Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jorjinyo Veynaldum: «Olimpiko»da o‘ynash nimaligini bilaman»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

9 avgust kuni «Roma» futbolchisi sifatida keng ommaga tanishtirilgan Jorjinyo Veynaldum Rimda mukammal yarim himoyachi qiyofasiga kirishdan umidvor.

Niderlandiyalik futbolchi «Trigo­riya»da jurnalistlari bilan suhbatda APL va Liga 1dagi faoliyatdan keyin «A» seriyaga katta maqsadlarni ko‘zlagan holda yuzlanganini aytib, «bo‘rilar» safida ideal o‘yin ko‘rsatishga va’da berdi.

- Jorjinyo, hozir o‘zingizni qanday his qilyapsiz? Har holda, avvalgi mavsum talab darajasida o‘yin amaliyotga ega bo‘lmadingiz, boz ustiga, o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham yetarlicha qatnashmadingiz. Umuman, «A» seriya startiga nechog‘li tayyorsiz?

- Ha, to‘g‘ri ta’kidladingiz, mavsumoldi yig‘ini men uchun boshqacha bo‘ldi, har doim faol ishlashga o‘rgangan edim. Lekin nolimayman - «PSJ»ning umumiy guruhida shug‘ullanib, o‘zimni imkon qadar hozirlashga harakat qildim. Shuningdek, mashg‘ulotlardan tash­qari, fizioterapevtlar bilan ham alohida, individual ravishda ish olib bordik. Ruhiy tayyorgarlik masalasida muammo yo‘q, faqat jismonan tiklanish qandaydigini aniqlash qoldi. Tabiiyki, bu borada yakuniy xulosani murabbiy chiqaradi.

- Yurgen Klopp vaqtida sizni kelajagi mukammal markaziy yarim himoyachi sifatida maqtagandi. Bunga nima deysiz?

- O‘zi mukammal yarim himoyachi qanday bo‘ladi? Bu borada muayyan kriteriyalar bormi? Aytish qiyin. O‘ylashimcha, «Liverpul»da jamoa o‘yin uslubiga mos tushganman, Klopp shunga muvofiq, mukammallik haqida gapirgandir. Lekin unutmaslik kerak, boshqa klublarda qi­yinchilik seziladi. Axir o‘zgacha uslub, o‘zgacha futbol... Shunday ekan, mukammal yarim himoya­chi sifati nisbiy, bu borada har kim o‘z fikriga ega. To‘g‘ri, Yurgen Kloppdek murabbiydan shunday ta’rif eshitish juda yoqimli. Yana nima derdim, «Roma» uchun ham mukammal yarim himoyachi bo‘lishdan umidvorman, bu yo‘lda bor kuchimni sarflashim tayin.

- «Roma» bosh direktorining aytishicha, «bo‘rilar» safini to‘ldirish ishqida yonibsiz, go‘yo. Qiziq, asosiy sabab nima? «A» seriya saviya bo‘yicha boshqa ligalardan pastroq emasmi?

- Birinchi navbatda, klub meni o‘z tomoniga og‘dirish uchun jiddiy harakat qildi va bu tanlovimda katta rol o‘ynadi. Bundan tashqari, Muhammad Saloh va Kevin Strotman bilan ham «Roma», ham Rim haqida gaplashdim. Ulardan faqat yaxshi ta’rif eshitdim. Yana Ashraf Hakimidan ham maslahat so‘radim, garchi u «Inter»da o‘ynagan bo‘lsa-da. Ashraf darhol qat’iy ohangda ta’kidladi: «Ajo­yib klub va shunday shahar. U yerda baxtiyorlikni sezasan, albatta». Umuman, «Roma»ni oldindan qisman bilardim, deylik, «Liverpul» safida bu klubga qarshi ikki marta o‘ynaganmiz. O‘shandayoq «Olimpiko»dagi muhit «Enfild»nikidan qolishmasligiga ishonch hosil qilganman. Qisqasi, «Roma»ning beqiyos muhitda ajoyib muxlislar ko‘z o‘ngida o‘ynashidan xabardorman. Lekin menga eng katta ta’sir ko‘rsatgan jihat - bu klubning janob Pinto va murabbiy orqali shartnoma tuzish uchun qancha kuch sarflagani. Ilk uchrashuvdayoq meni «Roma» libosida ko‘rishni chin yurakdan xohlashayotgani va bu yerda qadrlanishimni yaqqol his qildim. Natijada bir to‘xtamga kelishda aytarli ikkilanganim yo‘q. «A» seriya saviyasiga kelsak, liganing bosh­qalardan bir qadam orqa yoki oldinda ekanligini aytishim qiyin. Axir bu yerda o‘ynab ko‘rmaganman. Hozirgacha bir qator ligalar bilan tanishdim va fikrimcha, ular orasida eng raqobatbardoshi - APL.

- «Roma»ga qo‘l keladigan eng qimmatli fazilatingizni ayta olasizmi? O‘z navbatida, klub sizga qanday yordam berishi mumkin?

- Birinchi navbatda, yaxshi ijrochilarga ega jamoa safiga qo‘shildim. Yuqorida mukammal yarim himoyachi bo‘lish-bo‘lmaslik aynan jamoaga bog‘liqligini ta’kidladim. O‘ylaymanki, «Roma» qanday o‘ynashni xohlasa, ham hujumga o‘tish, ham himoyalanishga qodir yarim himoyachilar guruhini shakllantirsa, jamoaga talab darajasida yordam bera olaman. Har holda, o‘yinchilik sifatlarim evaziga ham hujum, ham himoyaga munosib hissa qo‘shishim mumkin. Zero, hujum boshlashni yoqtiraman, orqada ishlashga ham moyilman. Faqat jarohatlar pand bermasa, bas. Shunda yetarli miqdorda o‘yinlarda qatnashib, jamoa muvaffaqiyatiga hissa qo‘shish imkoniyatim oshadi.

- Mundial tufayli joriy mavsum o‘zgacha o‘tadi. Murabbiy bilan bo‘lajak jahon chempionatiga qanday hozirlanish haqida gaplashib oldingizmi?

- Mavsumni yaxshi boshlash juda muhim. Lekin undan-da muhimi - tobora yaxshi sport formasiga kirib borish. Albatta, taqvim zich, mavsum davomida turli murakkabliklar yuzaga keladi - o‘yinlarda g‘alaba qozonasiz, yutqazasiz, sust harakatlanasiz, jarohatlanasiz, uslubni o‘zgartirishga ehtiyoj seziladi. Mavsum o‘rtasida mundialga navbat berilishi ham barchasini yanada qiyinlashtiradi. Menimcha, barqaror natija qayd etish va jamoa sifatida rivojlanish uchun ikki hissa ko‘p ishlash talab etiladi. Lekin bu imkonsiz emas. Xullas, yaxshi boshlash va imkon qadar tezroq moslashish muhimdir. Mourinyo menga yuborgan birinchi xabarida Rimda o‘ynashga intilganim uchun minnatdorchilik izhor etdi. Keyin yuzma-yuz o‘tirib, futbol haqida atroflicha gaplashdik. Jozening qanday murabbiy ekanligi uning turli  rekordlaridan ma’lum. Mourinyoning futboldagi ishlari, qo‘lga kiritgan sovrinlari va boshqargan klublari... Buni birdan aqlga sig‘dirish mushkul. Menimcha, har qanday futbolchi shunday mutaxassis bilan ishlashni xohlaydi. U bilan gaplashganimdan so‘ng chindan ham, «Roma» safiga qo‘shilishni xohlayotganimni teran angladim, to‘g‘ri, bunga qadar ham qandaydir shubham yo‘q edi.

- «Olimpiko»dagi qabul marosimi qanday taassurot qoldirdi? Klubdagi ilk kunlardan yetarlicha zavq oldingizmi?

- Muhitga gap yo‘q, haqiqatan o‘zgacha marosim. Barchasi xuddi shunday tasavvur qilgandim, chunki bu yerda «Liverpul» bilan CHL bahsida maydonga tushganman. Hattoki, bunday e’tibordan biroz xijolat tortasiz, lekin muxlislarning siz uchun shunday qabul uyushtirishlari o‘ta yoqimli va hayratlanarli, albatta. Endi bunga munosib javob qaytarish kerak.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 17:15, 22.08.2022. O'qildi: 1404 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик