Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 1:0
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • -:-
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 31 72
2 Napoli 31 65
3 Milan 31 63
4 Komo 31 58
5 Yuventus 31 57
6 Roma 31 54
7 Atalanta 31 53
8 Bolonya 31 45
9 Lasio 31 44
10 Sassuolo 31 42
11 Udineze 31 40
12 Torino 31 36
13 Parma 31 35
14 Jenoa 31 33
15 Fiorentina 31 32
16 Kalyari 31 30
17 Cremonese 31 27
18 Lechche 31 27
19 Verona 31 18
20 Piza 31 18

O'tgan o'yinlar.

31-тур Sassuolo 2-1 Kalyari
31-тур Verona 0-1 Fiorentina
31-тур Lasio 1-1 Parma
31-тур Cremonese 1-2 Bolonya
31-тур Piza 0-1 Torino
31-тур Inter 5-2 Roma
31-тур Udineze 0-0 Komo
31-тур Lechche 0-3 Atalanta
31-тур Yuventus 2-0 Jenoa
31-тур Napoli 1-0 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

10/04/26 Roma - Piza
11/04/26 Kalyari - Cremonese
11/04/26 Torino - Verona
11/04/26 Milan - Udineze
11/04/26 Atalanta - Yuventus
12/04/26 Jenoa - Sassuolo
12/04/26 Parma - Napoli
12/04/26 Bolonya - Lechche
12/04/26 Komo - Inter
13/04/26 Fiorentina - Lasio

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Boks. AQSH, Shvesiya va boshqa qator mamlakatlar Toshkentdagi JCHga boykot e’lon qildi. Qozog‘iston esa qatnashishini ma’lum qildi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar
A A A

Hindiston (ayollar o‘rtasida) va O‘zbekistonda (erkaklar o‘rtasida) bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Jahon Chempionatiga boykot e’lon qildi, deya xabar qilmoqda “Gazeta.uz”.

8 fevral sanasida AQSH boks federasiyasi tashkilotning rasmiy saytida jamoaning erkaklar va ayollar o‘rtasidagi Jahon Chempionatlarida qatnashishdan bosh tortgani haqidagi bayonotni e’lon qildi. Bayonotda ushbu pozisiya tanlanishiga qator sabablar keltirilgan, biroq asosiy faktor sifatida Xalqaro boks assosiasiyasining (IBA) Rossiya va Belarus bokschilariga o‘z milliy bayroqlari ostida musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berilgani qayd etilgan.

USA Boxing rahbari Mayk Maketi Marokashda bo‘lib o‘tgan so‘nggi boks musobaqasida rossiyaliklar o‘z bayrog‘i va madhiyasi ostida ishtirok etganiga e’tibor qaratgan. Shuningdek, rahbar IBA’ga nisbatan boshqa e’tirozlar ham borligi qayd etgan. Maketining fikricha Jahon chempionatlarida ishtirok etish nafaqat Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining (XOQ) 2 fevralda tasdiqlangan sanksiyalarini, balki halol o‘yin va shaffoflik tamoyillarini ham buzadi.

AQSH ortidan Irlandiya boks federasiyasi (IABA) ham rossiyalik sportchilar musobaqaga qabul qilinganligi sabab erkaklar va ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatlarida ishtirokdan bosh tortishga qaror qildi. Bu haqida Irish Independent xabar bergan. IABA direktorlar kengashi turnirlarni boykot qilish uchun so‘rovnoma o‘tkazdi va unga ko‘ra 15 kishi buni yoqlagan, 5 kishi esa qarshi chiqqan.

Chexiya boks assosiasiyasi prezidenti Marek Simak Chexiya terma jamoasining Jahon Chempionatini boykot qilish istagini tasdiqladi. “Sport.cz”ga bergan intervyusida prezident bu qadamni Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va IBA Rossiya prezidenti Vladimir Putinga aloqador bo‘lgan rossiyalik Umar Kremlyov nazorati ostida qolayotganiga javob deb atadi.

Shvesiya boks assosiasiyasi rahbari Per-Aksel Shyoxolmning aytishicha, agar Rossiya va Belarus sportchilari musobaqada ishtirok etsa, mamlakat turnirni boykot qilishga qo‘shiladi.

"Bu yerda na demokratiya, na oshkoralik mavjud. Biz IBA’ning murojaatini qabul qilmaymiz. Demokratiya va shaffoflik yo‘q. O‘zgarishlarni amalga oshirish uchun bir necha yil harakat qildik, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadik. Shundan so‘ng ular Rossiya va Belarusga milliy bayroqlari ostida bellashishga ruxsat berishga qaror qildi", — uning so‘zlarini keltiradi “Chempionat” SVT nashriga tayanib.

Kanada boks federasiyasi ham ayollar va erkaklar o‘rtasidagi Jahon Chempionatini boykot qilishga qo‘shildi. Tashkilot rahbari Rayan O‘shi IBA’dagi korrupsiya tufayli sportning kelajagi haqida jiddiy xavotirda ekanligini aytib o‘tdi.

Qozog‘iston boks terma jamoasi esa Hindiston va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan chempionatlarda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan. Bu haqida Qozog‘iston boks federasiyasi rahbari Kenes Rakishev aytib o‘tdi.

Qozog‘iston boks federasiyasi rahbari turnirni boshqa davlatlar tomonidan boykot qilinishiga izoh berar ekan, qozog‘istonlik bokschilarning IBA tomonidan o‘tkazilayotgan Jahon Chempionatlarida ishtirok etishi ular raqobat tajribasini to‘plash nuqtai nazaridan zarurligini ta’kidladi.

XOQ qaroriga ko‘ra, 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida boks bo‘yicha musobaqalar bo‘lajak Jahon Chempionatini tashkil etishni rejalashtirayotgan IBA ishtirokisiz o‘tkaziladi. Shu sababdan bu turnir saralash maqomiga ega bo‘lmaydi va uning natijalari bokschilarning Olimpiadaga yo‘llanma olishiga asos bo‘lmaydi.

Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon Chempionati 15—31 mart kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida, erkaklar o‘rtasidagi Jahon Chempionati O‘zbekistonda 1—14 may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Umar Kremlyov 2020 yilning dekabridan buyon IBA’ni boshqarib kelmoqda. Bungacha u Rossiya boks federasiyasi bosh kotibi lavozimida ishlagan. U lavozimga tayinlangan paytda IBA’ning qarzlari 20 million dollarni tashkil qilgan. 2021 yilning may oyida Kreml barcha qarzlarning to‘liq qaytarilishini e’lon qilgan. 2022 yilda Kremlyov IBA prezidentligiga qayta saylandi.

2019 yil iyun oyida XOQ Ijroqo‘mi qarzdorlik sabab IBA’ning tashkilotga a’zoligini to‘xtatib qo‘ydi, ammo boksni Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlari dasturida saqlab qoldi va 2021 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida boks musobaqalarini tashkil etish XOQ tomonidan amalga oshirildi.

2022 yil fevralida XOQ Ukrainadagi vaziyat tufayli rossiyalik va belaruslik sportchilarni musobaqalarga qo‘ymaslikni tavsiya qilgan, mart oyida esa IBA Rossiya va Belarus bokschilariga xalqaro musobaqalarda qatnashishni taqiqlagandi. Biroq oktyabr oyida IBA rossiyalik va belaruslik bokschilarning diskvalifikasiyasini bekor qildi, sportchilarga xalqaro maydonlarda milliy bayroq va davlat madhiyalari ostida qatnashishga ruxsat berildi.

2022 yilning iyun oyida XOQ 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadadagi boks turniri yana IBA’dan holi tarzda o‘tkazilishini e’lon qildi. Bundan tashqari boks 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarining dastlabki dasturiga kiritilmagan.

Kiritildi: 20:31, 16.02.2023. O'qildi: 6754 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 16
2 Комо Anastasios Duvikas 11
3 Комо Niko Pas 10
4 Ювентус Kenan Yildiz 10
5 Наполи Rasmus Xeylund 10
6 Удинезе Kinan Devis 10
7 Аталанта Nikola Krstovich 9
8 Милан Rafael Leau 9
9 Интер Xakan Chalxanoglu 9
10 Сассуоло Andrea Pinamonti 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик