Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Timur Kapadze: «Kim bilan o‘ynashimizdan qat’i nazar g‘alaba uchun maydonga tushamiz!»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

Ma’lumki, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritish maqsadida futbol bo‘yicha yangicha tizim asosida ish olib borilmoqda. Zamonaviy futbolni yaxshi tushunadigan, hozirda murabbiylik faoliyatini olib borayotgan Timur Kapadzega bo‘lajak Olimpiyachilarimiz boshqaruvi ishonib topshirildi. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibidagi futbolchilarning doimo o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi, bir-birlarini yaxshi tushunishlari uchun 2001 yil tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi yigitlardan iborat «Olimpik» jamoasi tashkil etildi. O‘tgan mavsum Pro-ligada ishtirok etgan klub debyut yildayoq Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu yil bo‘lajak Olimpiyachilarimizni juda katta sinovli musobaqalar kutib turibdi. Avvalo, poytaxtimizda o‘tadigan Osiyo chempionati, kuzda Xitoyda bo‘ladigan Osiyo o‘yinlari, shuningdek, Superliga va mamlakat kubogi Timur Kapadze va uning jamoasini qanchalik shiddatli bahslar kutayotgan dalolat. E’tiboringizga «Olimpik» va Olimpiya terma jamoasining yangi mavsumga tayyorgarligi haqidagi suhbatni havola qilamiz:

– Xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ko‘zlangan reja amalga oshdimi?

– Albatta. Chunki 25 kun xorij yig‘inida bo‘ldik va 2 mahaldan mashg‘ulot o‘tkazdik. Oziq-ovqat va basseyn, sauna kabi boshqa masalalarda barcha sharoitlar muhayyo qilindi va bu futbolchilarning tiklanish jarayonini ham ancha tezlashtirdi. 10 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. O‘z navbatida, yosh futbolchilarimiz bundan ancha tajriba orttirishdi. Ukraina, Makedoniya, Bolgariya, Qozog‘iston klublari, shuningdek, Meksika U-18 terma jamoasi bilan o‘ynadik. Har bir bahs shogirdlarimga tajribali raqiblarga qarshi to‘p tepish uchun yaxshi tajriba bo‘ldi. Raqib futbolchilari jismonan kuchli bo‘lsada, yigitlar hech bir jabhada ularga bo‘sh kelishmadi. Aksincha, yaxshi harakat qilishdi. Albatta, bu bizning to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizni ko‘rsatib berdi. Fevral oyidagi yig‘in bizga uzoq davom etadigan mavsum oldidan juda muhim edi. Boisi, aynan shu paytda futbolchilar kuch yig‘ish bilan band bo‘ladi. Yozda o‘z maydonimizda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi va kuzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo o‘yinlariga ham tayyorgarlik uchun ayni muddao bo‘ldi.

– Turkiya yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar jamoaning asosiy tarkibi deya olamizmi?

– Balki asosiy tarkib deyish biroz noo‘rin bo‘lar. Sababi, shogirdlarim doim har xil sport formasida bo‘ladi. Lekin Olimpiya terma jamoamiz asosi mana shu yigitlar hisoblanadi. Bundan tashqari, legionerlar va Superliganing boshqa klublarida harakat qilayotgan futbolchilarimiz ham bor. «Olimpik» jamoasining vazifasi - yosh futbolchilarimizga o‘yin amaliyoti berish va ularni yuqori darajaga olib chiqish. Shuning uchun, barcha shogirdlarim qancha kuchli o‘yin ko‘rsatsa, bu terma jamoamizga foydali bo‘ladi. Klubdagi o‘yinlar orqali ularni oldimizda turgan katta musobaqalarga texnik, taktik, professionallik - umuman har tarafdan tayyorlayapmiz.

– Oldinda Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionati, Xitoydagi Osiyo o‘yinlari, Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslari turibdi. Bir yilda bu qadar jiddiy musobaqalar jamoani qiynab qo‘ymaydimi?

– Avvalo, buni vaqt ko‘rsatadi. Bir narsani aniq bilaman, biz katta tajribaga ega bo‘lamiz. Yigitlar bu turnirlar orqali mahorat, tajriba, kuch tarafdan ancha o‘sishi tayin. Tarkibimizda futbolchilar soni yetarlicha va ularning barchasiga imkon beriladi. Istalgan musobaqada o‘z oldimizga eng yuqori maqsadlarni qo‘yishimiz tabiiy. Ammo asosiysi Parij Olimpiadasiga yo‘llanma olish. Buning uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz. O‘ylaymanki, 2022 yil bu yo‘lda biz uchun katta maktab bo‘ladi.

– Legionerlarning keyinchalik jamoaga qo‘shilib ketishi qiyin bo‘lmaydimi? O‘zi qaysi legionerlarimizni tarkibda ko‘rishni istaysiz?

– Menimcha, bu borada muammo bo‘lmaydi. Chunki ular avval ham bu yigitlar bilan birga to‘p tepishgan. Biz ularga doim ishonch bildiramiz. Muammo esa boshqa tomondan - legionerlarimizning safimizga qay holatda yetib kelishi. Yigitlar nufuzli turnirlar oldidan o‘tkaziladigan yig‘inimizga jalb etiladi va yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Xorijda harakat qilayotgan futbolchilarimiz orasidan eng yaxshilarini terma jamoaga chaqiramiz. Asosiysi futbolchilar O‘zbekistonga foyda keltirsin! Har bir futbolchi o‘z darajasida o‘ynasa, yurtimiz sha’nini munosib himoya qila olishiga ishonaman. Istalgan murabbiy doim jamoasida eng kuchli futbolchilar bo‘lishini xohlaydi. Jumladan, biz ham eng yaxshi o‘yinchilarimiz mahoratidan foydalanishga harakat qilamiz.

– Jamoa uchun yaratilgan sharoitlar haqida nima deya olasiz?

– Birinchi navbatda, yaratib berilgan sharoitlar uchun muhtaram Prezidentimizga, qolaversa Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ularning yordami bilan biz yanada kuchliroq bo‘lishga harakat qilyapmiz. Turkiyada o‘tkazgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini futbolchilar uchun ancha foydali bo‘ldi. Endi O‘zbekiston Superligasida ham munosib ishtirok etib, bildirilgan ishonchni oqlashga, oldimizga qo‘yilgan vazifani uddalashga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Bu borada qo‘llab-quvvatlagan barchaga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.

– Bu yil hisobidan yigitlar bilan oldinga qo‘yilgan minimum va maksimum vazifa qanday?

– O‘z oldimizga har bir musobaqada maksimum vazifani qo‘yganmiz. Buni shogirdlarimdan qat’iy talab qilaman. Chunki o‘sishga erishish uchun har bir o‘yinga o‘zgacha yondashishimiz va faqatgina chempionlik uchun maydonga tushishimiz lozim. O‘ylaymanki, shogirdlarim buning uddasidan chiqishadi. To‘g‘ri, bu futbol va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz esa har bir bahsdan o‘zimiz uchun kerakli tajribani yig‘ishga urinamiz. Kim bilan o‘ynashimizdan qat’i nazar g‘alaba uchun maydonga tushamiz!

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:15, 14.02.2022. O'qildi: 1901 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик