi?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz «qirollik klubi»dagi ahvol bilan qiziqadi.

YECHLdagi ahvol og‘ir, biroq imkon bor

Kiyevdagi uchrashuvda «Real» g‘alaba qozonganida, barchasi o‘z o‘rniga tushib ketishi aniq edi. Kutilmaganda, Ukraina klubi 2 oy ichida ikkinchi bor «Real»ni taslim etdi va guruhdagi vaziyatni mukammal ravishda chigallashtirib yubordi. «Konchilar»da to‘plar nisbati 5:12 bo‘lishiga qaramay, ular keyingi bosqichga chiqish uchun qulay imkoniyatga egalar. «Real» ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra «Shaxtyor»dan 2:5 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

6 tur oldidan jamoaning YECHLdagi imkoniyatlari to‘liq saqlanib turibdi. Ular g‘alaba qozonishsa kifoya. Ular uchun «Inter»ning Germaniyadagi g‘alabasi katta yordam bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Endi barcha-barcha 6-turda maydonda «jang» qilishga urinishadi. Hammasi Zidan shogirdlarining o‘z qo‘lida.

«Real» keyingi 10 kun ichida hammasini barbod qilishi mumkin

Yaqin 10 kun ichida Zidan shogirdlari uchun chinakam sinov boshlanadi. "Alaves« va »Shaxtyor«ga engilgan klub avvaliga »La Liga« doirasida »Sevilya«, »Atletiko«ga qarshi maydonga tushadi. Keyinroq esa, Yevropa chempionlar Ligasining so‘nggi turida "Borussiya M"ga qarshi super to‘qnashuv kutib turibdi.

Simiyeone boshchiligidagi "Atletiko« chempionatdagi imkoniyatlarini yaxshilab olish maqsadida ancha charchab qolgan Madrid klubiga qarshi "jangga" chiqishi turgan gap. Lopategi boshchiligidagi Yevropa Ligasining amaldagi g‘oliblari ham "Real"ni sinovdan o‘tkazishlari turgan gap. Ushbu ikkita bahsdagi natija o‘z-o‘zidan turnir jadvaliga ta’sir ko‘rsatadi.

«Real Madrid»dagi kadrlar muammosi sodir bo‘layotgan bir paytda, vaziyatdan chiqib ketish oson bo‘lmasligi aniq. Shu 10 kun ichidagi o‘yinlar butun boshli mavsumning natijalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Zidan barchasini avvalgidek boshqarib turganiga ishonish qiyin. Endi shu 10 kun ichida chempionlik va YECHLdagi natijalar o‘rtaga tikiladi.

«Real» avvalroq amalga oshirilgan xatolar sababli qiynalmoqda

Ayni damda, Zidan qanchalar berkitishga urinmasin, muammolar yuzaga suzib chiqmoqda. Bunga bugun yoki kechagi muammolar emas, ancha oldinroq yo‘l qo‘yilgan xatolar sabab desak, adashmagan bo‘lamiz.

1. Zidan boshqa muvaffaqiyatli murabbiylar singari anchagina qaysar inson. Shunga qaramay, unga Eden Azarning transferi va Karim Benzemaga raqobatchi olib kelish lozimligi haqida uqtirildi va barchasi amalga oshdi. Oqibatda, sarflangan pullar o‘zini oqlamadi. Endi esa, pullar yo‘q paytda bu transferlar jamoani ortga tortmoqda.

Eden yangi futbolchi xarid qilingan bo‘lsada, o‘zining kichik ukasi - Karimga ishonishda davom etdi. To‘g‘ri, Benzema qo‘lidan kelgancha yordam berdi, ammo ayrim uchrashuvlarda boshqacharoq tipdagi hujumchilarning yo‘qligi natija o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. U yo‘q bo‘lib qolganida esa, jamoa o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan Dias va Yovichlarga suyanishga majbur. Vaholanki, Zidan ularni hech qachon asosiy tarkib futbolchisi deb hisoblamagan.

