Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • APL
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:3
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • 0:0
      • Andijon
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Biroz «dilxira», ammo katta bayram! Messi va Ronaldu to‘qnash kelmoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Evropa Chempionlar ligasidagi 6-turdagi eng qiziqarli o‘yinlardan biri haqida fikr almashadi. 

Uchrashuv nimani hal qiladi?

Ertaga Yevropa Chempionlar ligasi doirasida uzoq kutilgan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda Turinning «Yuventus» jamoasi «Kamp-Nou»da «Barselona» mehmoni bo‘ladi. Ikki klub ham keyingi bosqich masalasini hal etib bo‘lgan bo‘lsada, birinchi o‘rin uchun bahs qizg‘in ketadi. Shunga qaramay, futbol muxlislarining e’tiborida umuman boshqa qarama-qarshilik bo‘lishi turgan gap. Ular yana uchrashmoqda! Messi va Ronaldu! To‘g‘risi, futbol olami ushbu to‘qnashuvini ancha sog‘inib qolgan edi. Ular yana o‘z sevimli futbolchilarining o‘yinlarini katta qiziqish bilan tomosha qilishlari aniq. Ular so‘nggi bor bundan ikki yarim yil avval «el-klasiko»da to‘qnash kelishgan edi. O‘shanda, afsonalarning ikkisi ham bittadan gol kiritgan, o‘yin esa 2:2 natijasi bilan yakunlangan edi.

Ronaldu «Yuve»ga o‘tgach, ular qayta to‘qnash kelishmadi. Aslida, barchasi oktyabr oyida hal etilishi mumkin edi, ammo pandemiya sababli Ronaldu Turin klubi qaydnomasiga kiritilmadi. «Barselona» esa, Turinda «Yuve»ni ikkita javobsiz to‘p bilan «siyladi». O‘sha bahsda, «Yuventus»ga aniq Ronaldu yetishmadi. Sababi, 90 daqiqa davomida Pirlo shogirdlari raqib darvozasiga biror marotaba aniq zarba berishgani yo‘q. Eski tanishini ko‘rgan kelgan Messi esa, bitta gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib Kataloniyaga qaytib ketdi.

Aynan o‘sha bahs sababli «Barselona» 5 ta o‘yinda 15 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Endilikda, «Yuventus» revansh olishga intilishi aniq. Sababi, agar 2:0 natijasi bilan jamoa g‘alaba qozonsa, guruhda birinchi o‘ringa ko‘tarilib olish aniq. Undan yirikroq natijalar esa, o‘z-o‘zidan «Yuventus»ni guruh peshqadamiga aylantiradi. Turin klubida to‘plar nisbati yaxshiroq.

Messining «jodusi» o‘tadimi?!

Leoni ayni damda «Yuventus» bilan bahs qiziqtirmayotgani aniq. Boz ustiga, Ronaldu bilan to‘qnash kelish hozir uning hayotidagi eng muhim voqea oldida hech narsa emas. Afsuski, «Barselona»ning ichki musobaqalarda imkoniyatlari tobora pasayib bormoqda. Ortda qolgan 12 ta turdan so‘ng, Kataloniya klubi 9-o‘rinda bormoqda. Bu 21 asrdagi eng omadsiz start degani!

To‘g‘ri, ularning zaxirasida 2 ta o‘yin mavjud, ammo ushbu o‘yinlarda g‘alaba qozonganda ham "Atletiko« bilan o‘rtadagi farq 12 ochkoni tashkil etadi. So‘nggi, turda esa Kuman shogirdlari »Kadis"ga imkoniyatni boy berishdi va deyarli ichki musobaqaning oltin medallari bilan xayrlashishdi.

Messi esa, maydondagi natijaga qaramay eng yaxshi futbolchi bo‘ldi. U klub yengilgan o‘yinda ham maksimum imkoniyatini ishga soldi. Qahramonimiz o‘yin davomida 10 ta zarba ijro etdi. Ularning 5 tasi nishonga tekkan bo‘lsa, qolgan beshtasi manzilga yetib borgani yo‘q. Qo‘shimchasiga, u to‘p uchun kurashda eng ko‘p foul ishlatgan futbolchiga ham aylandi. Bunaqasini avval sira uchratmagan edik. Afsuski, Messining mehnatlari «La Liga»ning o‘rtamiyona jamoasidan ochko olish uchun kamlik qilgani juda achinarli...

Messining shaxsiy statistikasi ham tobora pasayib ketmoqda. Qahramonimiz «La Liga»ning ilk 10 ta turida atigi 2 ta gol kiritdi xolos. YECHL da esa, ishlar yanada yomon. Bu qahramonimizning yoshlar va kattalar karyerasidagi eng yomon natija! Bunaqasi hali Messi uchun kutilmagan natija! Agar penaltidan kiritgan gollarni inobatga olmasak, Messi 13 ta o‘yinda atigi 2+2 ochko jamg‘argan xolos. Balki, statistik ma’lumotlarga ko‘ra Messi kuchli futbol namoyish etayotgandir, ammo u avvalgidek klubni oldinga tortmayapti. Boz ustiga, u to‘pni yo‘qotish borasida «La Liga»ning eng «oldi» yigitlaridan biri bo‘lib turibdi. Katta ehtimol bilan, vaqt uni ham quvib o‘tgan shekilli...

Ronaldu birinchi emas?!

Krish ham ichki musobaqalardan biroz xavotirda. «Yuve» chempionlik uchun kurashdan chiqib ketmagan bo‘lsada, o‘rtadagi farq kattalashib bormoqda. Muxlislar esa, bundan norozi. Ortda qolgan 10 ta tur davomida «Yuve» mag‘lub bo‘lmadi, ammo «Milan»dan 6 ochkoga ortda qolmoqda. U hozir 4-o‘rinda xalos. Tan olish lozim, Turin klubi Ronalduning pandemiya sababli tarkibdan tushib qolishi bilan ochkolarni yo‘qotishni boshladi. «Krotone» (1:1) va «Verona» (1:1) singari jamoalar amaldagi chempiondan ochko olishni uddaladi. Keyin Krish tiklanib olish uchun «Benavento»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi va o‘sha bahsda ham «Yuve» zo‘rg‘a mag‘lubiyatdan (1:1) qutulib qoldi.

Agar Ronalduda sog‘lig‘i bilan muammolar bo‘lmasa, u o‘z vazifasini 5+ ga bajarmoqda. U bu mavsumda chempionatning 6 ta o‘yinida ishtirok etdi, biroq 8 ta gol kiritishga ulgurdi. U ayni damda, to‘purarlar borasida Zlatandan 2 ta golga ortda qolmoqda. E’tiborlisi shundaki, shved bitta gol kiritish uchun o‘rtacha 53 daqiqa sarflamoqda. Krish esa, 59 daqiqa! Agar solishtirsak, Messi «La Liga»da gol kiritishi uchun o‘rtacha 214 daqiqa sarflamoqda. Bu penaltidan kiritilgan gollarni ham qo‘shib hisoblaganda!

Qanday qilib YECHLning yangi rekordini o‘rnatish mumkin?

Krish o‘tgan uchrashuvda o‘zining YECHL musobaqasidagi 71-golini kiritdi va mutlaq yetakchiga aylanib oldi. Uni ortidan quvib kelayotgan Leoda bu ko‘rsatkich 70 ta golni tashkil etmoqda. Agar «Kamp-Nou»dagi bahsda Messi ikkita gol kiritsa, Ronalduni bu borada ortda qoldirgan bo‘ladi. Umuman olganda, ertangi bahs ko‘plab muxlislar qalbidagi shirin hislarni uyg‘otib yuborishi turgan gap. Uchrashuvni intizorlik bilan kutib qolamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:37, 08.12.2020. O'qildi: 10405 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Астон Вилла Olli Uotkins 11
9 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик