Kecha — 4 aprel, shanba kuni Ispaniya kubogining o‘tgan mavsumdagi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bibaoning «Atletik» va «Real Sosyedad» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Sevilya shahrida tomoshabinlarsiz o‘tkazildi.
O‘yin taqdirini yagona gol hal qildi. Bahsning 63-daqiqaisida Mikel Oyarsabal tomonidan penaltidan urilgan gol "Sosyedad"ga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, «Real Sosyedad» o‘z tarixida uchinchi marta Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa ushbu sovrinni 1909 yilda va mavsum-1986/87da yutib olgan edi.
«Atletik» Ispaniya kubogining joriy yilgi finalida ham ishtirok etishidan xabaringiz bor. Bilbaoliklar 17 aprel kuni «Barselona»ga qarshi maydonga chiqadi.