Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi 20 ta transfer nomi ma’lum qilindi. Ularning hech biri Fergyusondan keyin olib kelinmagan

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

FourFourTwo nashri tomonidan "MYU" qilgan eng yaxshi xaridlarning top yigirmataligi ma’lum qilindi. Ro‘yxatni ko‘rgan muxlislar anglaydiki, keltirilgan futbolchilarning hech biri 2013 yildan keyin sotib olinmagan. Ammo so‘nggi o‘n yilda bu jamoa 1.5 milliard funtni transferlar uchun ishlatgan. Katta pulga sotib olingan Pol Pogba  Anxel Di Mariya, Jeydon Sancho va Xarri Maguayrlar tuzilga ro‘yxatga yaqin ham kela olishmadi. Xattoki, klub tarixida eng uzoq xizmat qilgan futbolchilardan biri bo‘lgan David De Xea ham 20 talikka kira olmadi. U 32 talik ro‘yxatning 23 pog‘onasidan joy oldi. Uning oldi va ketida Pol Ins va Ole Gunar Sulsher turibdi.

Birinchi o‘rinni kutilganidek Brayan Robson oldi. Sobiq yarim himoyachi "MYU" uchun jami 465 ta o‘yinda 100 ta gol urishga erishgandi. U 1981 yilda "Vest Brom"dan 1.5 million funtga sotib olinadi. Ikkinchi o‘rinni Denis Lou egallagan bo‘lib, u 1961 yilda "Torino"dan 115 ming funtga xarid qilinadi. Qirol nomi bilan mashhur hujumchi 11 yil davomida klubda 237 ta gol urishga erishgandi. Yana bir qirol nomiga munosib ko‘rilgan futbolchilardan biri bu hammamizga yaxshi tanish Erik Kantona. Fransuz 1991 yilda "Lids Yunayted"dan 1 million funtga transfer qilinadi.

Barcha davrning eng yaxshi to‘purari Ueyn Runi hamda afsonaviy darvozabon Piter Shmeyxel kuchli beshlikni yakunlaydi. Sobiq jamoa sardorlari Roy Kin va Rio Ferdinand mos ravishda olti va yettinchi o‘rinda joylashgan bo‘lsa, Ronaldu o‘zining 2003 yildagi transferi sababli sakkizinchi pog‘onaga qo‘yildi. Golland hujumchisi Rud van Nistelroy 219 ta o‘yindagi 150 ta goli bilan 9, Denis Irvin esa kuchli o‘nlikka yakun yasab bergan.

Hammamizga hozirda murabbiyligi bilan tanilga Stiv Bryus o‘zining 1987 yildagi transferi bilan keyingi o‘ringa joylashdi. 1950 yillar afsonasi Tommi Teylor esa 12 o‘rinda turibdi. Teylor o‘sha mash’um, 1958 yilgi Myunxen reysida fojiali halok bo‘lganlar safida edi.
Gari Pallister 13, ajoyib darvozabon Edvin van der Sar 14 hamda Nemanya Vidich 15 o‘ringa loyiq ko‘rilgan.
Brayan Makkleyr va Pol Makgart keyingi ikkita pog‘onani band etib kelgan bo‘lsa, Ser Aleksning sevimli shogirdladi bo‘lgan Maykl Karrik va Patris Evralar mos ravishda 18 va 19 o‘rinlarni egallagan. Ro‘yxatni 1975 yilda "Tranmir"dan sotib olingan va "MYU"ga sakkiz yil davomida yordam bergan Stiv Koppell yakunlab beradi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 20:55, 14.11.2023. O'qildi: 3195 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик