Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Tottenxem»ning yangi murabbiyi – «Liverpul» fanati

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Tottenxem» rahbariyati avvalgi hafta klubning yangi bosh murabbiyi shaxsini rasman e’lon qildi - Ange Postekoglu. Avstraliyalik mutaxassis bunga qadar Yevropada «Seltik» klubini boshqargan edi.

Lekin masalaning nozik tomoni shuki, u Angliya futbolida faqat «Liverpul»ga muxlislik qilgan...

Angliyalik jurnalistlar «Tottenxem» tanlovi e’lon qilingach, Ange Postekoglu tarixini titkilashga tushdilar va uning 2013 yili Channel 10 telekanali (Avstraliya)ga bergan intervyusini topishdi. Murabbiy unda bolaligidan «Liverpul»ga muxlislik qilishini aytgan va hattoki, «qizillar» haqida gapirishda «biz» iborasini ishlatgan. 

Tabiiyki, o‘sha intervyudan iqtiboslar ham keltirildi: 

«Deyarli butun umrim davomida faqat «Liverpul»­ga muxlislik qilganman. To‘g‘ri, 1971 yili Angliya kubogi finalida «Arsenal»ga yutqazganimizni uncha yaxshi eslolmayman, lekin shundan ke­yin chinakamiga muxlislik qila boshlaganman. Avvaliga Kevin Kigan, keyinroq Kenni Dalglish kabi futbolchilar haqiqiy qahramonlarimga aylanishdi. Albatta, Bill Shenkli tarixini to‘liq o‘qiganman, klubimiz ifodalagan o‘sha madaniyat va ko‘rsatgan o‘yinni juda qadrlayman. Qisqasi, «Liverpul»ni qo‘llab-quvvatlab ul­g‘aydim, shuning uchun bugun murabbiyman. Mohiyatan Bill Shenkli, Bob Peysli yonida, murabbiylar shtabi kengashi o‘tgan xonada, Ronni Moran, Jo Fegan, Roy Evans kabi yigitlar «davra»sida ulg‘aydim.  O‘sha falsafa hozir ham men bilan. Futbol butun dunyoda modaga aylanmasidan oldin jamoamiz to‘p nazoratiga asoslangan o‘yinni yuqori darajaga olib chiqqandi. Shaxsiy nuqtai nazarim bo‘­yicha bu hammani sehrlaydigan tajribadir. Umid qilamanki, avvaliga «Yunayted» ustidan g‘alaba qozonaman va bu orzudagi hafta bo‘ladi». 

Dunyoning ishlariga qarang, «Liverpul»ga muhabbat qon-qoniga singib ketgan murabbiy endi sevimli jamoasining asosiy raqiblaridan biri «Tottenxem»da ish boshladi...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:13, 01.07.2023. O'qildi: 1836 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик