Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ko Itakura: «Milliy jamoada sardorlik – bu o‘zgacha lahza»

Baho:
+ | -
OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Intervyular
A A A

Joriy mavsum boshida Bundesliganing yetakchi klublaridan biri - Menxengladbax «Borussiya»si safiga qo‘shilgan Ko Itakura darhol ijobiy fazilatlarini namoyon eta boshladi.

U shuningdek, Qatarda tashkillashtirilgan JCH-2022da himoyadagi ishonchli harakatlari bilan Yaponiya milliy jamoasining «pley-off» raundiga chiqishida katta rol bajarish asnosida yetuk futbolchiga aylanib ulgurganini isbotladi. Itakura mart oyida o‘tkazilgan Kirin chaqiruv kubogidan o‘rin olgan Kolumbiya termasiga qarshi bahsda esa «samuraylar»ni sardorlik bog‘ichi ostida maydonga boshlab tushdi. FIFA rasmiy sayti yaqinda Germaniya futbol mavsumining bosh kashfiyoti bo‘lishga da’vogar «Borussiya» M. himoyachisini maxsus suhbatga chorladi. Yaponiyalik mehnatkash futbolchi shu tariqa turli mavzularda gapirdi: Germaniyadagi sarguzashtlari, Qatar mundiali taassurotlari va chempionatdagi yorqin debyuti, Yaponiya milliy jamoasi uchun o‘ynash ishtiyoqi...

- Ko, Germaniya futboli yuqori divizionida o‘ynash qanday ekan?

- Nima desam ekan, Germaniyaga ko‘chib kelganimdan buyon o‘z salohiyatimni ikkinchi va birinchi Bundesligada sinab ko‘rdim. Shaxsiy fikrimcha, maydondagi yakkama-yakka duellar, jismoniy tayyorgarlik darajasi va tinimsiz faollik ushbu liganing yaqqol ajralib turadigan o‘ziga xos xususiyatlaridir. Oddiy aytganda, Bundesliga avvalo, jismoniy kuch va chidam talab etadi. 

- Menxengladbax «Borussiya»sida birdan yaxshi o‘ynab ketdingiz. Aytingchi, yangi klubda qanday murakkabliklarga yuz tutdingiz va o‘yinchilik sifatini aynan nimalar evaziga oshirdingiz?

- Aytishim shart emas, «Borussiya» afsonaviy tarixga ega, uy stadionida ham hamisha o‘zgacha muhit hukmron. Har safar maydonga tushganimda, bolalikdagi orzularim yodimga tushadi, ertaknamo muhit ichra yashayotganimni his qilaman. Albatta, ba’zi qi­yinchiliklar ham bo‘ldi, lekin ular aytishga arzimaydi. Muhimi, Bundesligadek nufuzli chempionat o‘yinlarida har hafta saviyali klubdoshlar davrasida ishlayapman, ular bilan birga o‘ynab, yulduz futbolchilarga qarshilik ko‘rsatyapman. Bunday muhitda barchasiga to‘g‘ri yondashsangiz, o‘yiningiz o‘z-o‘zidan rivojlanadi. Shunday ekan, maydondagi harakatimga sifat qo‘shilayotganida alohida sir yo‘q.

- Klubdoshlaringizdan qay biri sizni ko‘proq hayratlantirmoqda, e’tiboringizni o‘ziga tortmoqda?

- Albatta, Markus Tyuram. Gap shundaki, men himoya vakiliman, u esa hujumchi va ikkimiz mashg‘ulotlar jarayonida tez-tez yakkakurashlarga kirishamiz. Tyuram - jahon chempionatida Fransiya termasi tarkibidan joy olgan ajo­yib futbolchi. Muntazam ravishda shunday iqtidor bilan zimdan raqobatlashish koni foyda. Deylik, Markusga qarshilik ko‘rsatish asnosida yetuk hujumchilarni qanday to‘xtatish mumkinligi borasida ma’lum ko‘nikma hosil qilyapman. Xayriyatki, Tyuram bizning jamoada, aks holda, unga qarshi o‘ynashda ancha qiynalarmidim...?

- Ma’lum muddat jarohat tufayli chetda qolishingizga to‘g‘ri keldi. Bunday og‘ir pallada klub sizni talab darajasida qo‘llab-quvvatladimi?

- Oddiy va lo‘nda aytganda, «Borussiya» rahbariyati ham, murabbiylar shtabi ham har qanday holatda jahon chempio­natida ishtirok etishni xohlashim, buning ishqida yonayotganimni yaxshi bilardi. Asosiysi, jamoada hamma meni to‘g‘ri tushundi va ijobiy munosabatda bo‘ldi. Deylik, klub vakillari qo‘llaridan kelganicha qo‘llab-quvvatlashdi, tiklanish jarayonida hamisha yonimda bo‘lib, qo‘shimcha dalda berib turishdi. Aynan shunday g‘amxo‘rlik samarasi o‘laroq, vaqtida maydonga qaytdim va Qatarga yaxshi kayfiyatda bordim. Shu joyda bu jarayonda ishtirok etganlarga, ayniqsa, klubning shifokorlar shtabiga minnatdorchilik bildirishim shart.

- Qatar mundiali guruh o‘yinlarida muhim rol bajarib, Yaponiya milliy jamoasining «pley-off» raundiga chiqishiga katta hissa qo‘shdingiz. Biroq Xorvatiya termasiga qarshi kechgan «hayot-mamot» bahsida dis­kvalifikasiya tufayli maydonga tusholmadingiz. O‘sha payt qattiq afsuslangan va rosa siqilgandirsiz...

- Tushunarliki, guruh bosqichida 2ta sariq kartochka olish 1|8 finalda  o‘ynashdan mahrum etishini bilardim. Lekin futbolda gohida «sariq»dan qochishning iloji bo‘lmaydi, ayniqsa, himoyada o‘ynaganingda. Afsuslanishga hojat yo‘q, chunki yagona maqsadim jamoaga g‘alaba qozonishida yordam berish edi. Xususan, yigitlarimiz Xorvatiya termasi bilan bahsda ham ustun kelishlariga ishonardim va tribunada turib, ularga xotirjam muxlislik qildim.

- JCH-2022dan keyin Yaponiya milliy jamoasiga umumiy qarashingiz va tarkibdagi rolingiz nechog‘li o‘zgardi?

- Aytarli o‘zgarish yo‘q, lekin mutlaq ko‘tarinkilik bor. Misol uchun, endilikda milliy jamoa libosini har kiyganimda yanada ko‘proq lazzatlanyapman, muvaffaqiyatli to‘p surishga shubhalanmayapman. Qatarda ilk marta jahon chempionati o‘yinlaridan bahra oldim va taassurotlarni to‘liq tavsiflashim qiyin. Bilganim shuki, o‘rtaga millat g‘ururi tikilgan katta turnirda ishtirok etish - kuchli hayajon. Bu ma’lum darajada asabiy voqelik ham. Qisqasi, Qatarda unutilmas onlarni boshdan o‘tkazdik. Ehtimol, bunaqasi futbolchi hayotida bir marta bo‘lar... Chunki hech kimning ke­yingi jahon chempionatida ham jamoa bilan birga  bo‘lishi kafolatlanmagan. Shu nuqtai nazardan Qatar mundiali xotiralari yurakning tub-tubiga o‘rnashib ulgurdi. Albatta, Qatarda qahramonlarcha o‘ynagan yigitlar hali faollikni yanada oshirishlari va «moviy samuraylar»ni yuksaklikka ko‘tarishda davom etishlariga shubham yo‘q. Ajabmas, keyingi jahon chempionati Yaponiyaga yanada ko‘proq quvonch ulashsa, jumladan, shaxsan o‘zimga ham. Ungacha o‘yinimni ham tomonlama takomillashtirib borishim kerak.

- Yaponiya termasi o‘zining JCHdagi eng yuqori natijasini qanday yangilashi mumkin?

- Men uchun debyut sanalgan jahon chempionatida ko‘rdimki, guruhdan chiqishning o‘zi katta mashaqqat. Lekin agar har bir futbolchi o‘z o‘yinini yaxshilab borsa va Yaponiya termasining eng asosiy xususiyati - yagona kuch sifatida kurashishni o‘zimizda mujassamlashtirsak, yuksak natija qayd etish imkoniyati yuzaga kelishiga ishonaman. Shaxsan men uchun asosiysi - hamisha maydonda bor kuchni ishga solish va eng yuqori darajada harakatlanishga intilish.

- Kolumbiya termasiga qarshi kechgan Kirin chaqiruv kubogi o‘yinida ilk marta sardorlik bog‘ichini qo‘lga oldingiz..

- Yaponiya termasi sardorlik bog‘ichini taqish - o‘ziga xos lahza. Bu holat jamoani g‘alaba sari yetaklash ishtiyoqimni yanada kuchaytirdi.

- Kelajak uchun asosiy maqsad nima?

- Avvalo, har bir bo‘lajak o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rish, jarohatlardan qochish va jamoamning ishonchli tayanchiga aylanishni xohlayman. Menimcha, barqarorlik kelajakda turli imkoniyatlarni ochib beradi. Vazifaga jiddiy yondashish va har bir o‘yinda eng yaxshi sifatlarimni ko‘rsatish - ustuvor maqsad shu.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:29, 18.05.2023. O'qildi: 1642 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик