Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Faylasuf murabbiy

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

So‘nggi jahon chempionatiga Marokash terma jamoasi o‘zining ertaknamo ishtiroki bilan betakror jilo bergani kabi, eng sara klublar turniri bo‘lmish YECHL ham har mavsumda kutilmagan sensasiyalarga guvoh bo‘lamiz.

Oxirgi 5 yillikdagi yevrokubok musobaqalarida «Tottenxem», «Ayaks», «Lion», «RB Leypsig» va o‘tgan yilgi «Vilyarreal» shunday fantastik fokusni namoyish etgandi. Endi navbat «Benfika»ga keldi.

Pley-off bosqichida lissabonliklarga inqiroz davrini o‘tkazayotgan kamtarin «Bryugge»ning duch kelganligi «burgutlar» parvozi shiddatiga soya sola olmaydi. «Benfika» guruh bosqichida «Yuventus»ni YELga tushirib yubordi, «PSJ» bilan ikki marta durang o‘ynab, 2-o‘rin bilan kifoyalanishga majbur etdi. Mazkur muvaffaqiyat - bosh murabbiy Roger Shmidt­ning mehnatlari samarasi.

55 yoshli mutaxassis bir paytlar xorijda ishlashni xush ko‘rishini ta’kidlagandi. Buni qarangki, uning jamoalari doimo samarali va tomoshabop o‘yin ko‘rsatishgan. «RB Zalsburg», «Bayer» va «PSV» bunga misol bo‘la oladi. Endi «Benfika» chinakam burgutga xos parvoz qilmoqda. Shmidtning yana bir o‘ziga xos xislati - yosh o‘yinchilarni kamolotga yetkazish. Sadio Mane, Hoqon Chalxanoglu, Yulian Brandt, Son Xyun Min, Denzel Dyumfris va Kodi Gakpolar aynan uning rahbarligida ochildilar. Lissabonda murabbiy o‘zi istagan muhitga yetishdi.

«Benfika» falsafasi - yosh o‘yinchilarni asosiy jamoada o‘ynay oladigan darajaga yetkazish. Yuksak saviyaga erishganlarni sotish evaziga klub raqobatbardoshlik maqomini saqlab qoladi. Bu muxlislarga ham ma’qul. Chunki ular yosh o‘yinchilarni yoqtiradilar. To‘g‘ri, YECHLda munosib raqobat qilish uchun faqat o‘z tarbiyalanuvchilarimiz bilan kifoyalana olmaymiz. Lekin «Benfika» va unga o‘xshagan bir nechta jamoalarda yosh iqtidorlar jadal rivojlanadilar. Aynan shu jihat bu yerga kelishimga sabab bo‘lgan», - degandi Shmidt noyabr oyida bo‘lib o‘tgan «Futbol haqida o‘ylar» xalqaro sammitida bergan intervyusida.

Shunday yondashuv bilan murabbiy dadil qarorlarni amalga oshiradi. Masalan, avgustda uning e’tiborini jalb etgan ikkinchi jamoadagi 19 yoshli Antonio Silva 3 oydan keyin Portugaliya terma jamoasi bilan JCH-2022ga yo‘l oldi. Ijaralarda umrini o‘tkazayotgan omadsiz Florentino Luish va Enso Fernandeslardan samarali markazni shakllantirish ham Shmidtning ixtirosi. Argentinalik futbolchining salohiyati «River Pleyt»dayoq bo‘y ko‘rsatgan bo‘lsada, «Benfika»ning, YECHL va shaxsan Shmidtning ko‘magisiz mundial qahramonlaridan biriga aylanishiga ishonish qiyin.

Futbolchi shaxsi

Roger Shmidtning futbolga oid fikr-mulohazalari, nuqtai-nazari doimo qiziqarli bo‘lsada, u hech qachon murabbiylikni havas qilmagan va bu yumushni xobbi o‘rnida ko‘rgandi. Undagi jiddiy o‘zgarish «RB Zalsburg»­da, Ralf Rangnik ta’sirida yuz berdi. Leverkuzenda esa muxlislar uning sha’niga madhiyalar kuylashdi. Uslubga oid savollarga murabbiy jilmaygan holda har bir raqib uchun taktikani o‘zgartirish emas, balki taklif etilgan usulda to‘p surishga majbur etish kerakligini aytardi. 

Bundan tashqari, Shmidtga xos yana bir falsafa ham bor: «Kundalik hayotda odatiy inson va oddiy murabbiyman. Kimgadir o‘xshashni istamayman. O‘ylashimcha, futbolda murabbiy avvalo, samimiy bo‘lmog‘i lozim. Bu uning ishini yengillashtiradi. Futboldan zavq olish uchun futbolchilik davridagidek barcha imkoniyatimni sarflayman. Bu jamoaning muvaffaqiyatiga bog‘lik ekanligini bilaman. «Benfika»da bu doimo sovrinlar uchun kurashishni anglatadi. O‘yinchilar va texnik xodimlar bilan yaxshi sport formasiga erishish borasida muloqot qilishni yoqtiraman. Shunday qilish kerakki, muxlislar o‘zlarini baxtiyor va mag‘rur his etishsin. Bu men uchun eng ulkan motivasiya. Albatta, futbolchilar bilan munosabatning o‘ziga xos jihatlari bor. Men ularni boshqarishim va saboq berishim lozim, ammo har bir o‘yinchi o‘ziga xos shaxs. Men shuni ko‘rishga intilaman. Ular bor kuch-mahoratlari bilan o‘ynashlari uchun o‘zlarini baxt­li va xotirjam his etishlari shart».

Shu mazmundagi falsafa Shmidtga Mario Gyotseni kashf etish imkoniyatini berdi. «Futboldan quvonch topmoqchi bo‘lsang - safimizga qo‘shil» - Eyndxovenga yo‘l olish arafasida futbolchi shu chorlovni eshitgandi. Keyinchalik Mario aynan murabbiy ta’sirida kelganini e’tirof etgandi. 

Ideal sportchi

Shmidt Gyotseni Lissabonda ko‘rish istagida edi. Ispaniyadagi yozgi ta’til davrida futbolchi va murabbiy bir necha marta uchrashishgan, lekin JCH-2014 finalidagi oltin gol muallifi Bundesligaga qaytishga qaror qilgandi. Uning «Ayntraxt»ga o‘tgani murabbiyni ranjitdi, ammo tez orada Shmidt «Lokomotiv»ning sobiq yarim himoyachisi Joau Mariuni topib oldi. Hozir bu ittifoq shunchalik zo‘rki, Gyotse armoni unutildi. 30 yoshli futbolchining yanada samarali to‘p surishi mumkinligi ham ajablanarli hol, albatta. Fakt shuki, Mariu faqat ichki chempionatning o‘zida 14, YECHLda 6ta gol urdi. Avvalgi 6 mavsumda «Inter», «Lokomotiv» va «Sporting»da urgan umumiy gollari bundan kam. To‘g‘ri, gollarning ko‘pchiligi penaltilar evaziga urilgani ham haqiqat. Biroq shu qadar izzattalab jamoada penaltini samarali amalga oshirish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishning shunga yarasha bosimi ham bor. Qolaversa, «nuqta»dan zarba yo‘llash holatlari ham turlicha bo‘ladi. Masalan, xalqaro arenada «PSJ»dan ochkolar yoki «Yuventus»dan plef-off yo‘llanmasini tortib oladigan zarbalar ahamiyatini ichki musobaqalardagi penaltilarga tenglab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Mariu «burgutlar»ning eng yaxshi to‘purari bo‘lmish Gonsalu Ramushni muntazam ravishda samarali uzatmalar bilan ta’minlaydi.

«Joau Mariu - ideal sportchi. U doimo yuksak ishtiyoq bilan to‘p suradi, haqiqiy professional. Jamoadoshlari undan ibrat oladilar. U doimo to‘g‘ri qarorlarni qabul qiladi», - deydi murabbiy bir necha marta oyning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etilgan faxriy shogirdi haqida.

Bir paytlar «Lokomotiv» portugaliyalik xavbekni o‘z safiga jalb etishga oshiqmagan, «Inter» esa sabr qilishni istamagandi. Endi Moskvadagilar ham, Milandagilar ham afsusdan bosh chayqayotgan bo‘lsalar, ajabmas. Lissabonning «Benfika»ga muxlislik qiladigan qismi esa ayniqsa, joriy mavsumni o‘ta ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 04.04.2023. O'qildi: 1619 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик