Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

65 yil futbol bilan birga

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Qarshi shahrilik Chori ota Aslanov garchi 80 yoshda bo‘lsada, millionlar o‘yini shaydosi. O‘zining 65 yillik umrini yosh avlodga ta’lim berish bilan birga, futbolga bag‘ishladi. «Nasaf» klubi qoshidagi fan-klub a’zosi sifatida elga tanilib, hurmat-e’tibor qozondi. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dosenti, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, Antik dunyo xalqaro fanlar akademiyasi akademigi, futbol fanati Chori ota Aslanov bilan suhbatimiz turli mavzularni qamrab oldi.

- Oliy dargohda ishlayotgan bo‘lsangizda, futbolga bo‘lgan mehr sizni hech qachon tark etmadi...

- Chunki futbol mening jonu-dilim. 1956 yili Toshkentda «Paxtakor» jamoasi tashkil etilganini eshitib, quvonchimga-quvonch qo‘shildi. O‘zbekiston radiosidan Axbor Imomxo‘jayev, Roman Turpishev tomonidan berilgan reportajlarni o‘zgacha ehtiros bilan tinglardim. «Paxtakor» ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilish uchun poytaxtga otlanardim. «Dinamo» (Kiyev) «Dinamo» (Moskva), «Zenit», «Zarya» o‘yinlarini bevosita stadiondan kuzatishning gashti bo‘lakcha ekan. Hatto, «Paxtakor» 1-ligada qatnashganda ham jamoaga mehrim so‘nmadi. O‘sha paytlar futbolga ixtisoslashgan mustaqil nashrlar bo‘lmasdi. «Paxtakor» o‘yini haqidagi tafsilotlar markaziy gazetalarda yoritilardi.

- 1979 yil 11 avgust. Bu kun o‘zbek futboli faxri - «Paxtakor» jamoasining aviahalokati bilan bog‘liq mash’um sana bo‘lib tarix sahifasiga yozildi.

- Darhaqiqat, bu haqda o‘ylasam butun vujudimni titroq bosadi. Toshkent- Minsk aviayo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan samolyot Dnepropetrovsk viloyatining Kurilovka qishlog‘i osmonida portlagani haqidagi xabarni Kasbi tumanidagi sobiq «G‘alaba» xo‘jaligi rahbari, qadrdon kursdoshim Toshtemir Aminov huzurida eshitib, Toshkentga otlandim. Endi oliy ligada o‘z o‘rni, mavqeiga ega bo‘lib borayotgan jamoaning bu halokati dahshatli voqea edi. «Zarya» (Lugansk) jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, barchaning olqishiga sazavor bo‘lgan yigitlar samoga sochilib ketdi. Ko‘zda yosh bilan Toshkent aeroportiga yetib bordim. Tumonat odam. O‘zbekning nomini butun dunyoga tanitib, yashil maydonda dadil va ishonchli xatti-harakati bilan millionlab muxlislar olqishiga sazavor bo‘lgan 17 nafar jamoa a’zolari endi oramizda yo‘q edi. Qirq mingdan ortiq muxlis stadionda to‘plangan. Aviahalokatga uchragan yigitlarning tobuti uch marta stadion yo‘lagi bo‘ylab aylantirildi. «Paxtakor»chilarning dafn marosimi ana shunday tarzda o‘tkazildi. Ha, «Paxtakor-79» yuraklardan mustahkam o‘rin olgan, u hech qachon unutilmaydi. Hozirgi kunda ham «Paxtakor» qaysi jamoa bilan o‘ynamasin, «sherlar»ga bo‘lgan muxlislik ishtiyoqi so‘nmagan.

- Mustaqillik yillarida o‘zbek futbolida yangi qirralar namoyon bo‘ldi...

- Bu ayni haqiqat. 1994 yilda O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi zafarli odimi, Osiyo miqyosidagi musobaqalarda «Paxtakor», «Neftchi», «Nasaf» jamoalarining muvaffaqiyatli ishtiroki haqida har qancha iliq so‘zlar aytsak, shunchalik oz. «Navbahor», «Do‘stlik», «Bunyodkor», «Lokomotiv» (Toshkent) jamoalari ham mamlakat birinchiligi va kubogi bahslarida faol ishtirok etishdi. O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab qaror va farmonlar qabul qilindi. Yangi stadionlar barpo etildi. Maydonlarning holati yaxshilandi. Infratuzilma jahon andozalari bo‘yicha takomillashtirildi. Futbol maxsus maktablarida kamolga yetayotgan yoshlarimizning olimpiya, milliy terma jamoalari safidan o‘rin olishlaridagi xayrli ishlar shular jumlasidandir. Ayniqsa, 2011 yilda «Nasaf»ning OFK kubogidagi g‘olibona yurishi, 2021 yilda ana shu nufuzli musobaqaning finaligacha yosh futbolchilar bilan yetib borishining o‘zi tarixiy voqea. Yoxud 2018 yilda olimpiyachilarimizning Xitoyda bo‘lib o‘tgan finalda Vyetnam termasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgani alohida e’tiborga molik. Xo‘sh, o‘zbek futbolida keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotgan ekan, nega endi ko‘zlangan natijalarga erishilmayapti? 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidan mosuvo bo‘lishimiz, olimpiyachilarimiz, shuningdek, klublarimizning xalqaro maydonda omadi yurishmayotganiga sabab nima? So‘nggi besh yilda mamlakatimizda futbolga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Tan olish kerak o‘zbek futboli Gennadiy Krasniskiy, Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov, Eldor Shomurodovlarni kamolga yetkazgan ekan, nega endi ana shunday salohiyatli, malakali murabbiylar yetishib chiqmaydi? Chetdan katta mablag‘lar evaziga olib kelinadigan murabbiylarga sarflanadigan mablag‘ni o‘zimizdagi mutaxassislar malakasini oshirishga sarflasak, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bundan tashqari, yosh, iqtidorli o‘smirlarning dunyodagi nufuzli futbol akademiyalarida tahsil olishlarini tashkil etishimiz zarur. O‘shandagina murabbiy va futbolchilarning yangi avlodi, Vatan tuyg‘usi bilan nafas oladigan navqiron kelajak paydo bo‘ladi.

Meni yana bir muammo qiynaydi. Bu - futbolchilar o‘rtasidagi qo‘nimsizlik. Ba’zi bir o‘yinchilar mablag‘ uchun fidoyilikni unutib qo‘yishmoqda. Hatto Superligada 14ta jamoa bo‘lsa, shuning kamida 10tadan ortig‘ida o‘ynab chiqqan «uchar» futbolchilarni qanday izohlash mumkin? Aslida, bunday futbolchilar allaqachon o‘rtahol o‘yinchiga aylanib bo‘lishgan. Yoshlar esa «qachon bizga navbat keladi?» deb zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishibdi. So‘zimning indallosi, ko‘chib yuruvchi futbolchilar bilan xayrlashadigan payt yetib keldi. Chunki bundaylar yuzlab topiladi. «Nasaf» klubi qoshidagi maxsus futbol maktabiga bundan 16 yil avval tamal toshi qo‘yilgandi. «Nasaf»da porlagan iste’dodlarni hozirgi kunda Superliganing aksariyat jamoalarida uchratish mumkin. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi, besh karra mamlakatning eng yaxshi murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev jamoasida toblangan yoshlar hozirgi kunda O‘zbekistonda tengsiz bo‘lganligi tufayli milliy termamiz o‘zagini tashkil etishmoqda. Xuddi shunday fikr-mulohazalarni «Mash’al» klubining maxsus futbol maktabi haqida ham aytsak bo‘ladi.

- 65 yildan buyon millionlar o‘yini bilan birgasiz. Ikki davr, ya’ni sobiq ittifoq va istiqlol yillari futbolidagi o‘sishni nimada sezdingiz?

- Yoshim 80da. 65 yildan buyon futbolga mehr qo‘ygan bo‘lsam, shu orada sobiq ittifoq shaharlarida bo‘lib, yashil maydonning zavqli havosidan to‘yib-to‘yib nafas oldim. Moskva, Sankt-Peterburg, Kiyev, Minsk, Dnepropetrovsk shaharlariga bordim, ko‘rkam stadionlardan takrorlanmas Yevropa futboli o‘yinlarini miriqib tomosha qildim. «Paxtakor» ishtirokidagi o‘yinlardan zavq oldim. O‘z maktabiga ega ushbu shaharlar futboli hali ham o‘z o‘rnini yo‘qotmagan. Mustaqillik esa yanada yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. «Paxtakor», «Neftchi», «Navbahor», «Bunyodkor», «Lokomotiv», «So‘g‘diyona» jamoalari safiga AGMK, «Metallurg» klublari qo‘shildi. «Nasaf», «Mash’al», «Sho‘rtan» o‘z yutuqlari bilan o‘zbek futboli tarixini bezashdi. Ro‘ziqul Berdiyevdek murabbiyni kamol toptirdi. Orzum - o‘zbek futbolining bundan keyingi parvozi sarbaland bo‘lsin. «Paxtakor», «Nasaf» 2022 yilda Osiyo Chempionlar Ligasida omadli yurish qilib, o‘z ortidan boshqa jamoalarimizni ham ergashtirsin. Milliy va olimpiya terma jamoalarimizning jahon arenalaridagi muvaffaqiyatlarini ko‘rish nasib etsin. Farzand, nabira, chevaralarimiz yashil maydonda to‘p surib, Vatan tuyg‘usi bilan yashashsin.

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:45, 02.02.2022. O'qildi: 1477 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик