Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Odil Ahmedov «Nissa»dan taklif borligiga qaramay, Xitoyga o‘tganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatida «Nissa»dan taklif bo‘lganini aytib o‘tdi.

– Mavsum-2016/17 qishida oldimda 2 ta variant bor edi: «Nissa» menga kam maosh taklif qilib, transfer summasini to‘lashga tayyor edi. «Shanxay»ning imkoniyatlari butunlay boshqa edi. O‘shanda deyarli 30 yoshdi edim. Shuning uchun Xitoyni tanladim.

– 2011 va 2013 yillarda siz Yevropada o‘ynash orzu qilardingiz, ammo 2017 yilda Xitoyni tanladingiz? Nima o‘zgarib qoldi?
– 24-26 yosh paytida Yevropaga ketgan bo‘lardim, 29 yoshda esa maqsadlar biroz o‘zgardi. Xitoyda kuchli futbolchilar yig‘ilayotgandi. Bu ham sabablardan biri bo‘ldi.

– Siz «Krasnodar»da deyarli 2 mln yevro yillik maosh olardingiz. Xitoy bundan qancha ko‘p maosh to‘lagan?
– Ikki marta.

– «Ahmedov futbolni emas, pulni tanladi». Bunday gap-so‘zlarga munosabatingiz qanday?
– O‘zbekitonda ham shunday yozishgandi. Ishonchim komil, shunday yozayotganlarning o‘ziga shunday taklif tushsa, albatta uni qabul qilgan bo‘lardi. O‘sha paytda Xitoydan shunaqa takliflar bo‘lgan bo‘lsa, hozir Saudiya klublari shunday yo‘l tutmoqda.

– Xitoyda mavsum boshlanishiga bir oy vaqt qolganida maydonda o‘ynaydigan legionerlar soni 3 nafarga qisqartirildi. Klubdagilar buni qanday qabul qilishdi?
– Bu kutilmagan voqea bo‘ldi. Klubdagilar Federasiya bilan talashib-tortishishdi, ammo bunga rozi bo‘lishdan boshqa variant qolmadi. Andre Villash-Boash o‘shanda legionerlarga bir o‘yinchi navbati bilan uchrashuvni o‘tkazib yuborishini aytgandi. Shunday bo‘ldi ham.

– Xitoy futboli nimasi bilan yodda qolgan?
– Futbol asosan legionerlar hisobiga "tirik" edi. Kim kuchli legioner bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa, o‘sha chempionlik uchun kurashdi. Deyarli barcha stadionlar yangi edi va ular hamisha muxlislar bilan to‘lardi. Rossiyadan farqli o‘laroq tomoshabinlar futbolchilarni hech qachon so‘kmasdi. Aksincha, faqat qo‘llab-quvvatlardi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 09:16, 26.12.2023. O'qildi: 4833 marta. Fikrlar: 10 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик