Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zimizning Axbor aka

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbol faxriylari
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbek futboli faxriysi Axbor aka Imomxo‘jayev 19 fevral kuni qutlug‘ 86 yoshga to‘ldi. Maxsus muxbirimiz Husan Temirov futbolimiz jurnalistikasi otaxonini tavallud ayyomi bilan qutlash bahona bafurja suhbat asnosida u kishining faoliyat yo‘liga birrov nazar soldi.

- Axbor aka, shunday quvonchli lahzalarda ko‘ng­lingizdan nimalar o‘tyapti?

- Ortga nazar tashlar ekanman, mazmunli va unutilmas umr yo‘lini bosib o‘tganimga amin bo‘laman. Butun hayotim davomida meni qo‘llab kelgan ustozlar, yaqinlarim, do‘st­larim juda ko‘p. Shak-shubhasiz, baxtli insonman. Umr yo‘ldoshim, rahmatli Faridaxon bilan roppa-rosa yarim asr birga umr kechirdik, 5 farzandni tarbiyaladik. 2009 yili rafiqam omonatini topshirganida, dunyo ko‘zimga qorong‘u bo‘lib ko‘ringandi. Muhimi, farzandlarim va nabiralarim meni sira yolg‘izlatib qo‘yishmadi. Mana, bugun 15 nabira va 21 evarining baxtli bobosiman va buning uchun avvalo, Yaratganga shukrona aytaman.        

- O‘zbek futbolida sharhlovchilik maktabini yaratdingiz. Bu sizga nima berdi?

- Avvalo, xalqqa tanildim. Shu kasb ortidan 10 minglab muxlislar orttirdim, yurt kezdim. Hozir mamlakatimizning eng chekka hududlaridagi qishloq va mahallalarda ham do‘stlarim, birodarlarim bor. Bilasizmi, qaysi viloyatga xizmat safari bilan borsam, kamdan-kam holatda mehmonxonaga joylashardim. Ya’ni do‘stlarim o‘z xonadonlariga olib ketishardi. Agar uylariga borish imkoni topilmasa, hattoki, mendan biroz ranjishardi. Shunday hurmat va e’tiborning o‘zi baxt emasmi? Umrim davomida ko‘plab do‘st va yaqinlarimni yo‘qotdim. O‘zaro suhbatlarimiz - shirin xotira. Fursatdan foydalanib, ular xotirasi oldida bosh egaman.     

- Ikki davrni ko‘rdingiz - sobiq  ittifoq va mustaqillik yillari. Armonli dunyoning kemtigi nima?

- Ochig‘i, hozirgi avlod sharh­lovchilariga havasim keladi. Rohatlanib ishlash uchun barchasi muhayyo. Biz esa barchasini noldan boshlaganmiz. Hech qanday baza yo‘q edi. Hozirgi zamonaviy texnologiya­lar, xususan, internet qayerda deysiz...? O‘yin sharhiga tayyorlanish jarayonida qancha-qancha gazetalarni varaqlab chiqardik: «Sovetskiy sport», «Futbol - xokkey», «O‘zbekiston fizkulturachisi»... Kerakli ma’lumotlar bazasini to‘plash uchun yana bir qator nashrlarni yig‘ib borardik. Shu tariqa 1ta o‘yin sharhiga kamida 2-3 kun hozirlik ko‘rardik. Endi internet bor, qidiruv tugmasini bossangiz, bas. Mustaqillikka erishmaganimizda, milliy chempionatimiz ham yo‘lga qo‘yilmasdi. Sportchilarimiz suveren davlat nomidan Olimpiada va Osiyo o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarida ishtirok etolmasdilar. Asosiysi, istiqlol bizga o‘zligimizni anglash, milliy mafkuramizni yuksaltirish, ajdodlarimiz madaniy merosini o‘rganish, ularni qadrlash imkonini berdi.    

- O‘zbek futboli istiqlol yillari o‘z shaklu-shamoyiliga ega bo‘ldi. Biroq mundial hamon orzuligicha qolmoqda...

- 30 yilki, futbolimiz jahonga chiqishini kutib yashayapman. Albatta, terma jamoa­mizni JCHda ko‘rish orzusi yo‘qolgani yo‘q. Ammo ortda qolgan davr shuni ko‘rsatdiki, bunga hali to‘liq tayyor emasmiz. Tan olish kerak, so‘nggi yillarda futbol tizimi o‘zgardi. O‘FA va PFL sohani daromad manbaiga aylantirish yo‘lidan bormoqda. Mana, futbolni turli illatlardan tozalash, uni shaxsiy tomorqasiga aylantirib olgan «qon so‘ruvchi zuluklar»dan voz kechish, bolalar sektorini rivojlantirish, odilona hakamlikni ta’minlash harakati kuchli. Umid qilamizki, hozirgi islohotlar ertami-kech o‘z samarasini beradi va milliy jamoamizni mundialda ko‘ramiz, baribir.       

- Aytingchi, O‘zbekiston milliy chempionatini tashkil etishda ravon yo‘l tanlaganmidi?

- Albatta, dastlabki yillar juda og‘ir bo‘lgan va shunga yarasha, ko‘plab xato-kamchiliklar ham kuzatilgan. Zero, mutaxassislar va kadrlar yetishmovchiligi ham bor edi. Ilk mavsumda 2ta klubni chempion sifatida tan olingani, format va ishtirokchilar sonining tez-tez o‘zgargani shu xatolardan bir tomchi. Muhimi, bugun yurtimizda mutaxassislarning butun bir avlodi shakllandi. Futbol menejmenti va marketingi rivojlandi, mustahkam infratuzilma yaratildi. Yana akademiyalar faoliyat boshladi. Aytish mumkinki, futbolimiz endi-endi o‘z relsiga tushdi. Buyog‘iga hammasi yaxshi bo‘ladi, nasib qilsa.

- O‘zbek futbolidagi hakamlik maktabiga munosabatingiz?

- Sohadagi faoliyatimni aynan hakam sifatida boshlaganman, bir necha yil davomida respublika va sobiq ittifoq miqyosidagi uchrashuvlarni bosh­qarganman. Shuni ishonch bilan aytaman, ortda qolgan yillar O‘zbekistonda kuchli hakamlik maktabi shakllandi. Qarang, futbolchilarimiz hali katta mundialga chiqa olishmadi, hakamlarimiz esa bu ishni allaqachon uddalashdi. Hattoki, o‘zbek o‘g‘loni Ravshan Ermatov JCHda eng ko‘p o‘yin bosh­qargan referi bo‘lib turibdi.

- Sizni «O‘zimizning Axbor aka»,  deb e’zozlashadi. «Doda» bo‘lsangizda, hamon muxlislar nazdida o‘sha chaqqon va epchil, talabchan, zukko Axbor akasiz.

- Ta’riflar uchun tashakkur. Butun umr sportga oshno tutindim, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishni kundalik odatga aylantirdim. Hech qachon chekmadim, zararli illatlardan uzoq yurishga intildim. To‘g‘ri, hashamatli yashamadim. Deylik, ro‘zg‘or va farzandlar tarbiya­sidan orttirib, avtomobil ham xarid qilolmadim, dan­g‘illama imorat sololmadim. Avvaliga otamdan qolgan hovli, keyinchalik davlat bergan 3 xonali kvartira yashadim. Hozir o‘sha kvartira narxiga mos 3 sotixlik hovlidamiz. Asosiysi, bosib o‘tgan umr yo‘limdan hech qachon afsuslanmaganman. Vijdonim oldida pokman, kechasi bemalol uxlayman, har qanday inson ko‘ziga tik qaray olaman, hech kimdan tili qisiq joyim yo‘q. Bu ham katta baxt aslida. O‘ziga shukr.     

- Muxlislar ovozingizni rosa sog‘inishgan...

- Barchalari omon bo‘lishsin. Futbol - ularniki, xalqniki. Shunday ekan, har bir futbolchi maydonga tushar ekan, avvalo, shuni yurakdan his qilishi kerak. Qadrdonlarim va muxlislarimga eng samimiy tilaklarimni yo‘llayman. Orzu qilish va unga intilib yashashdan aslo charchashmasin. Umid qilamanki, JCH-2022 O‘zbekiston termasi ishtirokisiz o‘tadigan oxirgi mundial bo‘lib qoladi.  

- Muxlislar nomidan mazmunli suhbat uchun katta rahmat. Xalqimiz, farzandlar va nabiralar ardog‘ida farog‘atda bo‘ling.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:03, 24.02.2022. O'qildi: 2170 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик