Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mundialning mitti yulduzchalari

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Boshqa rasmiy turnirlar / Yoshlar (U17) o‘rtasida JCh
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘ta yorqin triller bilan nihoyasiga yetgan o‘smirlar o‘rtasidagi JCH yoshga nisbatan juda qiziqarli, murosasiz va keskin kurashlarga boy tarzda o‘tdi.

Tabiiyki, musobaqada o‘z mahoratini namoyish etgan yosh iqtidorlar uchun top-klublar o‘rtasidagi kurash ham qishki transfer mavsumini qizdiradi. Keling, turnirda FIFAning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgan o‘yinchilar bilan tanishib chiqaylik.

  •  «Oltin to‘p» - Paris Brunner (Germaniya terma jamoasi vingeri)
  •  «Kumush to‘p» - Hamidu Makalu (Mali terma jamoasi tayanch yarim himoyachisi)
  •  «Bronza to‘p» - Matis Amigu (Fransiya terma jamoasi tayanch yarim himoyachisi)
  •  «Oltin butsa» - Agustin Ruberto, 8ta gol (Argentina terma jamoasi hujumchisi)
  •  «Kumush butsa» - Ibragim Diarra, 5ta gol (Mali terma jamoasi vingeri)
  •  «Bronza butsa» - Klaudio Echeverri, 5ta gol (Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi)
  •  «Oltin qo‘lqop» - Pol Arnye (Fransiya terma jamoasi)

Hamidu Makalu - 17 yoshda, jamoa katalizatori, turnir kashfiyoti

Garchi u o‘z pozisiyasi uchun past bo‘yli (164 sm.) bo‘lsada, buni Hamidu ajoyib qurolga aylantirib oldi: to‘pni ishonchli nazorat qiladi, yakka kurashlarda ko‘proq g‘olib chiqadi, uni to‘xtatish juda qiyin. Hamidu ayni kerakli pallada - 3-o‘rin uchun bo‘lgan o‘yinda yuksak saviyani namoyish etdi. Argentinaga qarshi bahsda 7ta muhim uzatmani amalga oshirdi, 11ta duelda g‘olib chiqdi, 4ta aldamchi harakatlari va ajoyib goli bilan hammani lol qoldirdi. Turnirda Makalu ikki marta o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi, jamoada esa bir necha ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetakchi. JCHdan avval Hamiduni APL klubi akademiyasi ko‘rikka taklif etishgandi - endi qabul qilishsa, ajabmas. Hamidu JMG akademiyasining tarbiyalanuvchisi, hozir Malining «Guidars» klubi a’zosi.

Ibragim Diarra - 16 yoshda, vinger, Mali terma jamoasi sardori, turnirning ikkinchi eng yaxshi to‘purari va assistenti

Turnir davomida Ibragim faqat bir marta (Ispaniya, 0:1) maydonni samarali harakatlarsiz tark etdi. Uni deyarli «Barselona» o‘yinchisi, deyish mumkin. 2-turdan keyin Kataloniya OAV shartnoma imzolangani haqida yozishgandi. Yagona to‘siq - balog‘at yoshga yetmaganligi. Mundialdagi sermahsullikdan (5Q4) tashqari, Diarra 18ta muhim uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Jismonan o‘ta baquvvat, kuchli zarba va yuqori tezlik ega bo‘lgan 180 sm.li o‘yinchidan to‘pni tortib olish juda qiyin.

Klaudio Echeverri - 17 yoshda, pleymeyker, 

Argentina terma jamoasi

«River Pleyt» muxlislaridan shaytoncha laqabini olgan sardor Kopa U17dan keyin yana bir ajoyib turnirni o‘tkazdi. JCHda u 5ta gol, 1ta assist, 16ta muhim uzatma va shuncha aldamchi harakatni amalga oshirdi. Turnirdagi ikkinchi eng yorqin ijodni esa chorak finalda Braziliyani tiz cho‘ktirish orqali namoyish etdi. Hozir «PSJ», «Manchester Siti», «Real» va «Atletiko» Echeverrini o‘z tomoniga og‘dirish harakatida. Futbolchining o‘zi «Barselona»ga o‘tish niyatida. Lekin transfer qishda amalga oshirilmasligi ham mumkin - shaytoncha «River Pleyt»dagi faoliyatini davom ettiradi.

Paris Brunner - 17 yoshda, vinger, Germaniya terma jamoasi

Chempionlar yetakchisi. O‘tgan mavsumda «Borussiya Dortmund»ning 17 yoshgacha bo‘lgan jamoasida ko‘pchilik e’tiborini tortgandi. Xalqaro arenada esa shu yilning yozida o‘zini ko‘rsatdi: terma jamoa bilan Yevroda g‘olib chiqdi va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Keyin 17 yoshlilar o‘rtasida Germaniyaning eng iqtidorli futbolchisi sifatida Fris Valter mukofotiga sazovor bo‘ldi. JCHda Paris xuddi Yevrodagi kabi hujum chizig‘ining yo‘lboshchisi bo‘ldi, har bir olg‘a intilishida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Brunner vinger uchun eng muhim jihat - raqiblarini qay tariqa ortda qoldirish ilmini puxta egallagan. To‘pni nazorat qilish vaqtida qulay holatni kutadi va qo‘qqisdan tezlik oladi. Turnir davomida birorta futbolchi uni zararsizlantirishni uddalay olmadi. Argentinalik Dilan Gorosito nisbatan jiddiyroq qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsada, Paris baribir, uni ham aldab o‘tib, samarali uzatmani amalga oshirdi. Bir ozdan keyin o‘zi raqib darvozasini ishg‘ol etdi. u chindan ham jahon miqyosidagi iqtidor sohibi. Biroq germaniyalik jajji yulduzcha kamchiliklardan xoli emas. U ham bo‘lsa - intizomsizlik. Mashg‘ulotlar jarayonida «Borussiya» Brunnerning jismoniy tayyorgarligidan tashqari, tartib-intizomiga ham alohida e’tibor qaratadi. Klub ikki marta unga nisbatan so‘nggi chora - diskvalifikasiyani qo‘llashga majbur bo‘lgandi. Avvaliga futbolchi o‘tgan mavsumda, ikkinchi marta bundan atigi 1,5 oy muqaddam mashg‘ulotga kechikib kelgani uchun jazolandi. Klub buni rasman e’lon qilgan, lekin tafsilotini oshkor etmagandi.

Agustin Ruberto - 17 yoshda. Argentina terma jamoasi hujumchisi

Barcha yosh toifalaridan qat’iy nazar, JCHda eng yaxshi to‘purar unvoniga sazovor bo‘lgan yettinchi argentinalik hujumchi. Viktor Osimxenning rekordini takrorlashga atigi 2ta gol kamlik qildi - nigeriyalik yosh snayper 2015 yilda 10ta gol urgandi. Argentina futbolidagi yangi davr! Merganlik mahoratidan tashqari, Agustin mehnatsevarligi bilan ham yaqqol ajralib turadi. Mundialda u 66,22 km. masofani bosib o‘tdi. O‘smirlar terma jamoasidagi porloq faoliyatini esa, Echeverri kabi apreldagi Kopa Amerika turniri bilan boshlagan: 4ta gol, 2ta samarali uzatma. Lekin o‘shanda uning ulushi mundialga nisbatan ancha kamtarin bo‘lgandi. Boisi, dastavval Ruberto himoya chizig‘ida to‘p surgan, keyinchalik darvozani ishg‘ol etishga bo‘lgan ishtiyoq tufayli, oldingi chiziqqa o‘tgandi. Agustin Klaudio Echeverri bilan anchadan beri tanish - «River Pleyt»ning o‘smirlari safida yonma-yon to‘p surishgan, hatto yagona yetakchilik uchun o‘zaro bahslashishgan. Rubertoning ilk ustozi Xuan Xose Borelli tandemga quyidagicha baho bergandi: «Klaudio texnika bobida kuchliroq, u , driblyor. Agustin esa - jarima maydonchasi yaqinidagi qotil. U golni oldindan his etadi, kuchli zarba sohibi, bosh bilan yaxshi o‘ynaydi». Yana bir farq shuki, Agustin hozircha, milliy terma jamoada maydonga tushmagan. Lekin mundialdagi muvaffaqiyatdan keyin orzusiga yetishi aniq.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 17:54, 24.12.2023. O'qildi: 2347 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик