Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hindiston: «Ronaldu haykali - shunchaki, tahqirlash»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Hindistonda Portugaliya mustamlakasidan xalos bo‘lish bayrami yubileyi keng nishonlanmoqda. 2021 yilning oxirgi kunlari Goa shtati Kalangut shahrida Krishtianu Ronaldu sharafiga haykal o‘rnatildi. Shtat vaziri Maykl Lobo «Tvitter»da bu tanlovni oddiy izohladi: «Futbolga ulkan muhabbat va yoshlarimiz iltimosiga binoan, Krishtianu Ronaldu haykalini o‘rnatishga qaror qildik. Buyuk futbolchi siymosi farzandlarimizni sport bilan shug‘ullanishga ilhomlantiradi». Biroq shahar aholisi qimmatbaho haykalni birdek ijobiy qabul qilgani yo‘q.

Birinchidan, Ronalduga atalgan monument 12 ming funt sterling evaziga qad ko‘tardi. Ikkinchidan, Goa aynan Portugaliyaning sobiq koloniyasi hisoblanadi. Shtat 1961 yili mustamlakachilikdan qutulib, mustaqillikka erishgan. Xullas, ba’zilar Portugaliya ta’siridan ozod bo‘lishning 60 yillik yubileyida uning fuqarosi haykalini o‘rnatishga shunchaki, xalqni tahqirlash, uning ustidan kulish sifatida qarashmoqda. Tarixan salbiy munosabatlarga qaramay, Portugaliya futboli Hindistonda juda mashhur. Qolaversa, koloniya davridagi qaramlik tufayli mamlakatning ko‘plab fuqarolari Portugaliyada istiqomat qilishgan. Ayrimlar muqim yashab qolishgan. Qisqasi, hanuzgacha o‘rtada qarindoshlik rishtalari bor.

Oppozisiya harakati rahbari - Premanand Divkar (Kalangut saylov okrugi prezidenti) fikriga e’tibor qarating: «Shahrimizda Hindiston futbolining xalqaro maydondagi g‘alabalariga hissa qo‘shgan Bruno Kou­tinyo va Ioland D~Souza kabi ajoyib o‘yinchilar ko‘p. Nega ular sharafiga haykal o‘rnatish mumkin emas? Axir Kalangut uchun Ronaldu emas, aynan shu yigitlar katta ahamiyat kasb etishmaydimi?» Bu e’tirozni mahalliy aholi ham tezda qo‘llab-quvvatladi: «Ronaldu haykali haqida eshitib, hafsalam pir bo‘ldi. Undan ko‘ra, Samir Nayk va Bruno Koutinyodek o‘z yulduzlarimiz bilan faxrlanishni o‘rgansak, yaxshi bo‘lmaydimi?» - dedi mahalliy muxlislardan biri. Xalq faollaridan Guru Shirodkar ham keskin norozilik bildirdi: «Goada ozodlik uchun kurashganlar yetarli. Ronalduning haykali ularni xo‘rlash demakdir. Buni mutlaqo qoralaymiz. Ayniqsa, shunday yilda Ronalduga haykal o‘rnatish xalqni tahqirlashdan o‘zga narsa emas».

Haykalning tantanali ochilish marosimi ham norozilik namoyishlari bilan uyg‘unlashdi. Jumladan, ayrim faollar qora bayroqlarni hilpiratib turishdi. Binobarin, mavjud tushunchaga ko‘ra, Portugaliya Hindistonni qashshoqlik va halokatga yetaklagan, koloniya davrida millionlab hindlar halok bo‘lishgan. Tarixga nazar solsak, portugallar Goa shtatiga 1498 yili qadam bosishgan. Ma’lumki, hind diyorini dengizchi sayyoh Vasko da Gama kashf etgan. 18-asr o‘rtalarida Hindistonning qolgan yerlari Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan bosib olingan. Tabiiyki, yangi hukumat mahalliy aholi qarshiligiga duch kelgan. Qisqasi, 1757 yildan buyon hududda naq 7ta yirik urush sodir bo‘lgan. 1947 yilga kelib Hindiston Fransiya va Buyuk Britaniya ta’siridan qutuladi, lekin g‘arbiy hududlar (Goa, Dam­na va Diu) Portugaliya hukmronligi ostida qoladi, baribir. Hindiston hukumati 10 yil davomida o‘z hududlarini tinch yo‘l bilan ozod qilishga urinadi, ammo Portugaliya barcha harakatlarni yo‘qqa chiqaradi.

Qisqasi, portugallar ingliz va fransuzlardan farqli o‘laroq, Hindistonni 4,5 asr davomida o‘z ta’sirlari ostida ushlab turishadi. Bu vaqt davomida g‘arbiy hududlar aholisi sezilarli darajada azob tortishadi. Hattoki, hindlar nas­roniylarga aylanadilar. To‘g‘ri, statistika buni inkor etadi. Deylik, 1950 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga asosan aytsak, atigi 7 foiz hind portugal tilida so‘zlashgan. Goa, Damna va Diu aholisining aksariyati nasroniylarga aylangani haqidagi da’volar ham asossiz. Goada odamlarning oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojlari loaqal 50 foizga ta’minlanmagani esa, haqiqat. Vaholanki, hudud yerlari juda hosildor va tabiiy resurslari ham katta bo‘lgan. Koloniya davrida sanoat ham rivojlanmagan.

Portugaliya - Hindiston munosabatlariga daxldor dahshatli raqamlar

- Katta ocharchilik davri (1876-1878)da 6,1-10,3 million odam halok bo‘lgan.

- Hindistondagi ocharchilik davri (1899-1900)da 10 million odam halok bo‘lgan.

- 1817-1860 yillar oralig‘ida turli epidemiyalardan 15 million odam hayotdan ko‘z yumgan.

- 1865-1917 yillar oralig‘ida turli epidemiyalardan 23 million odam vafot etgan.

- 1961 yili Goa, Damna va Diuda portugal mustamlakachilariga qarshi qaratilgan partizanlar harakati boshlangan. O‘sha yilning dekabr oyida Hindiston hukumati Goa muammosini harbiy yo‘l bilan hal etishini rasman e’lon qilgan. Portugaliyaning NATO va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga qaramay, hind qo‘shinlari 18 dekabr kuni g‘arbiy hududlarga kirib, Hindiston bayrog‘ini ko‘tarishgan.

 R.IBROHIMOV

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:29, 06.01.2022. O'qildi: 3954 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик