Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tanishing, bo‘lajak Osiyo yulduzlari!

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yangi yilda Osiyo futboli muxlislari orziqib kutayotgan ko‘plab qiziqarli futbol turnirlari o‘tkaziladi.

 Shu bilan birga butun qit’a muxlislarining xayolini o‘ziga tortgan yulduzlarning keyingi avlodi sifatida yangi nomlar va’da qilinmoqda. The-AFC.com sayti ham 2023 yili futbolda o‘z izlarini qoldirish va klublari hamda terma jamoalari uchun asosiy o‘yinchilar sifatida yuksalishni davom ettirish niyatida bo‘lgan 11 nafar osiyolik o‘yinchilarni e’tiborimizga havola etdi. E’tiborli jihati, ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, umidli futbolchimiz Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ham joy oldi...

Harib Abdulloh - BAA, «Shabab Al-Ahli»

2022 yildagi qit’a Chempionlar Ligasi guruh bosqichi va JCH-2022 saralash bosqichi o‘yinlarida o‘zini portlovchi sur’atlari bilan tanishtirgan «Shabab Al-Ahli» klubi yulduzi Harib Abdulloh, 2023 yili avvalgisidan ancha yuqori bo‘lishini va’da qilmoqda. Abdulloh endi 2023 yilni Ko‘rfaz kubogida Ali Mabxut va Ismoil Matar kabi asosiy nomlarsiz qatnashishga majbur BAA terma jamoasining bir qismi sifatida boshlaydi, chunki bosh murabbiy Rodolfo Arruabarrena buyog‘iga kelajak avlodni shakllantirishga intiladi. Qatarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi-2023da ham shunday.


Chon San Bin - J.Koreya, «Grassxopper» (Shveysariya)

AFC U16 Championship Malaysia 2018 turnirida Janubiy Koreya termasidagi ishtirokidan besh yil o‘tib, Chon San Bin mamlakatning eng yorqin yosh iste’dodlaridan biri sifatida o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda va 2023 yil nihoyat uning uchun Yevropada ham oldinga qadam qo‘yadigan yil bo‘lishi mumkin. Sobiq «Suvon Samsung Blyuingz» yulduzi 2022 yilning yozida vatandoshi Xvan Xi Chan yoniga - «Vulverxempton» klubiga o‘tadi va darhol Shveysariyaning «Grassxopper» jamoasiga ijaraga beriladi, biroq to‘pig‘idagi jarohati uning Yevropadagi hayotini cheklab qo‘ygandi. Butun mavsum davomida ligada atigi 2 o‘yinda qatnashdi, ammo 20 yoshli futbolchi jarohatdan forig‘ bo‘lib olgani sababli, yangi yilda APL jamoasini qaroridan pushaymon bo‘lishga majbur etishi mumkin.


Kvon Xyok Kyu - J.Koreya, «Pusan Ay Park»

Yevropa klublari e’tiborini tortgan yana bir K-Liga mahsuli - yosh yarim himoyachi Kvon Xyok Kyudir. Hozirda 2-K-Liga vakili «Pusan Ay Park» klubida javlon urayotgan Kvon, so‘nggi haftalardagi xabarlarga ko‘ra, Anji Postekoglu jamoasi - «Seltik» tarkibiga borib qo‘shilishga yaqin. Ha, u 190 sm. bo‘yga ega tayanch yarim himoyachisi, lekin havoda ham, yerda ham to‘pni qabul qilish qobiliyati bilan birga maqtovga sazovor texnikasi ham bor. Kvon shuningdek, talab etilsa himoya markazidan ham joy olishi mumkin. 2023 yilda 21 yoshli futbolchi xalqaro maydondagi debyutini ham o‘tkazmoqchi, chunki «Teju jangchilari» Qatardagi JCH-2022 kampaniyasidan keyin jamoadagi vaziyatni keskin o‘zgartirishmoqchi.


Zidan Iqbol - Iroq,  «Manchester Yunayted» (Angliya)

Ortda qolgan yili iroqlik futbol ishqibozlari tiliga tushgan Buyuk Britaniyada tug‘ilgan Zidan Iqbol muhim yil arafasida turibdi, u aprel oyida 20 yoshga to‘ladi. Yosh yarim himoyachi Iroq termasidagi debyutini JCH-20222 saralash o‘yinida yanvar oyida Eronga qarshi o‘tkazgandi. «Manchester Yunayted»ning eng istiqbolli yosh futbolchilaridan biri Iqbol 2021G‘22 mavsumda UYEFA Chempionlar Ligasida murabbiy Ralf Rangnik qo‘l ostida debyut qilgan, ammo hali premyer-ligada debyut qilganicha yo‘q. APLda o‘ynagan birinchi iroqlik bo‘lish Iqbolning 2023 yildagi asosiy vazifasi bo‘ladi.


Allohyor Sayyadmanesh - Eron, «Xall Siti» (Angliya)

Eronlik hujumchi Allohyor Sayyadmanesh ushbu ro‘yxatdagilarga nisbatan mutanosib ravishda mashhurroq bo‘lsa kerak, u endigina 21 yoshda va 2023 yildan ko‘p narsa kutmoqda. Dastlab «Xall Siti»ga ijaraga o‘tgan eronlik futbolchi 2022 yilning yozida Kingston-apon-Xall jamoasi safiga doimiy shaklda o‘tdi. Ammo uning Qatar maydonlarida «Fors yo‘lbarslari» tarkibida bo‘lish umidi jarohat tufayli puchga chiqdi. Taxt vorisi sifatida Mehdi Taremi va Sardor Azmunni boshqarishda davom etayotgan Sayyadmanesh uchun 2023 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi oldidan formasini tiklash va «MKM» stadioni jamoasidan mustahkam o‘rin egallash asosiy maqsadlari bo‘ladi.


Musab al Juvayr - S.Arabistoni, «Al-Hilol»

Yosh o‘yinchilar uchun «Al-Hilol» kabi yulduzli jamoada asosiy jamoasiga o‘tish kabi qiyin muammo yo‘q. 19 yoshli Musab al Juvayr hisobida 19ta o‘yin borligi ham bundan dalolat. Qolaversa, Musab Osiyo Chempionlar Ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida debyut qilishga ham ulgurdi - bu esa oddiy yutuq emas. Ko‘p qirrali yarim himoyachi 2023 yil boshida to‘xtagan joyidan davom etadi va Saudiya Arabistoni termasi safida Iroqda bo‘lib o‘tadigan Fors ko‘rfazi kubogida ishtirok etadi. U yerda jamoani Saad Al Shehri boshqaradi va Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etmaganlarga imkon bermoqchi. Bu esa al Juvayrni muhim yil uchun ohangni belgilashga taklif qilmoqda.


Yukinari Sugavara - Yaponiya, «AZ Alkmaar» (Niderlandiya)

2019 yilda «Nagoya Grampus»dan ijara asosida «AZ Alkmaar» klubi safiga borib qo‘shilgan Yukinari Sugavara Niderlandiya futbolidagi to‘rtinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Biroq yaponiyalik himoyachi atigi 22 yoshda va uni buyuk kelajak kutmoqda. Alkmaarliklarning yorinbosarlaridan boshlagan Sugavara allaqachon ligada, shuningdek, Yevropa ligasida bir necha bor maydonga tushgan va 2023 yilda undan ko‘p narsa kutish mumkin.


Ibrohimxalil Yo‘ldoshev - O‘zbekiston, «Pari NN» (Rossiya)

Ibrohimxalil Yo‘ldoshev 2021 yilgi mavsumda «Paxtakor»ning chap qanotidagi ajoyib o‘yinidan so‘ng Osiyo Chempionlar ligasi muxlislari tomonidan eng yorqin yosh futbolchilardan biri sifatida e’tirof etilgandi. O‘shandan beri yigitcha O‘zbekistonning oddiy futbolchisi sifatida o‘zini namoyon qildi, milliy jamoamiz tarkibida 12ta o‘yin o‘tkazdi, Rossiya Premyer-ligasi vakili «Pari NN»ga o‘tdi va u yerda o‘z rivojlanishini davom ettirdi. Fevral oyida 22 yoshga to‘ladigan Ibrohimxalil o‘zbek iqtidori sifatida ajralib turishda davom etib, klub va xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatlarga intiladi.


Pratama Arxan - Indoneziya, «Tokio Verde» (Yaponiya)

Osiyo futbolida chap qanot himoyachilari orasida yosh iqtidorlar kam emas va indoneziyalik Pratama Arxan shu pozisiyadagi umidli yoshlarning yana bir namunasidir. Arxan terma jamoasi safida 20dan ortiq o‘yin o‘tkazishga ulgurgan, u endigina 21 yoshga to‘ldi va ASEAN kubogi-2020 turnirining eng yaxshi yosh futbolchisiga ham aylangandi. Arxan, shubhasiz, Indoneziya futbolidagi eng yorqin iste’dod egalaridan biri. 2022 yilda Arxan J-2 ligasi jamoasi «Tokio Verde»ga o‘tdi, u 2023 yilni yana bir ASEAN kubogidagi parvoz boshlamoqda, jamoasi o‘z guruhida Tailand bilan 1-o‘ringa jiddiy kurash olib bormoqda, chempionlik ham nasib etsa, ajabmas.


Garang Kuol - Avstraliya, «Nyukasl» (Angliya)

Garang Kuol 18 yoshga to‘ldi, lekin o‘tgan yilning sentyabrda Avstraliya termasidagi debyutiga qaramay, allaqachon e’tiborni tortmoqda. 18 yoshu 10 kunligida «Kengurular» safida ilk o‘yinini o‘tkazgan Kuol, 1996 yilda «Liverpul» va «Lids»ning sobiq yulduzi Garri Kyuelldan so‘ng, eng yosh futbolchi bo‘ldi va uning tez o‘sishi APL klubi «Nyukasl Yunayted» bilan shartnoma bilan taqdirlandi. Bu yerda u albatta oldinga siljishini ko‘rsatadi, hali.


Diraj Singx - Hindiston, «Goa»

Hindiston 2017 yilgi U-17 jahon chempionatiga mezbonlik qilganidan olti yil o‘tgach, mezbonlarning o‘sha paytdagi posboni Diraj Singx bugun 23 yoshda va u Hindistonning so‘ng­gi vaqtlardagi eng yaxshi darvozabonlaridan biriga aylanish yo‘lini davom ettirmoqda. Shotlandiyaning «Mazervell» klubi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar ijobiy hal bo‘lmadi, biroq Diraj 2021 yilgi OCHL guruh bosqichida «Goa» bilan debyut qilganiga qaramay, quruq o‘yinlar va ajoyib seyvlari tufayli yana gazetalar muqovasini bezadi, chunki guruh bosqichida Singx naq 26ta seyvni amalga oshirgandi. Hindiston terma jamoasida bir necha o‘yin o‘tkazgan manipurlik darvozabon 2023 yildagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida xalqaro debyutni ko‘radi.

Manba: the-afc.com, MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:00, 09.01.2023. O'qildi: 7541 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик