Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 05.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 3:1
      • Yunion
      • 05.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • 0:1
      • Monako
      • 05.11.2025 01:00
      • Yuventus
      • 1:1
      • Sporting
      • 05.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:0
      • Real Madrid
      • 05.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 1:1
      • PSV
      • 05.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 1:2
      • Bavariya
      • 05.11.2025 01:00
      • Tottenhem
      • 4:0
      • Kopengagen
      • 05.11.2025 22:45
      • Pafos
      • 1:0
      • Vilyarreal
      • 05.11.2025 22:45
      • Qorabog‘
      • 2:2
      • Chelsi
      • 06.11.2025 01:00
      • Ayaks
      • 0:3
      • Galatasaroy
      • 06.11.2025 01:00
      • Bryugge
      • 3:3
      • Barselona
      • 06.11.2025 01:00
      • Inter
      • 2:1
      • Qayrat
      • 06.11.2025 01:00
      • Manchester Siti
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 06.11.2025 01:00
      • Nyukasl
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 06.11.2025 01:00
      • Marsel
      • 0:1
      • Atalanta
      • 06.11.2025 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Bayer
  • Elit OCHL
      • 05.11.2025 15:00
      • Vissel Kobe
      • 1:0
      • Ulsan Xyonde
      • 05.11.2025 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 3:1
      • Shanghai Shenhua
  • OChL-2
      • 05.11.2025 17:15
      • Istern
      • 0:7
      • Ratchaburi
      • 05.11.2025 17:15
      • Tep Han Nam Din
      • 0:1
      • Gamba Osaka
      • 05.11.2025 18:45
      • Al-Vasl
      • 2:2
      • Al-Muharraq
      • 05.11.2025 18:45
      • Arkadag'
      • 1:1
      • Al-Ahli Doha
      • 05.11.2025 21:00
      • Xolidiya
      • 0:0
      • Andijon
      • 05.11.2025 21:00
      • Az-Zavra
      • 2:1
      • Istiqlol Dushanbe
      • 05.11.2025 23:15
      • An-Nasr (SA)
      • 4:0
      • Goa
      • 05.11.2025 23:15
      • Al-Vihdat
      • 1:1
      • Istiqlol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9014 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2969 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Taqdir: Boy berilgan 11 finaldan keyin...

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final
Rukn: Yangiliklar
A A A

Lissabonning «Benfika» klubi nihoyat, yana yevrokubok sohibiga aylandi. Jamoa tarbiyalanuvchilari yoshlar o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar Ligasi-2021|2022 bosh sovriniga ega chiqishdi.

Diqqat qiling, Portugaliya drujinasi tizimidagi jamoalar bunga qadar yevrokuboklar miqyosidagi 11ta finalda mag‘lublikni tan olishgandi. Eng qizig‘i, 60 yil davomida ko‘pchilik «Benfika»ning ushbu omadsizliklarini sobiq murabbiy Bela Guttmann qarg‘ishi bilan bog‘lab keldi.

«Bela Gutt­mann qarg‘ishi» - bu nazariya haqida ko‘p gapirilgan, yozilgan va aksariyat muxlislar gap qanday la’nat xususida borayotganini bilishsa kerak. Bundan xabari yo‘q yoki unutganlarga eslatma: Guttmann 1962 yili «Benfika» bilan Yevropa Chempionlar kubogi turnirida ikkinchi marta g‘alaba nashidasini suradi va rahbariyatdan maoshini oshirishni so‘raydi. Biroq klub murabbiy talabini qondirmaydi. Natijada Guttmann «Benfika»ni boshqarishdan bosh tortadi, lekin ketishi oldidan keyinchalik o‘ta mashhurlashgan va ko‘p muhokama qilingan gapni aytadi. «Benfika» mensiz 100 yil davomida birorta yevrokubok yutolmaydi» - alamzada Gutt­mannning alamga yo‘g‘rilgan so‘zlari shunday yangragan edi.

Murabbiyning bu so‘zlari nega qarg‘ish darajasiga chiqdi? Hammasi oddiy, Lissabon jamoasi shundan ke­yin chindan ham, yevrokuboklarda mislsiz muvaffaqiyatsizliklarni ko‘rdi. Mana, o‘zingiz e’tibor qarating: 

** 1963 yil - Yevropa Chempionlar kubogi finalida «Milan»ga qarshi o‘ynadi va avvaliga hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsada, yakunda mag‘lubiyatni tan oldi - 1:2.

** 1965 yil - yana Yevropa Chempionlar kubogi finali, yana Italiya klubiga qarshi o‘yin, yana mag‘lubiyat. Lissabonliklar bu safar «Inter» oldida ojiz qolishdi - 0:1.

** 1968 yil - Yevropa Chempionlar kubogining navbatdagi samarasiz finali. «Benfika» uning asosiy vaqtida durang natija bilan cheklandi, keyin qo‘shimcha bo‘limlarda «MYU» oldida shunchaki, «ku­yib» qoldi - 1:4.

** 1983 yil - nav­bat UYEFA kubogiga. Portugaliyaliklar finalda «Anderlext» bilan kuch sinashishdi va 0:1 hamda 1:1 hisoblaridan keyin yana yevrokuboksiz qolishdi. 

** 1988 yil - Yevropa Chempionlar kubogi finalida PSV bilan tengma-teng o‘ynagan Portugaliya jamoasi penaltilar seriyasida omadsizlikka yo‘liqdi. 

** 1990 yil - Yevropa klub futbolining bosh turnirida Guttmann qarg‘ishidan ke­yingi hisob bo‘yicha 5-final. Raqib - «Milan». Natija - 0:1. Izohga til ojiz. 

** 2013 yil - Yevropa Ligasi finali. Lissabonliklar «Chelsi»ga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida gol qo‘yib yuborishdi va hisob 1:2 ko‘rinishini oldi.

** 2014 yil - «Benfika» uchun Yevropa Ligasining ikkinchi finali ham omadsiz yakunlandi. «Sevilya» bilan bahs penaltilar seriyasigacha cho‘zildi, ammo yakunda yana mag‘lubiyat.

** 2014 yil - yoshlar o‘rtasidagi CHL finali. Jamoa tarbiyalanuvchilari «Barselona» oldida hech nima qila olishmadi - 0:3.

** 2017 yil - yoshlar o‘rtasidagi CHL finalida bu safar «Zalsburg»ga 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi.

** 2020 yil - yoshlar CHLning navbatdagi final. Yosh «burgutlar» «Real» tarbiyalanuvchilariga munosib qarshilik ko‘rsatishdi, ammo yakunda 2:3 hisobini tan olishdi. 

Xullas, jami 11ta yevrokubok finali va barchasida mag‘lubiyat. Shu joyda bitta fakt: joriy yilga qadar o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi CHLning 7ta finalidan 3tasida «Benfika» ko‘rinish berdi, faqat natija yo‘q. Mana, lissabonliklar joriy yil yana hal qiluvchi o‘yinga chiqishdi. Ular bu safar «Dinamo» K., «Barselona» va «Bavariya» joy olgan guruhda 1-o‘rinni egallashdi, keyin nav­bati bilan «Midtyulland» hamda «Spor-ting»ni «nokaut»­ga uchratishdi. «Yuventus»ga qarshi kechgan yarim finalda esa deyarli butun vaqt davomida son jihatidan ozchilik bo‘lib to‘p surgan «Benfika» penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketdi. Yakunda «Zalsburg» yoshlariga qarshi final portugaliyaliklar uchun bayramga ulandi - «burgutlar» raqib darvozasiga javobsiz 6ta gol urishdi. Dastlabki 15 daqiqada Netu va Arauxo o‘zlarini ko‘rsatishdi, ikkinchi bo‘limda esa Ndura, Arauxo va Semedu 16 daqiqa ichida 3ta gol yaratishdi. O‘yin oxirida Ara­ujo «xet-trik»ni rasmiylashtirib, yakuniy nuqtani qo‘ydi - 6:0.

Bela Guttmann 1981 yili hayotdan ko‘z yumdi. U Vena shahriga dafn etilgan. «Benfika» afsonasi Eysebio 1990 yili Vena shahrida tashkillashtirilgan Yevropa Chempionlar kubogi finali arafasida qarg‘ishni qaytarib olishini so‘rash uchun Guttmann qabri ustiga kelgan. U 2013 yili ham shu ishini takrorlagan. Biroq iltijo va yolvorishlardan hech qanday naf chiqqani yo‘q. Har holda, «Benfika» kattalar miqyosida 8ta yevrokubok finalida mag‘lubiyatga uchradi. Darvoqe, Guttmann yoshlar o‘rtasidagi CHL haqida hech narsa bilmasdi, chunki bu turnir uning o‘limidan 32 yil o‘tgach, yo‘lga qo‘yildi. Ammo fakt shuki, «Benfika» bu musobaqa tarixidagi 8 mavsumdan yarmida finalga chiqib, atigi bir marta g‘alaba qozondi. Guttmann aytgan so‘zlardan naq 60 yil o‘tib...

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 23:30, 15.05.2022. O'qildi: 2252 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.