Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • Futzal. Osiyo chempionati
      • 28.01.2026 11:00
      • Afg‘oniston
      • 3:0
      • Saudiya Arabistoni
      • 28.01.2026 13:00
      • Yaponiya
      • 6:2
      • Avstraliya
      • 28.01.2026 15:00
      • Eron
      • 4:1
      • Malayziya
      • 28.01.2026 17:00
      • O‘zbekiston
      • 0:0
      • Tojikiston
  • ECHL
      • 29.01.2026 01:00
      • Ayaks
      • 1:2
      • Olimpiakos
      • 29.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 3:2
      • Qayrat
      • 29.01.2026 01:00
      • Monako
      • 0:0
      • Yuventus
      • 29.01.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • 2:3
      • Sporting
      • 29.01.2026 01:00
      • Atletiko
      • 1:2
      • Bude-Glimt
      • 29.01.2026 01:00
      • Bayer
      • 3:0
      • Vilyarreal
      • 29.01.2026 01:00
      • Borussiya D
      • 0:2
      • Inter
      • 29.01.2026 01:00
      • Bryugge
      • 3:0
      • Marsel
      • 29.01.2026 01:00
      • Ayntraxt F
      • 0:2
      • Tottenhem
      • 29.01.2026 01:00
      • Barselona
      • 4:1
      • Kopengagen
      • 29.01.2026 01:00
      • Liverpul
      • 6:0
      • Qorabog‘
      • 29.01.2026 01:00
      • Manchester Siti
      • 2:0
      • Galatasaroy
      • 29.01.2026 01:00
      • Pafos
      • 4:1
      • Slaviya
      • 29.01.2026 01:00
      • PSJ
      • 1:1
      • Nyukasl
      • 29.01.2026 01:00
      • PSV
      • 1:2
      • Bavariya
      • 29.01.2026 01:00
      • Benfika
      • 4:2
      • Real Madrid
      • 29.01.2026 01:00
      • Napoli
      • 2:3
      • Chelsi
      • 29.01.2026 01:00
      • Yunion
      • 1:0
      • Atalanta
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 21 52
2 Real Madrid 21 51
3 Atletiko 21 44
4 Vilyarreal 20 41
5 Espanyol 21 34
6 Betis 21 32
7 Selta 21 32
8 Real Sosyedad 21 27
9 Osasuna 21 25
10 Jirona 21 25
11 Elche 21 24
12 Sevilya 21 24
13 Atletik Bilbao 21 24
14 Valensiya 21 23
15 Alaves 21 22
16 Rayo Valyekano 21 22
17 Xetafe 21 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 20 17
20 Real Ovyedo 21 13

O'tgan o'yinlar.

21-тур Levante 3-2 Elche
21-тур Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
21-тур Valensiya 3-2 Espanyol
21-тур Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
21-тур Vilyarreal 0-2 Real Madrid
21-тур Atletiko 3-0 Malyorka
21-тур Barselona 3-0 Real Ovyedo
21-тур Real Sosyedad 3-1 Selta
21-тур Alaves 2-1 Betis
21-тур Jirona 1-1 Xetafe

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevropadan Qatarga...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Saralash turnirlari / JCh saralash turniri
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, kecha Yevropa qit’asi uchun Jahon chempionati saralashi pley-off bahslariga qur’a tashlandi. Unda 3 yo‘lakka bo‘lingan 12 jamoa o‘z raqiblarini bilib olishdi.

Jumladan, A yo‘lakchada Uels – Avstriya uchrashuvi g‘olibi Shotlandiya – Ukraina bahsi g‘olibi bilan JCH uchun kurash olib boradi. Ya’ni yarim finaldan o‘tgan ikki jamoa finalda mundial yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

B yo‘lakda Rossiya – Polsha o‘yinida zafar quchgan jamoa finalda Shvesiya – Chexiya to‘qnashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

So‘nggi C qatorni eng “qaynoq“ nuqta deyishimiz mumkin. Portugaliya – Turkiya bahsida qaysi jamoa ustun kelsa, Italiya – Shimoliy Makedoniya uchrashuv g‘olibi bilan finalda ro‘baro‘ keladi. Anglaganingizdek, biz Qatardagi JCHda Portugaliya yoki Italiya terma jamoalaridan birini ko‘ra olmasligimiz mumkin. Balki ikkalasini ham ko‘rmay qolarmiz. Axir bu futbol-ku, to‘g‘rimi? Unda har nima bo‘lishi mumkin.

Hozir biz mana shu munosabat bilan yuqoridagi 6 o‘yin haqida so‘z yuritmoqchimiz. Jamoalar imkoniyati haqida taxminiy va sub’ektiv fikrlarimiz bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

Uels – Avstriya 

Har tomonlama bir-biriga teng raqiblar to‘qnashuvi. Bu bahsda favoritni ajratib ko‘rsatishning o‘zi xato.

“Ajdarlar“da jamoaviy o‘yin ham bor, individuallik ham bor. Garet Beyl, Aaron Remzi va Deniyel Jeymsdek futbolchilar har daqiqada xavf yarata oladigan yigitlar. Ular bilan Robert Peyj 7 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapti. Ko‘ramiz, uning shogirdlari bu seriyani davom ettira olarmikin?!

Qarshi tomondagi Avstriyada ham imkoniyatlar yetarlicha. David Alaba yetakchiligidagi bu terma jamoa Yevroda ham yomon taassurot qoldirmagandi. Esingizda bo‘lsa, Franko Foda shogirdlari Italiya bilan o‘yinda mardonavor harakat qilib qo‘shimcha taymlarda mag‘lub bo‘lishgandi. O‘shanda italyanlar aynan mana shu jamoadan turnirdagi ilk golini qabul qilib olgandi.
Bizningcha, ikki tarafni ham har qanday jamoa bilan kurasha oluvchi kuchli raqib kutib turibdi.

Shotlandiya – Ukraina 

O‘ziga xos an’analari bilan mashhur bo‘lgan shotlandlar pley-offda Ukraina terma jamoasiga qarshi saf tortishadi. Yana bir qiziqarli va teng kuchlilar o‘rtasidagi bahs.

Yevrodagi nursiz o‘yinlardan keyin Shotlandiya o‘zini ancha tiklab oldi. Saralash doirasida ushbu jamoa faqatgina Daniyaga yengildi. So‘nggi 6 o‘yindan buyon Stiv Klark yigitlari faqat g‘alaba qozonib kelmoqda. Biroq mart oyiga qadar kim qanday holatda bo‘lishi noma’lum.

Kutilmaganda iste’foga chiqqan afsonaviy sobiq futbolchi Andrey Shevchenko yurti uchun qo‘ldan kelganini qildi. Yevroda ham, mundial saralashida ham munosib harakat qildi. Ammo negadir u termadan ketishni afzal bildi. Shunga qaramay, Ukraina tushkunlikka tushib qolmadi. Saralashda Fransiya bor guruhda biron marta mag‘lubiyatga uchramadi. Yevroda ham chorak finalgacha yetib bora oldi. Shuningdek, tarkibida o‘zgacha fikrlovchi futbolchilarning ko‘pligi ham jamoa foydasiga ishlashi mumkin. Zero, bunday o‘yinlarda tavakkal juda qo‘l kelishi mumkin.

Rossiya – Polsha

Haqiqiy slavyanlar jangi. Sharqiy Yevropaning ikki o‘xshash mamlakatlari pley-offda to‘qnash kelishmoqda. Ikki yurt vakillarining qonida kurashuvchanlik degan tuyg‘u ajralmas bo‘lib ketgan. Ruslar bir tekis shakllangan jamoa deb hisoblansa, polyaklarda Levandovskiy atalmish “monster“ yaqqol ajralib turadi. Ikki jamoa ham Yevroni muvaffaqiyatsiz yakunladi. Saralashda esa tajribaliroq raqiblariga 1 o‘rinni topshirib qo‘yishdi. Qizig‘i, saralash doirasida “rus ayig‘i“ni gol o‘tkazib yubormaslikda (6ta gol) namuna qilib ko‘rsatsak, “oq burgutlar“ gol urish borasida ajoyib harakat qilishdi (30ta gol). Murosasiz bahs kutsa arzirli jamoalar to‘qnashuvi.

Shvesiya – Chexiya

Bu qur’a faqat oxirgi yo‘lakni hisobga olmasa, qolgan barchasida teng kuchlilarni bir-biriga uchrashtirdi. Navbatdagi juftlik ham barcha jihatlari bilan bir-biriga o‘xshash. O‘yin uslubi, tarkibdagi futbolchilar salohiyati bo‘yicha ular juda yaqin. Bu o‘yinda xatolar hammasini hal qilib ketish ehtimoli o‘ta yuqori. Maydonda shaxmat partiyasi o‘tkazilsa-da, ajablanarli hol bo‘lmaydi. Haqiqiy mutaxassislar uchun atalgan to‘qnashuv bo‘ladi o‘ziyam.

Portugaliya – Turkiya

Avj nuqtasiga yetib keldik, azizlar. Pley-offda qatnashuvchi eng kutilmagan jamoalardan biri – Portugaliya terma jamoasidir. Oxirgi o‘yindagi mag‘lubiyat sabab Krishtianu Ronaldu sheriklari juda xavfli vaziyatga tushib qolishdi. Bahorda ro‘paralarida turadigan turk o‘g‘lonlari ham anoyilardan emas. Tarkib jihatidan portugallar yaqqol ustun bo‘lishi mumkin. Biroq tartibli o‘yin evaziga Turkiya g‘alabani ilib ketishi ham ehtimoldan yiroq emas. Portugaliya Stefan Kuns shogirdlarini yenggan taqdirda ham navbatdagi raqib katta ehtimol bilan Italiya terma jamoasi bo‘ladi. Ko‘rinishidan, 2022 yil “besh qalqonli jamoa“ uchun unutilmas voqealarga boy bo‘ladi, chog‘i. Zotan mundialga chiqsa ham, chiqa olmasa ham buni shunchaki unutib bo‘lmaydi.

Italiya – Shim.Makedoniya

O‘ta shaxsiy fikrga ko‘ra, italyanlar uchun eng oson jamoa tushdi. Yevrodagi, saralashdagi natijalarga qarab baho berilsa, makedonlar faqatgina mo‘’jiza tufayli Qatarga yo‘l olishi mumkin. Italiyada esa finalga chiqish uchun juda katta imkoniyat bor. Yarim finalda nazoratni yo‘qotmasa va finalda bor o‘yinini ko‘rsata olsa, shuning o‘zi yetarli. Lekin tan olaylik, hamma finalda Portugaliya – Italiya uchrashuvini kutmoqda. Haqiqiy jang mana shu bahsda bo‘ladi. Yo‘llanma uchun ikki jamoa ham borini berib kurashsa ajab emas.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi uchrashuvlar 2022 yilning 24 mart sanasida bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:09, 27.11.2021. O'qildi: 4198 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 21
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Осасуна Ante Budimir 9
6 Вильярреал Alberto Moleyro 8
7 Барселона Rafinya 8
8 Бетис Kucho Ernandes 8
9 Сельта Borxa Iglesias 8
10 Барселона Lamin Yamal 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.