Bugun 6 mart, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 05.03.2026 00:30
      • Aston Villa
      • 1:4
      • Chelsi
      • 05.03.2026 00:30
      • Fulhem
      • 0:1
      • Vest Xem
      • 05.03.2026 00:30
      • Brayton
      • 0:1
      • Arsenal
      • 05.03.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 2:2
      • Nottingem Forest
      • 05.03.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 2:1
      • Man. Yunayted
      • 06.03.2026 01:00
      • Tottenhem
      • 1:3
      • Kristal Pelas
  • Superliga
      • 05.03.2026 19:00
      • Navbahor
      • 0:1
      • Buxoro
      • 05.03.2026 19:15
      • Mash’al
      • 0:2
      • Lokomotiv
      • 05.03.2026 19:30
      • Surxon
      • 0:3
      • Neftchi
      • 06.03.2026 19:00
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Dinamo
      • 06.03.2026 19:15
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Nasaf
      • 06.03.2026 19:30
      • Xorazm
      • -:-
      • OKMK
  • «A» Seriya
      • 07.03.2026 00:45
      • Napoli
      • -:-
      • Torino
      • 07.03.2026 19:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Komo
      • 07.03.2026 22:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Udineze
  • La-liga
      • 07.03.2026 01:00
      • Selta
      • -:-
      • Real Madrid
      • 07.03.2026 18:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Malyorka
      • 07.03.2026 20:15
      • Levante
      • -:-
      • Jirona
      • 07.03.2026 22:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 2 6
2 Lokomotiv 2 6
3 Paxtakor 2 6
4 Buxoro 2 6
5 Andijon 2 3
6 Bunyodkor 1 3
7 Nasaf 1 3
8 Navbahor 2 3
9 Qizilqum 2 3
10 Dinamo 1 0
11 OKMK 1 0
12 Xorazm 1 0
13 Qo‘qon-1912 2 0
14 So‘g‘diyona 1 0
15 Surxon 2 0
16 Mash’al 2 0

O'tgan o'yinlar.

2-тур Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
2-тур Qizilqum 2-1 Andijon
2-тур Navbahor 0-1 Buxoro
2-тур Mash’al 0-2 Lokomotiv
2-тур Surxon 0-3 Neftchi

Navbatdagi o'yinlar.

06/03/26 Bunyodkor - Dinamo
06/03/26 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03/26 Xorazm - OKMK

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Asal oyi o‘rniga yig‘latuvchi «syurpriz»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

Fransiyalik futbolchi aeroportda uzoq yillik mahbubasiga o‘zgacha «syurpriz» ulashdi majburan.

U esa bundan yig‘lashni ham, kulishni ham bilolmay qoldi. Aniqroq aytsak, «Aston Villa»ning fransiyalik yarim himoyachisi Bubakar Kamara 3 iyun kuni uzoq yillik sevgilisi Korali Porrovekkioga uylandi. Futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda 2 milliondan ko‘p obunachisi bor mashhur model bilan 2019 yili tanishgandi. Juftlik o‘sha vaqtdayoq nikohdan o‘tgan bo‘lsada, 27 yoshli Korali to‘y marosimini naq 4 yil kutdi. Biroq to‘ydan keyingi voqelik uning uchun reja bo‘yicha ketmadi...

To‘g‘ri, yosh kelin-kuyov dabdabali marosim tashkil etishdi. Unda Pol Pogba, Kilian Mbappe, Felipe Koutinyo, Unai Emeri kabi futbol olamining taniqli namoyandalari qatnashishgani barchasini ko‘rsatib turibdi. Biroq chiroyli marosim kelinchakning xafagarchiligiga ulandi. Binobarin, sevishganlar rejalashtirilgan asal oyi Fransiya milliy jamoasi yig‘ini tufayli amalga oshmay qoldi. Gap shundaki, jamoa bosh bosh murabbiyi Didye Desham so‘nggi pallada Bubakarni Yevro-2024 saralash bosqichi doirasidagi o‘yinlarga jalb etdi. Diqqat qiling, «Aston Villa» vakili terma jamoadan qo‘ng‘iroq bo‘lgan pallada aeroportda turmush o‘rtog‘i bilan Maldiv orollariga reysni kutayotgandi. Oddiy aytganda, juftlik asal oyiga jo‘nab ketayotgandi. Biroq nasib emas ekan... 

Gap shundaki, Fransiya milliy termasi mashg‘ulotida kutilmagan holat yuzaga keldi - Adriyen Rabyo jarohatlanib safdan chiqdi. Oqibatda Didye Desham «Yuventus» yarim himoyachisi o‘rniga zudlik bilan Kamarani chaqirdi. Futbolchi ushbu xabarni xursandchilik bilan qarshi olgandir balki. Har holda, Fransiya terma jamoasi murabbiyi nazariga tushish oson emas. Ammo Korali xonim-chi? U turmush o‘rtog‘ining Fransiya termasiga borishidan quvonganmi yoki asal oyi chippakka chiqqanidan kuyungan? Juftlik safar jomadonlarini samolyot yukxonasidan qaytarib olganini hisobga olsak, belgiyalik model arosatda qolgani oydinlashadi. Ta’kidlanishicha, shundan so‘ng kelin-kuyov tezda ikki tomonga ketgan - Kamara terma jamoa lageriga, Korali esa alam ichida uyiga. «Umid qilamanki, turmush o‘rtog‘im mendan qattiq ranjimaydi», - dedi Kamara Franceinfo nashri muxbiriga.

Korali Porrovekkio bloger va seriallar, realiti-shoular yulduzi sifatida ham tanilgan model. U 2014 yili «Belgiya go‘zali» tanlovida g‘oliblikka da’vo qilgan, ammo oltin tojga bir qadam qolganida kurashdan chiqqandi. «Kulishni ham, yig‘lashni ham bilmaysan. Uzoq kutilgan asal oyi qoldirildi. Bu - hamma havas bilan boqadigan futbolchilar turmush o‘rtoqlari hayoti... Parij orqali Maldiv tomon uchishimiz kerak edi, ammo hozir samolyotdan tushib, Marselga qaytyapman. Ha, turmush o‘rtog‘ingizning mamlakat terma jamoasiga chaqirishlari yaxshi, lekin...», - deya qanday holatga tushganini tavsifladi model.

Eng ajablanadigan tomoni, Korali xonim turmush o‘rtog‘ining Fransiya milliy jamoasi libosidagi o‘yinini ko‘rolmadi. Aniqroq aytsak, Kamara Gibraltar (3:0) va Gresiya (1:0) termalariga qarshi kechgan o‘yinlarda maydonga tushgani yo‘q. Demak, u 2ta o‘yinda zaxira o‘rindig‘ini «isitish» uchun asal oyini qurbon qilgan bo‘lib chiqyapti.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:47, 02.07.2023. O'qildi: 4502 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 3
2 Пахтакор Doston Hamdamov 2
3 Пахтакор Piotr Pajishek 2
4 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
5 Қўқон-1912 Toma Tabatadze 1
6 Қизилқум Jambuli Jigauri 1
7 Қизилқум Islom Kenjaboyev 1
8 Андижон Aleksandr Andronikashvili 1
9 Андижон Dragan Cheran 1
10 Андижон Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.