Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan dastlabki o‘yinlar yakuniga yetdi.
"D" guruhida ishtirok etayotgan hamda 1-turda mag‘lub bo‘lgan «Shaxtyor» va «Inter» klublari Ukrainada to‘qnash kelishdi. Jamoalar 90 daqiqa hujumkor o‘yin namoyish etishganiga qaramay o‘yinda hisob ochilmadi.
Tomonlar o‘z imkoniyatlaridan foydalana olishmadi. Xususan, 18-daqiqada Barellaning zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib qaytgan bo‘lsa, keyinchalik Lautaro va Dimarko yaxshi imkoniyatlarni ko‘kka sovurishdi.
Shuningdek, bahs so‘ngida Pyatov ikki marta «Shaxtyor»ni goldan qutqardi.
YECHL, guruh bosqichi, 2-tur
Shaxtyor Ukraina – Inter Italiya 0:0 (0:0, 0:0)
Shaxtyor – Pyatov, Dodo, Marlon, Matviyenko, Ismaili (Krivsov, 78), Pedrinyo, Solomon (Mudrik, 78), Stepanenko, Alan Patrik (Marlos, 85), Maykon, Traore (Tete, 11).
Inter – Xandanovich, Dumfris, de Vrey, Shkrinyar, Bastoni, Dimarko (Perishich, 81), Brozovich (Chalxanoglu, 55), Vesino (Galyardini, 81), Barella, Jeko (Korrea, 55), Martines (Sanches, 72).
Ogohlantirish: Dumfris (81).