Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 1:0
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • -:-
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 31 72
2 Napoli 31 65
3 Milan 31 63
4 Komo 31 58
5 Yuventus 31 57
6 Roma 31 54
7 Atalanta 31 53
8 Bolonya 31 45
9 Lasio 31 44
10 Sassuolo 31 42
11 Udineze 31 40
12 Torino 31 36
13 Parma 31 35
14 Jenoa 31 33
15 Fiorentina 31 32
16 Kalyari 31 30
17 Cremonese 31 27
18 Lechche 31 27
19 Verona 31 18
20 Piza 31 18

O'tgan o'yinlar.

31-тур Sassuolo 2-1 Kalyari
31-тур Verona 0-1 Fiorentina
31-тур Lasio 1-1 Parma
31-тур Cremonese 1-2 Bolonya
31-тур Piza 0-1 Torino
31-тур Inter 5-2 Roma
31-тур Udineze 0-0 Komo
31-тур Lechche 0-3 Atalanta
31-тур Yuventus 2-0 Jenoa
31-тур Napoli 1-0 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

10/04/26 Roma - Piza
11/04/26 Kalyari - Cremonese
11/04/26 Torino - Verona
11/04/26 Milan - Udineze
11/04/26 Atalanta - Yuventus
12/04/26 Jenoa - Sassuolo
12/04/26 Parma - Napoli
12/04/26 Bolonya - Lechche
12/04/26 Komo - Inter
13/04/26 Fiorentina - Lasio

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

David Rayya Aron Ramzdeylga qarshi: "Arsenal"ga yangi darvozavon nega kerak bo‘lib qoldi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Arsenal"ning 2021 yilning yozida APLni tark etgan "Sheffild Yunayted"dan Aron Ramzdeylni sotib olish qarori kulgili tuyulgandi. Ko‘pchilik, o‘shanda rahbariyatni 30 million funtni ko‘kka sovurishda ayblaydi. Biroq, Ramzdeyl xeyterlarning ovozini o‘sha mavsumdagi o‘yinlari bilan o‘chirib qo‘ya oldi. Oradan ikki yil o‘tib, "Arsenal"ga yana yangi darvozabon kerak bo‘lib qoldi. Mikel Arteta 40 million funt evaziga "Brentford"dan David Rayyani xarid qilmoqchi. Xo‘sh, nega bunday yo‘l tutilmoqda? O‘zi "Arsenal"ga yangi posbonning nima keragi bor?

2021/22 yilgi mavsumni Ramzdeyl qanday o‘tkazgandi?

Darvozabon "Arsenal"ga kelib, katta bosim ostida qoladi. U London klubiga kelishidan oldin ikki mavsum ketma-ket APLdan tushib ketgan jamoalarda harakat qilgandi. Shunga qaramay, unga bildirilgan ishonch oqlandi. Ramzdeyl mavsumni 73.4 foizlik seyv ko‘rsatkichi bilan yakunladi. U APLning eng yaxshi uchta darvozabonidan biriga aylandi.

2022/23 yilgi mavsumda Ramzdeyl o‘sishga erishdimi?

Bu savolga javob oddiy – HA! Garchand quruq o‘yinlar borasida Ramzdeyl yaxshi darajaga ega bo‘lsa ham, seyv borasida Ramzdeylni zo‘r deb bo‘lmasdi. Angliya terma jamoasi a’zosi 70.6 foiz natija qayd etdi. Bu esa APLdagi 11 o‘rin va o‘rtacha ko‘rsatkich sanaladi. Unga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan Rayyada esa 77.7 foizga tengdir.

Nega Arteta ikkita bir xil darajadagi darvozabon istamoqda?

Bu savolga ham aniq javob tayyor – Arteta maydondagi daqiqalar uchun futbolchilarni raqobatga undashni istaydi. Buni butun jamoa misolida ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Yurriyen Timber Ben Uaytga raqobat uchun olib kelindi. Vaholanki, Uayt o‘tgan mavsum biror joyda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymagandi. Leandro Trossard yanvarda Martinelli bilan kurashish uchun sotib olindi. Braziliyalik vinger o‘tgan mavsumni qanday darajada o‘tkazganganini esa bilasiz. Kay Xaversning kelishi birato‘la uchta pozisiya egalari – Saka, Edegor va Jezus uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i deyish mumkin. Shunday ekan, nima uchun Ramzdeylga raqobatchi olib kelinmasligi kerak? Ha, tarkibda Mett Tyorner bor. Ammo u tengma-teng darajada kurasha olmasligi ma’lum bo‘lgan.

"Arsenal" Ramzdeyldan kechmoqchimi?

Rayyaning kelishi, aslida, Ramzdeyl variantidan chekinishni anglatmaydi. Bu ingliz posbonini o‘z sport formasini yuqori cho‘qqiga olib chiqishga undaydigan omillardan biri bo‘ladi. Hammasi raqobat va o‘sish uchun qilinmoqda. Arteta Ramzdeylni Bernd Lenoga raqobat uyishtirish uchun olib kelgandi. Nemis futbolchisi o‘z darajasini yo‘qotgani sababli, Ramzdeyl uni ortda qoldirdi. Har qaysi pozisiyaga yangi futbolchi olib kelish bilan bosh murabbiy futbolchilarga yangi mujda yo‘llamoqda – maydonda faqat munosiblargina to‘p tepadi. Hech kimga, bunda ortiqcha imtiyoz taqdim etilmaydi. Albatta, adolat yuzasidan aytish kerakki, Ramzdeyl hali zaxiraga o‘tirib qoladigan darajadagi yirik xatoga yo‘l qo‘ymadi. Shu sabab uning asosiy tarkibdagi o‘rni saqlanadi. Biroq, Rayya undan o‘zib keta olsa, Arteta o‘zgarish qilishdan cho‘chimaydi.

David Rayya nimasi bilan ajralib turadi?

Rayya Ramdeylda bo‘lgan hamma sifatlarga egalik qiladi. Ispaniya terma jamoasi a’zosining seyv ko‘rsatkichlarini aytgandik. Shuningdek, Rayya oyoq bilan yaxshi harakat qiladi. Bu esa top-klublar uchun eng muhim omillardan biridir. Aslida "Arsenal" 2021 yildayoq Rayyaga taklif bilan chiqqandi. Ammo, o‘shanda "Brentford" qo‘ygan narxini pasaytirishdan bosh tortgan va "Arsenal" Ramzdeylni sotib olishga qaror qilgan. Rayyaning xaridida "Arsenal" darvozabonlar murabbiyi Inaki Sananing o‘rni katta bo‘lishi aytilmoqda.

"Arsenal"ning Rayya borasidagi qarori qat’iymi?

Rayya xaridi faqat jamoa foydasiga xizmat qilgan bo‘lardi. Darvozabonning o‘zi ham raqobat bor jamoaga o‘tishni niyat qilgan. U kurashni istamoqda. "Arsenal"ga esa shunday mentalitetga ega futbolchilar juda ham zarur. Ushbu transferdagi eng katta muammo har doimgidek pul masalasi. Bundan ikki yil ilgari "Arsenal" ispan futbolchisi uchun 30 million funt taklif etgan. Hozir esa 27 yoshli posbon evaziga 40 million funt so‘ralmoqda. "Brentford" Rayyaning narxini tushirishi niyatida emas. Ispaniya terma jamoasi a’zosi uchun "Bavariya" va "Tottenxem" ham qiziqish bildirgandi. Ammo aynan narx masalasi ularni o‘ylantirib qo‘ygan. "Arsenal" esa narxni tushirishga harakat qiladi. Bu borada voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

 

 

 

ISMATOV J.

 

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:53, 03.08.2023. O'qildi: 1585 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 16
2 Комо Anastasios Duvikas 11
3 Комо Niko Pas 10
4 Ювентус Kenan Yildiz 10
5 Наполи Rasmus Xeylund 10
6 Удинезе Kinan Devis 10
7 Аталанта Nikola Krstovich 9
8 Милан Rafael Leau 9
9 Интер Xakan Chalxanoglu 9
10 Сассуоло Andrea Pinamonti 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик