Bugun 10 sentyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 09.09.2025 05:00
      • Kolumbiya
      • -:-
      • Boliviya
      • 09.09.2025 05:00
      • Urugvay
      • -:-
      • Peru
      • 09.09.2025 05:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Chili
      • 09.09.2025 05:00
      • Paragvay
      • -:-
      • Ekvador
      • 09.09.2025 05:00
      • Argentina
      • -:-
      • Venesuela
      • 10.09.2025 04:00
      • Ekvador
      • 1:0
      • Argentina
      • 10.09.2025 04:30
      • Boliviya
      • 1:0
      • Braziliya
      • 10.09.2025 04:30
      • Venesuela
      • 3:6
      • Kolumbiya
      • 10.09.2025 04:30
      • Peru
      • 0:1
      • Paragvay
      • 10.09.2025 04:30
      • Chili
      • 0:0
      • Urugvay
  • Superliga
      • 10.09.2025 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 11.09.2025 18:30
      • Mash’al
      • -:-
      • Sho‘rtan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 20 43
2 Neftchi 20 42
3 Dinamo 20 38
4 OKMK 20 37
5 Paxtakor 20 36
6 Bunyodkor 20 35
7 Navbahor 20 32
8 Qizilqum 20 26
9 Surxon 20 23
10 So‘g‘diyona 20 21
11 Andijon 20 21
12 Xorazm 20 19
13 Qo‘qon-1912 20 18
14 Mash’al 20 18
15 Buxoro 20 17
16 Sho‘rtan 20 11

O'tgan o'yinlar.

20-тур Sho‘rtan 3-3 Navbahor
20-тур So‘g‘diyona 1-1 Dinamo
20-тур Neftchi 3-0 Mash’al
20-тур Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
20-тур Andijon 2-6 Paxtakor
20-тур Qizilqum 1-1 Bunyodkor
20-тур Surxon 1-2 Nasaf
20-тур OKMK 3-1 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

10/09/25 Nasaf - Buxoro
11/09/25 Mash’al - Sho‘rtan
12/09/25 So‘g‘diyona - OKMK
12/09/25 Dinamo - Andijon
12/09/25 Navbahor - Surxon
13/09/25 Qo‘qon-1912 - Qizilqum
13/09/25 Paxtakor - Neftchi
14/09/25 Bunyodkor - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3818 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1600 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Abbos Fayzullayevning kuchli tomoni ko‘p...

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbek futbolining eng yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan yosh futbolchilaridan Abbosbek Fayzullayev «Paxtakor»ni tark etib, faoliyatini Mosvkaning SSKA jamoasida davom ettirishga qaror qildi.

Tabiiyki, 19 yoshli hujumkor futbolchini Rossiya Premyer-ligasida hali ko‘pchilik tanimaydi. Shu bois, rossiyalik futbol ekspertlari va sport turlarini yoritayotgan turli manbalar o‘zbekistonlik o‘yinchi haqida ma’lumotlar to‘plash va uni muxlislarga tanitishga kirishib ketdi. «Dzen» platformasida Rossiya Premyer-ligasidagi transferlarni muhokama qilayotgan manbalar Abbosbek Fayzullayevning kuchli tomonlari va SSKA murabbiylar shtabi e’tibor qaratishi, o‘rgatishi kerak bo‘lgan jihatlar haqida ma’lumotlarni e’lon qildi.

Futbolchi haqida:

*** Abbosbek Fayzullayev 2021 yilning may oyida - 18 yoshida O‘zbekiston Superligasida o‘zini tarbiyalagan «Paxtakor» jamoasi safida debyut qildi. 2021|2022 yilgi mavsumda 26ta uchrashuvda qatnashib, 8ta gol va 2ta golli pas muallifi bo‘ldi.

*** Abbosbek Fayzullayev 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidagi o‘yini orqali katta klublar e’tiboriga tushdi. Hujumkor futbolchi O‘zbekiston terma jamoasining yaqqol yetakchisi sifatida ko‘zga tashlana boshladi.

*** Musobaqa yakunida O‘zbekiston futbolchilari bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi. Abbosbek Fayzullayev turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

*** Joriy mavsumda Fayzullayev «Paxtakor» safida 6ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasini 2 marotaba  ishg‘ol qildi va bir marta jamoadoshiga golli pas uzatdi.

Kuchli tomoni:

** Universalligi. Yosh hujumkor futbolchi o‘ng qanotdan ham, chap tomondan ham birdek hujum uyushtira oladi. Shu bilan birga markaziy yarim himoyachi vazifasini ham uddalay oladi.

** Tezkorlik. Fayzullayev jismoniy tomondan tezkor. Shuningdek, maydonda tez o‘ylab, kutilmagan qarorlar chiqara oladi.

** Dribling va texnika. Abbosbek Fayzullayevning bo‘yi baland emas va ixcham o‘yinchi. Bu unga harakatlar yo‘nalishini tez o‘zgartirish, ko‘p tomonlama harakat qilish imkonini beradi.

** Aniq pas. Abbosbek nafaqat qisqa paslarni, balki uzoq masofadan aniq to‘p uzatishning hadisini olgan. «Paxtakor»da ham, terma jamoada ham standart vaziyatlarda to‘p oldiga aynan u keladi.

Kamchiligi:

*** Taktik ko‘nikmalar. Abbosbek hali juda yosh. 19 yoshli futbolchi pozision o‘yin va harakat yo‘nalishlarini to‘g‘ri aniqlashni o‘rganishi kerak.

*** Bosh bilan o‘ynash. Tana tuzilish va bo‘y-basti Fayzullayevga ikkinchi qavatdagi kurashlarda ustunlik bermaydi. Biroq, Abbosbek bu kamchiligini bo‘ydor jamoadoshlariga turli masofalardan aniq va qulay pas uzatish bilan yopib yuboradi.

Xulosa:

** SSKA maydon markazida va har ikki qanot hujumi uchun qobiliyatli o‘yinchiga ega bo‘ladi. Ayrim futbolchilar jarohat olib, safdan chiqqan pallada Fayzullayev bir necha pozisiyadagi bo‘shliqlarni yopa oladi.

** Fayzullayev maydonda himoya va hujum chizig‘ini bog‘lab turishga qodir o‘yinchi. Bunda unga maydonni yaxshi ko‘ra olishi, o‘yinni to‘g‘ri o‘qishi va turli nuqtalardan aniq pas oshira olishi qo‘l keladi, deb yozmoqda sports.uz sayti.

Abbos transferiga munosabat

- To‘g‘risi, Abbos Fayzullayevni bilmayman, chunki o‘yinlarini bevosita ko‘rmaganman. Shuning uchun uning salohiyati, asosiy tarkibga kirish imkoniyatiga baho berolmayman. Menimcha, SSKA Fayyzullayevni tarkibni kuchaytirish maqsadida olgan. Lekin Fayzullayevni maqtashyapti. U 19 yoshda? Shunga nima, 16 yoshda ham terma jamoada o‘ynaydiganlar bor. Muxlislarning katta transfer kutishgani tushunarli. Lekin kimni olish masalasini fanatlar guruhi emas, rahbariyat hal qiladi. Qaysidir futbolchi sotib olindimi, bu bejiz emas. Jamoaga hech kimni shunchaki, olishmaydi. Endi Abbos nimalarga qodirligini amalda ko‘rsatishi kerak. Uni juda yaxshi fubolchi sifatida ta’riflashmoqda. Ko‘ramiz. Aleksandr Tarxanov (SSKAning sobiq futbolchisi). 

- Abbos Fayzullayevni yaxshi bilaman. Avval ham u haqda gaplashgan va e’tibor qaratgandik. Keling, yigitchaning SSKAga nechog‘li moslashishini kuzataylik. Har holda, u Rossiyada boshqacha hayot tarziga tushadi. Ko‘rganlarimga tayanib ayta olamanki, Abbos o‘ta iqtidorli va salohiyati katta futbolchi. Lekin Moskva boshqacha shahar, ko‘pchilik bu yerda yashab ketolmaydi. Fayzullayev kabi futbolchilar Janubiy Koreya, Yaponiyadek Osiyo mamlakatlari chempionatiga ko‘proq mos keladi, Yevropaga emas. Bunga Oston O‘runov yaqqol misol. U yaxshi o‘ynardi, lekin oxir-oqibat, hech narsa o‘xshamadi. Vaholanki, O‘runov juda kuchli salohiyatga ega futbolchi edi. Eldor Shomurodov uchun esa «Rostov»da hammasi zo‘r bo‘ldi. Demak, ko‘p narsa futbolchining o‘zi, xarakteri va maqsad sari intilishiga bog‘liq. Fayzullayevda ham hammasi o‘xshashiga tilakdoshman. Lekin futbolda iste’dodning yuzaga chiqishi jamoa, mamlakat muhiti va mentalitetiga ham bog‘liq. Asosiysi, Abbos SSKAning chempionlik yo‘lidagi harakatiga hissa qo‘shishi kerak. Ha, bu transferda o‘ziga yarasha plyus tomonlari bor. Yigitcha rus tilini yaxshi biladi, bu borada hech qanday muammoga uchramaydi. Lekin qaytaraman, u boshqacha hayot tarziga ko‘nikishi kerak. Boz ustiga, Moskva odamni o‘zgartirib yuborish nuqtai nazaridan xavfli shahar, ayniqsa, yoshlar uchun. Menimcha, Fayzullayev bo‘ladigan yigit va bularni tushunib turibdi. Qolaversa, O‘zbekistonda xorijga chiqayotgan futbolchilar uncha ko‘p emas, shunday ekan, ularda o‘zlarini ko‘rsatish ishtiyoqi baland. Deylik, Abbos o‘z salohiyatini namoyish qilsa, o‘zbekistonlik futbolchilarga e’tibor oshadi. Bu juda muhim faktor. Qisqasi, bu yigit o‘z xulqi va o‘yini bilan o‘z yurtidagi boshqa iqtidorlarga ham yo‘l ochib berishi mumkin. Andrey Kanchelskis («Navbahor»ning sobiq bosh murabbiyi). 

- Fayzullayev - yoshlar miqyosida o‘zini ko‘rsata olgan yigit. Umuman olganda, O‘zbekiston yoshlar termasi yetakchisi rolini bajardi. To‘g‘ri, jamoa ham yaxshi shakllangandi. SSKAga qay darajada mos tushishini esa oldindan aytish qiyin. Ko‘p narsa bosh murabbiyga ham bog‘liq. Transfer amalga oshirildimi, demak, unga ishonch bilan qarashmoqda. Fayzullayevning kuchli sifatlari? Texnikasi zo‘r, tezligi chakki emas. O‘yinini esa ozgina charxlash kerak. Jahon futbolida jismoniy ko‘rsatkichi bilan ajralib turmaydigan yulduzlar yetarli. Abbos hujum chizig‘iga yordam bera oladimi? Shunga urinadi, ammo u to‘purar emas va darrov gollar urishini kutish noto‘g‘ri. Jamoada gol urishga mas’ul boshqa futbolchilar bor. Masalan, Fyodor Chalov. Yosh futbolchining sifati sarflangan mablag‘ga mos. Yuriy Belous (futbol agenti).

Abbos Fayzullayev Moskvaning SSKA klubi safiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik 9-futbolchi bo‘ldi.

Birodar Abduraimov (1969-1970)

Vyacheslav Soloxo (1969-1970)

Oleg Burov (1984)

Gennadiy Denisov (1986) 

Davron Fayziyev (2000-2001)

Ulug‘bek Baqoyev (2001)

Aleksandr Geynrix (2003-2004)

Vitaliy Denisov (2003-2006)

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:46, 18.08.2023. O'qildi: 3048 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 11
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 10
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 Сурхон Rustam Turdimurodov 6
10 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.