Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yil sarhisobi: qaysi murabbiy sizningcha, eng ko‘p tahsinga loyiq?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yana bir yil o‘z nihoyasiga yetdi. Lionel Messi nihoyat jahon chempionligini qo‘lga kiritdi va «Real» yana Yevropaning eng kuchli klubiga aylandi. Futbolchilar, klublar va terma jamoalar bilan hammasi aniq, 2022 yilning eng yaxshi murabbiyini aniqlash vaqti keldi.

Ular bilan quyida qisqacha tanishib chiqamiz.

Karlo Anchelotti (Real Madrid)

2022 yilgi yutuqlari: Chempionlar ligasi g‘olibi, UYEFA Superkubogi sohibi, Ispaniya chempioni, mamlakat kubogi g‘olibi.

2022 yil italiyalik murabbiy uchun juda omadli yil bo‘ldi. U to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritdi va yana bir marta Chempionlar ligasida zafar quchdi. Tarixda hech bir murabbiy Karlo kabi yevrokuboklarning asosiy turnirida bunchalik ko‘p g‘alaba qozonmagan (to‘rt marta). Boz ustiga, bahorda Anchelotti o‘ziga xos «katta dubulg‘a» yaratdi - u Yevropaning top-5 ligalarining har birida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Boshqa hech bir murabbiy bunday muvaffaqiyat bilan maqtana olmaydi. 2021/2022 yilgi mavsum yakunida UYEFA Anchelottini eng yaxshi murabbiy deb topdi.

Lionel Skaloni (Argentina terma jamoasi)

2022 yilgi yutuqlari: Jahon chempionati g‘olibi, Finalissima g‘olibi.

Ro‘yxatda bu shaxsning mavjudligi hech qanday shubha tug‘dirmasligi kerak. 44 yoshli Skaloni so‘nggi 44 yil ichida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan eng yosh murabbiyga aylandi. Bu Argentina terma jamoasi uchun 2022 yildagi ikkinchi sovrin - ular avvalroq Finalissima o‘yinida Italiyani mag‘lub etishgan (3:0). 2021 yilning yozida esa u Amerika kubogini qo‘lga kiritdi va buni asosiy raqiblari oldida amalga oshirdi. Finalda Argentina Marakanada Braziliyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shunisi qiziqki, Skaloni Argentina terma jamoasidan boshqa hech qayerda bosh murabbiy sifatida ishlamagan. Bungacha u Xorxe Sampaoliga yordamchi sifatida ishlagan. Xorxe jamoaning JCH-2018dagi muvaffaqiyatsiz o‘yinidan so‘ng termadan ketdi va Skaloni uning bo‘sh turgan o‘rnini egalladi.

Volid Regragi (Marokash terma jamoasi)

2022 yilgi yutuqlari: Jahon chempionatida to‘rtinchi o‘rin, Marokash chempioni, Afrikada Chempionlar ligasi g‘olibi.

Regragi jahon chempionati boshlanishiga bir necha oy qolganida terma jamoa bosh postiga kelgandi. Bungacha u faqat Qatar va Marokash klublari bilan ishlagan va ayrimlarda bunday murabbiyi bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi, degan tuyg‘u paydo bo‘lgan edi. Biroq, Marokash jahon chempionatining asosiy sensasiyasini yaratdi. Jamoa turnirda Belgiya, Ispaniya, Portugaliyani mag‘lub etdi va kutilmaganda dunyoning kuchli to‘rt jamoasidan o‘rin oldi. Ehtimol, hatto Regragining o‘zi ham voqealarning bunday rivojlanishiga ishonmagan. Klub miqyosida murabbiy uchun hammasi yanada muvaffaqiyatli bo‘ldi - 2022 yilda u «Vidad» bilan nafaqat mamlakat chempioni bo‘ldi, balki Afrikaning asosiy klublar turnirida ham g‘alaba qozondi.

Stefano Pioli (Milan)

2022 yilgi yutuqlari: Italiya chempioni.

«Milan»ning uzoq yillik chempionligiga sabab bo‘lgan o‘sha mashhur murabbiy! Jamoa o‘tgan mavsumni ochkolar bo‘yicha klub rekordi (86) bilan yakunladi. Bu «Milan»ga 2011 yildan beri birinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritishga imkon berdi. 2022/2023 yilgi mavsumning birinchi qismi natijalariga ko‘ra, Pioli jamoasi A Seriyada ikkinchi o‘rinda bormoqda va haligacha peshqadam «Napoli»dan sakkiz ochko ortda. Bundan tashqari, «Milan» Chempionlar ligasida guruhdan chiqdi va endi jamoani 1/8 finalda «Tottenxem» bilan uchrashuv kutmoqda.

Xosep Gvardiola (Manchester Siti)

2022 yildagi yutuqlari: APL g‘olibi, Chempionlar ligasining yarim finalchisi.

«Manchester Siti» keskin kurashlar ostida APLda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Buning uchun Gvardiola shogirdlari 38 uchrashuvda 29 ta g‘alaba qozonib, aql bovar qilmas to‘plar farqi bilan (+73) 93 ochko to‘pladi. To‘g‘ri, Chempionlar ligasida biroz omad yetishmadi. «Siti»ning finalga chiqishiga bir necha daqiqa qolgandi, ammo ular «Real Madrid»dan g‘alati kambekka duchor bo‘ldi.

2022/2023 yilgi mavsum boshlanishidan oldin «Manchester Siti» deyarli har bir o‘yinda gol uradigan Erling Xolandni qo‘lga kiritdi. Balki aynan shu futbolchi Gvardiolaga Chempionlar ligasini yutishiga yordam berar.

Zlatko Dalich (Xorvatiya terma jamoasi)


2022 yilgi yutuqlar: JCH-2022 bronza medali sohibi.

Bolqon terma jamoasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy. Xorvatlar mundialga qiyinchiliksiz yo‘l olishdi, biroq bu yerda barchasi juda qiyin boshlandi. Ko‘pchilik muxlislar o‘tgan JCHdagi muvaffaqiyatni kutmadi ham. Buning uchun birgina Romelu Lukakuning vaziyatlardan foydalana olmagan holatlarini eslash kifoya. Xorvatlar turnirda uchta o‘yinda g‘alaba qozondi (biri guruhda, ikkitasi pley-offda). Bu safar xorvatlarga deyarli hech kim ishonmagandi, biroq jamoa jahon chempionatini yana medallar bilan yakunladi. Bunda Dalichning hissasi katta.

Yurgen Klopp («Liverpul»)


2022 yildagi yutuqlar: Angliya kubogi va Superkubogi g‘olibligi, Chempionlar ligasi finalchisi.

O‘tgan mavsumda «Liverpul» to‘rtlikka kirdi, ammo yakunda ichki kubok musobaqalarida g‘alaba qozonish bilan kifoyalandi. Klopp jamoasi APL g‘olibi «Manchester Siti»dan atigi bir ochko ortda qoldi va Chempionlar ligasi finalida «Real»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mavsum yakuni ko‘ngildagidek bo‘lmaganiga qaramay, nemis murabbiyining ajoyib mehnatini yana bir bor ta’kidlab o‘tish kerak.

Yilning ikkinchi yarmi mersisaydliklar uchun qiyin kechdi. «Liverpul» liga peshqadamlaridan ancha ortda qoldi va Liga kubogidan chiqib ketdi. Shu bilan birga, Klopp jamoasi Chempionlar ligasi guruh bosqichida katta muammolarga duch kelmadi, ammo ayni dam pley-offning birinchi bosqichida noqulay «Real» bilan uchrashadi.

Kiritildi: 20:17, 03.01.2023. O'qildi: 2825 marta. Fikrlar: 50 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик