Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dunyoning eng qimmatbaho darvozaboni

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Sarlavhani o‘qigach, qaysi posbon xayolingizdan o‘tdi?

Janluiji Donnarumma yoki Edersonmi? Balki Tibo Kurtua, balki Mark-Andre ter Shtegendir? Ajablanarli, lekin ular emas. Hatto Mayk Menyan, Alison va Yan Oblak ham emas. Gap «Portu» posboni Diogu Koshta haqida bormoqda.

Diogu Koshta kim va u qanday natijalarga erishgan?

«Transfermarkt» ro‘yxatida Koshtadan tashqari Donnarumma, Menyan va Kurtualar bahosi 45 mln. yevro qilib belgilangan. Biroq portal aynan portugaliyalik posbonni yetakchi sifatida e’tirof etgan. Diogu - Donnarummaning tengdoshi (24 yoshda). Biroq Jiji «Milan»dagi debyutini 2015 yilda nishonlagan bo‘lsa, Diogu 2019 yilning kuzida «Portu»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi. Bungacha posbon «ajdaholar» o‘rinbosarlari sharafini 2-ligada himoya qildi, o‘smirlar CHLda maydonga tushdi, turli yosh toifalaridagi terma jamoalarda to‘p surdi. Qisqasi, tajriba to‘plash uchun yetarli o‘yin amaliyotiga va sovrinlarga ega bo‘ldi. 2016 yilda Koshta 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar jamoasi qit’a chempionligi va eng yaxshi darvozabon unvonlarini qo‘lga kiritgandi. O‘shanda Diogu 6ta o‘yinda atigi bitta gol o‘tkazib yuborgandi. Lekin Ispaniyaga qarshi finaldagi o‘sha goldan keyin, penaltilar seriyasidagi ajo­yib seyvi bilan aybini yuvgandi. Shuningdek, 17 yoshli Diogu 2016 yilda 19 yoshlilar terma jamoasi safida ham 2 marta maydonga tushdi.

Yangi yil - yangi marralar

U19 termasi bilan Koshta Yevropa chempionatining kumush medali va ramziy terma jamoa safidan joy olishga sazovor bo‘ldi. 20 yoshlilar jamoasida esa JCHning chorak finaliga ko‘tarilib, penaltilar seriyasida Urugvayga imkoniyatni boy berdi. 2018 yilda Dioguning termasi avvalgi natijani yaxshilab, Yevropa chempioni bo‘ldi.

Klub miqyosida Koshta «Portu» bilan o‘smirlar CHLda g‘olib chiqdi, finalda «Chelsi»ni 3:1 hisobida mahv etdi. 2019G‘20 yillar mavsumida anchayin ulg‘aygan posbon Portugaliya va liga kubogi musobaqalarida asosiy jamoa tarkibidan joy oldi, keyingi mavsumda esa kattalar o‘rtasidagi YECHLda debyutini nishonladi.

2021 yil yozida Koshta U21 terma jamoasi bilan Yevro finaligacha yetib bordi, ramziy terma jamoa tarkibidan joy oldi. O‘sha turnirdan ke­yin Diogu «Portu»ning asosiy darvozaboniga aylandi. Shundan keyin navbat milliy terma jamoa sharafini himoya qilishga keldi. Yosh posbon tez orada «Lion»dagi Antoni Lopesh, «Roma»dagi Rui Patrisiu, «Betis»dagi Rui Silva, «Vulverxempton» posboni Joze Sadan ustun ekanligini isbotladi. Qatar mundialidagi barcha bellashuvlarda Portugaliya sharafini Koshta himoya qildi. Undan avval darvozabon 2 marta ichki chempionatda shohsupaga ko‘tarildi. Qo‘shimchasiga, mavsumdagi 15ta uchrashuvni «quruq» o‘tkazib, liganing eng yaxshi darvozaboni sifatida e’tirof etildi.