2.Klubning ichki tuzilmasiga ham zarar yetdi. Ramos bilan shartnoma shartlari borasida juda uzoq tortishib yuborishdi. Oqibatda, qahramonimiz jomadonlarini yig‘ishga tushib ketdi. Bir hayolida ketish bo‘lgan futbolchi qanday qilib 100 foiz o‘yin namoyish etishi mumkin? Biroz avvalroq Varan atrof muhitni o‘zgartirmoqchi edi, uni kuch bilan ushlab qolishdi. Endi esa, barchasidan zerikib ketgan futbolchi qo‘pol xatolar seriyasini davom ettirmoqda. Zidanning yoqimtoyi bo‘lgan Marseloning o‘yinida anchagina pasayish kuzatildi. Mendi esa, Zidanning ishonchini to‘liq oqlagani yo‘q. Qanot himoyachilarning ayrimlari jamoa bilan tuzgan shartnomasi yakunlayotganidan ranjimoqda. Qolganlari o‘yin amaliyotsiz qolib ketganidan. Umuman olganda, bunday tarkib bilan stabil o‘yin namoyish etishning imkoni yo‘q.

3. Omadsiz transferlar o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi va klubning oyog‘idan chaldi. o‘tgan yozdan naqd 300 million yevro sarf etilgan edi. Xo‘sh, tarkibning kuchayishi ham 300 million yevrolik bo‘ldimi?! Albatta, yo‘q! Birigina Mendi o‘zini oqladi, ammo u hali-hamon Marseloni raqobatda yenggani yo‘q. Azar va Yovich jamoa tarixidagi eng omadsiz transferga aylanib bo‘ldi. Eder Militao Ramos va Varanga qarshi hech narsa qila olmayapti. Rodrigo kutilgan effektni bermadi! U ikkinchi Ronaldu emas!

Boz ustiga, klub kelajakda qo‘l kelishi aniq bo‘lgan tayyor kadrlar - Regilon va Hakimini transferga qo‘yib pul ishlab olishdi. Shu bois, Zidan ayrim vaziyatlarda Lukas Vaskesdan qanot himoyachisi sifatida foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Mavsum boshida klubga yangi qon quyish mumkin edi, ammo rahbariyat bundan voz kechdi.

4. Yetakchilar bir-biridan zerikib ketdi. Proyektni to‘liq yangilash vaqti yetib kelgan ko‘rinadi. Aslida, bunday ishlarni sekin-astalik bilan amalga oshirish lozim, 3-4 mavsum transfer qilish orqali avlodlar almashinuvini ortiqcha talofatsiz o‘tkazib olish mumkin. «Real» to‘liq yangilanishni amalga oshirmoqchi shekilli. Klub ayni damdagi tarkibi bilan barcha sovrinlarni egallab bo‘ldi. Ularda deyarli motivasiya qolmagan. Barchaga barcha narsani isbotlab qo‘ygan millionerlarni maydonda 90 daqiqa yugurishga majbur qilish oson emas. Buni Peres va Zidan endi chuqur his etishmoqda.

Zidan qoqildi, uni Pochettinyo va Raul zimdan kuzatmoqda

Kiyevdagi mag‘lubiyat «Real» uchun mavsumdagi beshinchisi bo‘ldi. Endigna 16 ta o‘yinda ishtirok etgan jamoa allaqachon 5 bor mag‘lub bo‘lishga ulgurdi. Shunday bo‘lsada,u «Real» tarixidagi kelib-ketuvchi murabbiylardan keskin farq qiladi. Peres uni ketkazmoqchi emas. Murabbiyning o‘zi ketish fikridan qaytgan.

"Men ketmoqchi emasman. Bundan hech kimga naf bo‘lmaydi. Men qolaman va kuchli bo‘lishimiz uchun bor imkoniyatlarni ishga solaman. Agar hayotingizda qora kunlar paydo bo‘lsa, to‘xtab qolmaslik lozim. Men ham oldinga qadam tashlamoqchiman."

Zidanning so‘zlarida jon bor. U ketsa, uning o‘rnini ortiqcha muammosiz hal etadigan kim bor? Yuqorida sanalgan muammolarni bir mavsum ichida hal etib sovrin ham yutib berishga qodir hech kim yo‘q. Shunday bo‘lsada, yangi murabbiy kutilgan «yangi qon»ni olib kirishi mumkin. Futbolchilarda ham yangi g‘oyalar sari motivasiya uyg‘otishi mumkin, ammo «Real»da jamlanib qolgan boshqa muammolarni ular bartaraf etishga qodir emas.

Endi klub muxlislari Zidanning vaziyatni o‘nglanishni kutishdan boshqa chorasi yo‘q. Klub uchun qiyin kunlar boshlandi. Bunday vaziyatdan, keskin qarorlarsiz chiqib ketish qiyin. Shunday ekan, voqealar rivojini katta qiziqish bilan kuzatishda davom etamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:20, 03.12.2020. O'qildi: 6709 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик