Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • 0:1
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 3:0
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 0:1
      • Xetafe
      • 04.03.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 04.03.2026 00:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Brentford
      • 04.03.2026 00:30
      • Everton
      • -:-
      • Byornli
      • 04.03.2026 00:30
      • Lids
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.03.2026 01:15
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 26 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Xetafe 26 32
12 Sevilya 26 30
13 Jirona 26 30
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta
26-тур Real Madrid 0-1 Xetafe

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nega Neymarni hamma yomon ko‘radi

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu butun dunyo bo‘ylab odamlarni birlashtirganligi bilan deyarli hech kim bahslasha olmaydi. Agar kimdir Messiga qarshi bo‘lsa, demak u allaqachon portugaliyalik futbol yulduzining maydondagi harakatlariga lol qolib ulgurgan bo‘ladi yoki aksincha.

Bunday bahslar jahon futboli uchun odatiy hisoblanadi. Pele yoki Maradona, Menotti yoki Bilardo, Mourinyo yoki Gvardiola. Siz o‘zingizga yoqqanini maqtaysiz, boshqasini esa so‘zlaringiz bilan loyga burkaysiz.

Neymar katta sahnaga chiqqunga qadar hammasi oddiy edi va “Neymar butun dunyoga qarshi“ deb nomlangan qo‘shtirnoq ichidagi serial boshlangunga qadar ham doim shunday bo‘lgan. Serial o‘zgacha ssenariyda ya’ni u Ronaldu va Messi kabi o‘zga sayyoradan kelmagan,balki ularning qilgan ishlariga(futbol maydonidagi) qarshi chiqqan.YAngi futbol erasidagi yulduzlarga Neymarchalik hech bir futbolchi raqobat qilmagan.

Bema’nilik, siz shunday dedingiz? Keling, faqat Twitterga nazar solib ko‘ramiz. Hozir emas, unda qachon PSJ Chempionlar ligasida “Bavariya“ga qarshi o‘ynamoqda va Neymar o‘ziga xos sehrini namoyish qilmoqda. Ammo deyarli barcha sharhlovchilar bunga befarq, hatto salbiy fikr bildirganlari ham bor.

Raqib uni chalib yiqitadi, lekin biz darrov uni maysaga yotish istagi bilan ayblay boshlaymiz.Qachondir u shunaqa bo‘lgandir ham lekin hozir u o‘zgargan. Markinyosga qilingan uzatma shunchaki super emasmi ? Tasavvur qiling, agar bunday to‘pni Messi oshirganda bormi uning iste’dodi yanada maqtalgan bo‘lardi.

«Bavariya» bilan javob uchrashuvidan so‘ng Neymar haqida juda iliq gaplar bo‘ldi, lekin yana uning kamchiliklarini gapirib chiqadiganlar topildi. SBS Sports telekanalida Piter Shmeyxel uni juda ko‘p fint qilishda, har qanday vaziyatda ham o‘z-o‘zini ko‘rsatishga harakat qilishda aybladi.

Oktyabr oyida Martin Keoun Neymarni “Manchester Yunayted“ ning g‘alaba golini kiritishida ayblagan. Ingliz tilida so‘zlashadigan insonlar dunyosida u boshqa tanqidlarga ham loyiq ko‘rilgan. U futbolchi sifatida ham, shaxs sifatida ham idealdan yiroq.

Ammo o‘sha seshanba kuni ko‘pchilik uchun uning obro‘si yutuqlaridan ko‘ra muhimroq ekanligi har qachongidan ham ravshanroq tushunib yetdi. Neymar “Bavariya“ ga qarshi ikkala uchrashuvda ham aql bovar qilmas o‘yin ko‘rsatdi.Ammo biz buni payqashdan bosh tortdik.

Keling, tajriba o‘tkazamiz.Bir futbolchini tasavvur qiling.U Braziliyadan va shunga yarasha o‘ynaydi. U juda texnik, har kimdan ustun kelishga qodir. U chiroyli gollar uradi va ajoyib golli uzatmani amalga oshira oladi. Uning oyog‘ida oq butsa, futbolkasida 10 raqami bor. U hech qachon, hattoki muhim uchrashuvlarda ham maydonda yo‘qolib qolmaydi va har qanday bosimda ham zavqlanishini ko‘rish mumkin.

Tabriklaymiz, siz o‘zingizga Neymarni tanishtirdingiz! Ha, aynan o‘sha Tomas Myuller va Kimmixni yosh bolalarcha aldab o‘tib Pavarning oyoqlari orasidan to‘pni darvozaga kiritgan Neymar. Agar sizga bunday futbolchining maydonda qilayotgan g‘oyasi yoqsa, albatta, Neymarning o‘yinidan zavqlanishingiz kerak.

Ammo... Messi va Ronaldudan tashqari, qarama-qarshiliklar juda ko‘p. Kevin De Bryuyne yoki Levandovskini nima uchun muxlislar yomon ko‘rishmaydi.
Ammo nega Neymar bu qadar negativ fikrlarga duchor bo‘laveradi ?

Neymarning futbol maydonidan tashqaridagi professionalligiga shubha bilan qarash mumkin, ammo Ronaldinyo Romario va boshqa ko‘plab braziliyaliklar xuddi shu tarzda tunda ko‘ngil xushlik qilishgan. Neymar har kuni kechqurun soat sakkizda uxlasa, uni ko‘proq hurmat qilishadimi? Ehtimol, lekin bu uning ishi.Uning axloqiy tomonlariga baho berish bizning ishimiz emas.

Biroz mavzudan chetlashamiz. “Barselona“ da Neymar jamoaviy o‘yinchi deb hisoblanardi, ammo “PSJ“ ko‘pincha birdam jamoadek ko‘rinmasdi. O‘tgan yili ham fransuzlar finalga chiqqanlarida, hujumning nima ekanligini aniq anglab yetishmagandi va “to‘rtta himoyachi va plyus Neymar “ Tomas Tuxelning asosiy taktikasi bo‘lib tuyulgandi. Braziliya terma jamoasida ham xuddi shunday: Neymar mas’uliyatdan qochmaydi, buning natijasida jamoa o‘yini uning atrofida quriladi.

Keyinchalik hammasi o‘zgara boshladi. Neymar va Mbappe o‘rtasida bir-birlarini tushunish paydo bo‘ldi, chunki endi ikkalasi ham maydon markazidan o‘ynashmoqda. Fransuz raqib himoyachilarini orqaga tortib, imkoniyatlarni yaratadi va berilgan paslarga javob beradi. Mbappe o‘zini qanchalik yaxshi ko‘rsatsa, uning fonida Neymar shunchalik yaxshi ko‘rinishi tabiiy bu uning xudbin emasligini ko‘rsatib beradi.

Albatta, uning PSJda o‘ynashining o‘zi unga qarshi. U neytral tomoshabinlar orasida unchalik mashhur bo‘lmagan, tashqi tomondan ta’sir o‘tkazish va sarmoya kiritish orqali Yevropa futbolida ustunlik qilishga intilayotgan jamoaning asosiy yuzi bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Neymarning o‘zi chetda qolishdan zerikgani uchun va uni deyarli sportda hech kimga munosib bo‘lmagan maosh o‘ziga jalb qilgani, futbol tarixidagi eng yaxshi hujum uchligining bir qismi bo‘lishdan bosh tortdi.

Siz juda ko‘p bahslashishingiz mumkin, ammo to‘rtinchi yil davomida bitta dalil dolzarb bo‘lib qolmoqda. Liga 1 Neymar darajasidagi futbolchi uchun o‘ziga xos oltin qafas kabi ko‘rinishda davom etishiga qaramay, Yevropada o‘zgarishlar yuz berdi. “Barselona“ Chempionlar Ligasi yarim finaliga braziliyalik ketganidan keyin bir marta, PSJ esa ikki marotaba yo‘l oldi. Neymar kataloniyaliklar bunchalar tez qulashini taxmin qila olmasdi, ammo u garov tikdi va yutqazmadi.

Agar u «Barselonada» qolganida, u ko‘proq mashhur bo‘larmidi? Ehtimol. Ammo xuddi shu tarzda, u himoyachilarni aldashni to‘xtatib, o‘z zavqi uchun o‘ynashni va qahramonlik qilishni to‘xtatsa, u ko‘proq mashhur bo‘lar edi. Boshqacha aytganda, u Neymar bo‘lishni to‘xtatgan bo‘lardi. Ehtimol, qachondir bu fikr tanqidchilarni tinchlantiradi. Qolgan futbol muxlislari esa ajoyib futbolchining ajoyib o‘yinidan zavq olishda davom etishlari mumkin.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:44, 30.04.2021. O'qildi: 11567 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.