Keyingi mavsumda «Portu» chempionlikka erisha olmagan bo‘lsada, Diogu ishonchli faoliyatini davom ettirdi: penaltini hisoblamaganda, o‘z darvozasidan 15ta to‘p o‘tkazib yubordi. Darvoqe, 11 metrli jarima zarbalari haqida. O‘tgan yildagi YECHLda Diogu birdaniga 2ta rekord o‘rnatdi:

• Turnir davomida 3ta «nuqta»dan yo‘llangan zarbani bartaraf etdi;

• Bitta uchrashuvda penaltini qaytardi va samarali uzatmani amalga oshirdi.

Diogu Koshtaning  ustunlik jihatlari

11 metrli jarima zarbalarini qaytarish - Dioguning asosiy «fishka»laridan biri. Uning darvozasi tomon yo‘llangan 35ta zarbaning 11tasi (31 foizi) samarasiz bo‘ldi.

Koshtaning yana bir ajoyib qobiliyati - oyoqlari bilan to‘p surish. O‘ta sovuqqon Diogu pressingdan qo‘rqmaydi, jamoadoshlarining bo‘shliqqa o‘tishlarini kutadi. Xuddi markaziy himoyachidek o‘ynaydigan posbon juda ko‘p vaziyatlarda sheriklarining kamchiliklarini tuzatadi.

Shu bilan birgalikda, Koshta o‘zining asosiy vazifasini unutmaydi, chaqqonligi evaziga kasbdoshlariga nisbatan ko‘proq seyvlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, tezkorligi evaziga raqiblarini u bilan yakkama,yakka vaziyatga chiqish imkoniyatidan mahrum etadi.

Koshtaning yuksak salohiyati grandlar e’tiborida:

• 2022 yil noyabrida «Portu» Dioguni 75 mln. yevrodan kamiga sotmasligini bildirdi, baho «MYU»ni qoniqtirmadi;

• Shu yilning yanvarida «Bavariya» «MYU»ning taklifini takrorladi va aynan shunday javobni oldi;

• Iyunda «MYU» yana bahoni pasaytirishga urinib ko‘rdi, natija bo‘lmagach, Andre Onanani xarid qildi;

• «MYU» bilan parallel ravishda «Chelsi» ham kurashga kirishdi. Biroq «Portu» 75 millionni birdaniga to‘liq to‘lashni talab qildi, «Chelsi» talabni bajara olmadi.

Uchta variant barbod bo‘ldi. Lekin darvozabon top-klubda o‘ynashga ulgurishini yaxshi biladi: «Sevimli jamoa sharafini himoya qilish - baxt va sharaf! Ketishim haqidagi gap-so‘zlar juda ko‘p, biroq shartnomam 2027 yilgacha mo‘ljallangan».

Haqiqat yuzasidan olganda, Diogu o‘ta jiddiy xatoliklarga ham yo‘l qo‘ygan: eng asosiylari - JCH-2022 doirasidagi Gana va Marokash terma jamoalariga qarshi bellashuvlarda. Biroq uning yuksak salohiyati bu kamchiliklarni yuvib yubordi, hozir ekspertlar uni Donnarumma, Kurtua va Menyanlar bilan yonma-yon qo‘yishmoqda. «Portu» esa o‘z qadrini biladi, u juda yuqori. Lekin Koshtaning top-ligaga o‘tishi ham ertami-kechmi, yuz berishi aniq. Yangi ish joyida uning ayrim kamchiliklariga barham berilsa, uzoq yillar davomida yangi Iker Kasilyas maqomida to‘p surishiga shubha yo‘q. Aytgancha, faoliyatini Portugaliyada yakunlagan Iker navqiron Dioguning taraqqiyotini bevosita o‘z ko‘zlari bilan kuzatib borgan. Afsonaviy darvozabon 2018 yilda yosh hamkasbi mahoratiga yuksak baho bergandi: «Bu yerda yangi yulduz ko‘tarilmoqda. Uning ism-sharifi Diogu Koshta. O‘ylaymanki, undan o‘ta mohir darvozabon chiqadi».

Oradan 5 yil o‘tdi, hozircha afsonaning bashorati o‘zini to‘liq oqlamoqda.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:48, 14.11.2023. O'qildi: 2227 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик