Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Legionerlarimizdan daraklar yoki Ulug‘bek Baqoyevning o‘g‘li ham «Energetik»da

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Italiya. «Roma» «A» seriyada qatorasiga 2-o‘yinda mag‘lublikni tan oldi. «Bo‘rilar» bu safar o‘z maydonlarida «Atalanta»ga yutqazib qo‘yishdi - 0:1.

YEL guruh bosqichi 2-turida XIK klubiga qarshi kechgan o‘yin (3:0)da Eldor Shomurodovga imkon bermagan Joze Mourinyo chempionat bahsida hamyurtimizni 79-daqiqada jangga tashladi. Tema jamoa­miz sardori qolgan vaqt davomida ko‘p harakat qildi, hujumlarda faol ishtirok etdi, zarbalar ham yo‘lladi, ammo samarasiz...

Turkiya. «Fotih Qoragyumryuk» Superliga 7-turida «Istanbul» mehmoni bo‘lib, ortga 0:0 hisobi va 1 ochko bilan qaytdi. Jamoa yarim himoyachisi Otabek Shukurov bu safar ham boshlang‘ich tarkibdan joy oldi va deyarli to‘liq vaqt harakatlandi. Aniqroq ifoda etganda, 66-daqiqada sariq kartochka olgan hamyurtimiz o‘yinga qo‘shib bergan vaqtda ikkinchi marta ogohlantirildi va final hushtagi yangrashidan oldin maydonni tark etdi. 

Rossiya. Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning jamoasi «Pari NN» RPL 10-turida «Orenburg»ni qabul qilib, kutilmaganda, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Hamyurtimiz ushbu omadsiz uchrashuvda to‘liq qatnashdi. «Torpedo» aksincha, mavsumdagi ilk g‘alabasini tantana qildi, yana SSKA bilan o‘yinda! «Avtozavodchi» Hojimat Erkinov 1:0 hisobida rasmiylashtirilgan ushbu sensasion g‘alabaga to‘liq 90 daqiqalik faol harakati bilan munosib hissa qo‘shdi. «Ural» esa Oston O‘runovni zaxirada qoldirdi va o‘z muxlislari qarshisida «Axmat»ga bas kelolmadi - 1:2. Yekaterinburg jamoasi hafta o‘rtasida Rossiya kubogi guruh bosqichi 2-turida SSKA mehmoni bo‘lib, aynan 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. O‘runov chempionat o‘yinidan farqli o‘laroq, kubok bahsida 63-daqiqadan e’tiboran maydonda harakat qildi. Hojimat Erkinov ham kubok turnirida zaxiradan maydonga tushdi va «Torpedo» safarda «Sochi»ni 3:1 hisobida yengdi. 

Belarus. «Energetik-BGU» Oliy liga 22-turida amaldagi chempion va peshqadam - «Shaxtyor»dan 3 ochko tortib oldi. Soligorsk­da kechgan o‘yinda «talabalar» to‘purari Bobur Abduxoliqov 66 daqiqa harakatlandi, ammo bu safar maydondan golsiz chiqib ketdi. E’tiborli tomoni, uning o‘rniga «So‘g‘diyona» bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyevning o‘g‘li Amirbek Baqoyev tushdi. To‘g‘ri kichik Baqoyevning debyuti ko‘ngilsiz tugadi - 18 yoshli yarim himoyachi 90+2-daqiqada qizil kartochka oldi. «Energetik» himoyachisi Abduqodir Husanov esa maydonda to‘liq vat to‘p surdi. Asosiysi, 40-daqiqada urilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozongan «talabalar» o‘z ochko­larini 44taga yetkazib, «Shaxtyor» (43 ochko)ni 2-o‘ringa surishdi.

BAA. «Shabab Al-Ahli» Pro-liga 3-turidan o‘rin olgan «Al-Vahda»ga qarshi o‘yinni 2:1 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Jamoa yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev bu uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa to‘p surdi.

Qozog‘iston. «Tobol» Igor Sergeev 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan safar o‘yini (QPL 20-turi)da «Astana»ni 2:1 ko‘rinishida dog‘da qoldirdi.

Qatar. Islom To‘xtaxo‘jayev Yulduzlar ligasi 7-turida maydonga qaytdi va «Al-Garafa»ning «Marhiya»dan 2:1 hisobida ustun kelishiga katta yordam berdi. Eslatma, hamyurtimiz 31 avgust kuni «Al-Ahli» bilan bahsda qizil kartochka olgandi. U shu tufayli orada bitta o‘yinni o‘tkazib yubordi. Italiyalik Andrea Stramachchoni boshqaruvidagi «Al-Garafa» shu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 12taga yetkazib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 19.09.2022. O'qildi: 5120 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.