APLning 6-tur doirasida "Shimoliy London derbi"si bo‘lib o‘tdi.
Turnir jadvalini boshqarib borayotgan Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" o‘z maydonida "Tottenxem"ni qabul qildi.
Uchrashuvda "Arsenal" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Kiritilgan gollarga Parti, Jezus va Jakalar mualliflik qilgan bo‘lsa, Keyn penaltini aniq amalga oshirib, "Tottenxem" goliga mualliflik qildi.
"Arsenal" – "Tottenxem" 3:1
1 oktyabr, 16.30, «Emireyts»
Gollar: 1:0 – 20 Parti, 1:1 – 31, Keyn (penalti), 2:1 – 49 Gabriel Jezus, 3:1 – 67 Jaka.
"Arsenal" – Remsdeyl, Uayt (Tomiyasu, 89), Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tirni, 73), Jaka, Parti (Lokonga, 73), Edegor (Fabiu Viyeyra, 80), Saka, Gabriel Jezus (Nketia, 80), Martinelli.
"Tottenxem" – Lyoris, Emerson, Dayer, Langle (Sanches, 71), Romero, Perishich (Bissuma, 71), Xeybyerg (Skipp, 75), Bentankur, Son Xin Min (Doerti, 72), Keyn, Risharlison (Sessenyon, 71).
Ogohlantirishlar: Saliba (78), Martinelli (85), Dayer (90).
Chetlatish: Emerson (62).