Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 48
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 40
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Sanderlend 26 37
11 Nyukasl 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Brayton 26 32
14 Kristal Pelas 26 32
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Arab kubogining 10 jihati

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2021 yili Qatarda bo‘lib o‘tgan Arab kubogi mazkur turnirning muntazam rivojlanib borayotganini ko‘rsatdi. Quyidagi materialda 30 noyabrdan 18 dekabrgacha davom etgan, Qatarga jahon chempionatidan oldin ajoyib repetisiya vazifasini o‘tagan musobaqaning hal qiluvchi 10ta jihatini keltirib o‘tamiz.

1. JCH-2022ning dastlabki yig‘ma stadioni ochilish marosimi

Asosan transport konteynerlaridan barpo etilgan «974» stadioni turnir ochilishi kuni dastlabki o‘yinni qabul qildi. Inshootning innovasion dizaynidan ko‘rinib turibdiki, uni to‘liq yig‘ishtirib, jihozlarini Qatar yoki boshqa mamlakatlardagi sport majmualari qurishda ishlatish mumkin. JCH-2022ning 1/8 finalgacha bo‘lgan 7ta o‘yini aynan «974» stadionida bo‘lib o‘tadi.

2. Turnirlar o‘tkazish uchun ekologik joylar

Turnir o‘tkaziladigan barcha stadionlar jahon standartlari asosida loyihalashtirilgan bo‘lib, GSASning kamida 4 yulduzli sertifikatini olishga yaqin turibdi. GSAS - bu barqaror qurilish xarakteristikasiga asoslangan reyting sistemasi bo‘lib, inshootning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishda yordam beradi, o‘z navbatida, mintaqadagi qadriyatlar, an’analar va xususiyatlarni saqlab qoladi.

3. Tekin jamoat transporti

Turnir davomida chiptalar egalari va akkreditasiyadan o‘tgan xodimlar jamoat transportidan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shu muddat ichida Doxadagi metroda 2,5 milliondan ortiq yo‘nalish amalga oshirilib, ulardan 240 mingtasi bevosita muxlislarning o‘yinlarga tashrifi bilan bog‘liq bo‘ldi.

4. Qisqartiruvning yangi standartlari o‘rnatiladi

Arab kubogi-2021 davomida turnir maydonchalarida chiqindilar umuman tashqariga chiqmadi, ularning 70 foizi «Al-Bayt» stadionida qayta ishlandi. Shu tariqa, chiqindilar ishlab chiqishga chek qo‘yish, qayta ishlangan va kompostlangan materiallardan maksimal foydalanish, alohida chiqindilarni to‘plashda qatnashgan ishchi kuchi va fanatlarni rag‘batlantirish imkoni tug‘ildi.

5. Stadionlardagi qulayliklar

Barcha ob’ektlardagi zamonaviy qulay infrastrukturadan tashqari, turnir davomida jismoniy imkoniyati cheklangan muxlislarning stadionga qiyinchiliklarsiz kirishlari uchun zarur choralar ko‘rildi. Shu maqsadda volontyorlar jalb etildi, ular yordamida muxlislarni sayr qildirish yo‘lga qo‘yildi, keng o‘rindiqlar o‘rnatildi. Bundan tashqari, jismoniy imkoniyati cheklangan ishqibozlarni stadion darvozasigacha kuzatib qo‘yish uchun golf aravachalari taqdim etildi.

6. Arab tilidagi audioizohlar

Ko‘zi ojizlar va ko‘rish imkoniyati cheklanganlar turnir davomida ilk bor arab tilidagi audioizohlardan foydalanishdi. Ular shaxsiy mobil qurilmalari va quloqchinlari, maxsus ilovalar yordamida har bir o‘yinda shu kabi izohlarni tinglash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shu tariqa stadiondagi muhit va hattoki, futbolchilar yuz ifodasi haqida ham ma’lumot berib turildi. Ayni payt JCH-2022 davomida barcha joylarda ushbu xizmatni arab va ingliz tillarida to‘liq yo‘lga qo‘yish bo‘yicha reja ishlab chiqilmoqda.

7. Education City stadionidagi sensor xona

Sensor bo‘yicha imkoniyati cheklangan muxlislar, jumladan, autizm xastaligiga chalingan bolalar ham o‘yinlarni Education City stadionidagi sensor xonadan kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Arenadagi skaybokslardan biridagi ob’ekt tashrif buyuruvchilarning maxsus yoritilgan hududda futbol uchrashuvlaridan bahramand bo‘lishlarini ta’minladi. Ushbu ob’ektdagi yumshoq mebellar va o‘yinchoqlar keng ko‘lamli tadbir paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavotirlarni aritish borasida ayni muddao­dir. 2022 yili Qatarda uchta stadionda sensor xonalarini ochish rejalashtirilmoqda.

8. Tamakisiz turnir

FIFA tasarrufidagi barcha turnirlarda tamaki iste’moli taqiqlangan bo‘lib, shu tariqa ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilar salomatligini himoya qilish ko‘zda tutilgan. Xodimlar, volontyorlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi inspektorlari ushbu siyosat haqida to‘liq ma’lumot berish uchun faol ishlab, uni turnirning barcha 6 stadionlarida qo‘llashdi.

9. Antidiskriminasiya va inson huquqlari

Futbolda antidiskriminasion harakatlarga o‘rin yo‘q. Turnir vaqtida hissiyotlar junbushga kelishi ehtimoli inobatga olinib, diskriminasiya va boshqa insonlar huquqlariga daxl qiladigan harakatlarning oldini olish maqsadida maxsus tizimlar yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, JCH-2022 payti inson huquqlarini poymol qilish ehtimoli bo‘yicha shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmi Arab kubogi-2021dan avval amaliyotga tatbiq etilgan bo‘lib, mundial boshlanguncha bo‘lgan davrda ushbu muammo bo‘yicha tushadigan har qanday shikoyatlar ko‘rib chiqiladi.

10. 5000dan ortiq kishi o‘qitildi

Turnirga tayyorgarlik doi­rasida 5000dan ortiq xodimlar, volontyorlar va pudratchilar musobaqani o‘tkazishning turli jihatlari bo‘yicha o‘quv-kurslarida qatnashishdi. Tashkilotchilar tomonidan o‘tkazilgan trening bar-qarorlik, stadionlarga kirishdagi qulayliklar, dis-kriminasiyaga qarshi kurash, chiqindilarni qayta ishlash va FIFAning tamakiga qarshi siyosatiga doir masalalardan iborat keng doirani qamrab oldi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:30, 07.03.2022. O'qildi: 1723 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Челси Joao Pedro 10
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.