Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma.

  • Superliga
      • 09.04.2026 19:00
      • Neftchi
      • 0:1
      • Paxtakor
      • 09.04.2026 19:00
      • Buxoro
      • 2:0
      • Qizilqum
  • «A» Seriya
      • 10.04.2026 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Piza
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • -:-
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • -:-
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Yuventus
  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Fulhem
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • -:-
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • -:-
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletiko
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 6 15
2 Paxtakor 6 15
3 Buxoro 6 13
4 Bunyodkor 6 13
5 Navbahor 6 12
6 Nasaf 6 11
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 6 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
6-тур Neftchi 0-1 Paxtakor
6-тур Buxoro 2-0 Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xans-Diter Flik: «Germaniya futboli o‘z so‘zini aytishi shart»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Intervyular
A A A

Germaniya milliy jamoasi jahon chempionati tarixidagi eng samarador ishtirokchilardan biri hisoblanadi: bundestim hisobida naq 11ta medal bor.

Aniqroq aytsak, nemislar 4 marta jahon kubogini boshlari uzra baland ko‘tarish barobarida 4ta mundialni 2-o‘rinda yakunlashgan, yana 3 bora 3-pog‘onadan joy olishgan. JCHning umumiy statis­tikasiga qarasak, birgina Braziliya milliy jamoasi bundan yaxshiroq natijaga ega. To‘g‘ri, Germaniya termasi Rossiya-2018 mundialiga amaldagi chempion sifatida kirishgan bo‘lsada, tarixiy va dramatik omadsizlikka yo‘liqdi. Bundestimning Meksika va Janubiy Koreya termalariga yutqazib, guruh bosqichi yakunidayoq kurashdan chiqishini hech kim kutgan emasdi, ochig‘i. Nemislarlar endi Qatarda munosib ishtirok etish asnosida 4 yil oldingi natija tasodif ekanligini ko‘rsatmoqchilar. FIFA rasmiy sayti jurnalistlari yaqinda o‘tgan yili «nemis mashinasi»ni Yoaxim Lyovdan qabul qilib olgan Xans-Diter Flik bilan uchrashib, bo‘lajak mundial va nemis futboli haqida bafurja gaplashishdi.

- Mundial startiga 1 oydan kamroq vaqt qolmoqda. Yevropa Millatlar Ligasida qatnashgan Germaniya milliy jamoasi tarkibidan nechog‘li qoniqdingiz? Umuman, hozirda bo‘lajak turnir uchun tanlangan futbolchilar guruhida muvozanat yuzaga keldimi yoki o‘yin nuqtai nazaridan hali ham ochiq pozisiyalar bor...?

- Tarkib bo‘yicha hammasini ochiq tutamiz. Tushunarliki, ixtiyorimizda kuchli futbolchilar yetarli. Deylik, Yonas Xoffman kabi yigitlar ham milliy jamoada yaxshi o‘ynashadi. Misol uchun, himoya o‘ng qanotida harakatlanadigan Lukas Klostermanni aytish mumkin. U jumladan, Angliya va Italiya terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda juda kuchli taassurot qoldirdi. David Raum esa chap qanotda nazoratni qo‘lga oldi. Yarim himoyaning chap tomoni uchun saviyasi yuqori 3 yoki 4 nafar zaxira varianti bor. Himoyada ham xuddi shunday: kuchli ijrochilar yetarli, tanlash imkoniyati katta. Shuningdek, «6-raqam» pozisiyasiga ham bir qator yigitlarni sinab ko‘rdik. Albatta, hujum guruhiga kirgan futbolchilar eng optimal sport formasida bo‘lishlari shart. Muhimi, maromni rivojlantirish uchun har bir futbolchida ma’lum ustun hijatlari yo‘q emas.

- Jamoa tarkibidagi futbolchilarning o‘rtacha yoshi ham keng muhokama qilinmoqda. Aytingchi, yoshlar va faxriylar o‘rtasida uyg‘unlik ko‘zga tashlanyaptimi?

- O‘ylaymanki, ortda qolgan vaqt davomida tarkibni biroz yoshartirdik. Har holda, bir qator iqtidorlarni jamoaga jalb eta boshladik. Florian Virsga Yevropadagi eng yorqin yosh futbolchilardan biri sifatida  qarayotgandim, afsuski, u muhim pallada jarohatlandi. Virs JCHgacha sport formasini tiklaydimi? Kutamiz, ko‘ramiz. Umuman, tarkibdagi har bir yigitning o‘z roli bor. Niko Shlotterbek, David Raum va Karim Adeyemi - bular o‘yinga ma’lum bir yangilik va jo‘shqinlik olib kirishga qodir yosh futbolchilar. Bu yigitlar tanlangan o‘yinimiz dinamikasi uchun ham muhim hisoblanishadi. Shunday ekan, bemalol aytishim mumkin: bizda yaxshigina uyg‘unlik bor, tarkib ham ancha muvozanatlashgan.

- 2006-2014 yillar oralig‘ida sobiq bosh murabbiy Yoaxim Lyov yordamchisi rolini bajardingiz va JCH-2014da chempionlik maqomiga erishdingiz. Hozirgi rolingiz uchun o‘sha payt olingan eng muhim saboqlar nima?

- Har doim jamoa bilan qanday mashg‘ulot olib borish va o‘yin dinamikasini rivojlanishga alohida e’tibor qaratganmiz. Yaxshi natijalar ko‘rsatishga qaratilgan tizimli mashg‘ulotlarga sifat olib kirish uchun navbatdagi sinov  o‘yinini kutib o‘tirish shart emas. Hozir jamoadan yuqori keskinlik kutyapman. «Bavariya»da ishlaganimda ham xuddi shunday edi.

- Bosh murabbiy lavozimida uzoq va muvaffaqiyatli ish yuritgan Yoaxim Lyov vorisi bo‘lish og‘ir emasmi?

- Yo‘q, chunki uyga qaytgandek bo‘ldim. Oddiy aytganda, o‘zim ishlagan davrda shakllantirilgan guruh ichiga qaytdim. Bunday qaytish, yana ishga sho‘ng‘ish naqadar yoqimli... Tushunarliki, terma jamoa murabbiyi sifatidagi faoliyatim Myunxenda ishlashimda katta ta’sir ko‘rsatdi. «Bavariya» tajribasi esa terma jamoadagi faoliyatimga. Axir Myunxenda eng yuqori darajada ishladim, bosim ham katta edi. Muhimi, har tomonlama muvaffaqiyatli davr bo‘ldi. Albatta, mamlakat bosh jamoasini boshqarish uchun oldinga qadam tashlashdan to‘xtamaslik lozim. Zero, bu ishga har doim nomzodlar topiladi. Ochig‘i, hayotim davomida Bundestimni mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishim mumkinligi haqida umuman o‘ylagan emasdim. Shu ma’noda hozir bag‘oyat xursandman. To‘g‘ri, bir tomonda g‘urur bor, ikkinchi tarafda mislsiz bosim. Ko‘pchilik Bundestimdan Qatarda muvaffaqiyatli o‘yin kutyapti, talab ham tayin - ort­ga jahon chempioni sifatida qaytish. Ammo bilamizki, bosh­qa mamlakatlarda ham ajo­yib futbolchilar bor, har birining maqsadi ulkan. Asosiysi, butun murabbiylar shtabi hozirgi holatdan xursand. Biz jamoani shohsupaning yuqorisiga ko‘tarish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishlarni bajaryapmiz.

- Germaniya termasi guruhdoshlariga ham to‘xtalsangiz...

- Bilamizki, Ispaniya termasi o‘ta kuchli raqib, tarkibida jahon darajasidagi futbolchilar ko‘p. Nozik tomoni, «furiya» o‘zgaruvchan futbolga moyil, ya’ni har bir o‘yin uchun yangi chizma tanlashi mumkin. Ispanlarning ba’zi jihatlarga munosabatlarini ko‘rish qiziqarli. Aynan ularga qarshi o‘yin biz uchun ham bir qator nyuanslarni tekshirib olish nuqtai nazaridan muhim. Yaponiyalik futbolchilar esa jismoniy tarafdan kuchli, yana tezkor va to‘pni ishonch bilan boshqarishadi. Ularga o‘yin bermaslik uchun kuchli himoyani yo‘lga qo‘yish talab etiladi. Birinchi raqibimiz - aynan Yaponiya termasi. Demak, hushyorlikni maksimal darajada ushlash kerak. Kosta-Rika milliy jamoasi ham chakki emas, o‘z falsafasi, yaxshi o‘yin uslubiga ega. Kosta-Rika termasi shuning barobarida qandaydir sirli raqib, har qanday jamoa hayotini iloji boricha qiyinlashtirishga urinadigan kuch.

- Germaniya futboli 2018 yilgi omadsizlikdan so‘ng o‘zini ko‘rsatishi shart. Jamoangiz bunga tayyormi?

- Menimcha, Germaniya futboli har bir mundialda o‘z so‘zini aytishi kerak. Bizni hamisha kuzatib borishadi va Germaniyada faqat maksimal natija kutishadi. Shunga yarasha kuchli tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Muvaffaqiyatli ishtirokka kafolat berolmasakda, eng yaxshi sport formasida ekanligimizni ko‘rsatish borasida gapirishim mumkin. Umid qilamanki, Qatar mundiali natijasi 2018 yildagidan keskin farqlanadi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 29.10.2022. O'qildi: 1778 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик