Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 23 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Osasuna 24 30
10 Xetafe 24 29
11 Atletik Bilbao 23 28
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Jirona 23 26
15 Elche 24 25
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Meydston» mo‘’jizasi: Oltinchi diviziondan Angliya kubogi 1/8 finaliga!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mamlakat kuboklari / Angliya: FA kubogi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliya kubogiga xos «sehr-jodu» joriy mavsum ham ishga tushdi: ingliz futboli piramidasidagi Oltinchi divizion vakili «Meydston Yunayted» klubi 1/8 final ishtirokchilari qatoriga qo‘shildi. Diqqat, yarimprofessional jamoa 1/16 final o‘yinini Chempionship peshqadamlaridan biri «Ipsvich» maydonida o‘tkazib, ortga sehrli g‘alaba bilan qaytdi - 2:1. Chinakam mo‘’jiza uchun «Meydston»ga atigi 2ta zarba va to‘p nazorati bo‘yicha 22 foizlik ko‘rsatkich kifoya qildi. Endi klub kubok turniridan tushgan 400 ming funtni yangi maydon barpo etishga yo‘naltiradi.

Tabiiyki, «Meydston»ning «Ipsvich» to‘sig‘idan o‘tishiga hech kim ishonmagandi. Hattoki, mezbon jamoa o‘yinda energiya tejashni lozim topdi, bukmekerlar esa uning g‘alabasiga atigi 1,1 koeffisiyenti bo‘yicha pul qabul qilishdi. «Ipsvich» bosh murabbiyi jumladan, jamoaning joriy mavsumdagi eng samarador futbolchisi - yarim himoyachi Konor Chaplin (9ta gol va 6ta assist)ni zaxirada qoldirdi bamaylixotir. Xullas, hech kimda mezbonlarning osongina g‘alaba qozonishlariga shubha yo‘q edi. To‘g‘ri, Chaplin ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi, ammo jamoasiga hech qanday yordam berolmadi. Diqqatga sazovor tomoni, «Meydston Yunayted» o‘z imkoniyatidan to‘liq, 100 foiz foydalandi - butun o‘yin davomida 2ta zarba va 2ta gol! «Ipsvich» futbolchilari esa raqib jamoa darvozasi tomon naq 37 marta zarba yo‘llashdi, to‘p nazorati bo‘yicha 78 foizlik ko‘rsatkich qayd etishdi. Ammo o‘sha oqshom «omad» atalmish sehrli xilqat butunlay Oltinchi divizion ishtirokchisi taraf o‘tib olgandi.

Mana, xG (kutilgan gol) ko‘rsatkichiga qarasangiz, sensasiya kuzatilganiga ishonish mushkul: 3,76ga qarshi 0,85 (ba’zi manbalarda bu boradagi farq 5 baravardan ham ko‘p). Uchrashuvning bosh yulduzi darvozabon Lukas Kovolan naq 12ta «seyv» to‘pladi. «Meydston»ning notanish kiperi «Lester»dan ijara kelishuvi asosida olingan yarim himoyachi Jeremi Sarmiyento zarbasini hisobga olmaganda, qolgan barchasini bartaraf etdi. Kovolan allaqachon 32 yoshni urib qo‘ygan, u vaqtida braziliyalik Filippe Koutinyo bilan 1ta akademiyada tahsil olgan. Darvoqe, braziliyalik ilk marta Milliy liga (Beshinchi divizion) o‘yinining so‘nggi soniyalari «Torki» klubi uchun urgan goli ortidan ko‘zga tashlangan edi. Yarimprofessional jamoadan yana hujumchi Lamar Rey-nolds­ni alohida maqtash kerak. U sehrli oqshomda 1tadan gol va assist qayd qildi. Bu forvard faoliyati davomida Liga 2 darajasigacha ko‘tarilgan, ammo asosan Beshinchi va Oltinchi divizionda o‘ynamoqda.

Endi ushbu sensasiyaning bir qator ajoyib faktlariga e’tibor qaratamiz:

*** «Meydston» 1977/1978 yillar mavsumidan buyon Oltinchi divizondan Angliya kubogi beshinchi bosqichiga chiqqan birinchi jamoa bo‘ldi. O‘shanda «Blit Spartans» mamlakat kubogi 1/8 finaliga chiqqan va ancha mashhur «Reksem» tomonidan to‘xtatilgandi. Darvoqe, «Spartans» hali ham Oltinchi divizionda (Shimoliy Milliy liga).

*** «Meydston»ning kubok turniridagi sehrli yurishi 2023 yilning 16 sentyabr kuni boshlangan edi. Yarimprofessional futbolchilar 1/8 finalga qadar 6ta raqib to‘sig‘idan o‘tishdi, ular orasida «Ipsvich» eng saviyalisi hisoblanadi. Har holda, «Meyd­ston» bungacha Chempionship vakiliga to‘qnash kelmagandi.

***«Meydston» hozirgi ishtirok ortidan allaqachon 400 ming funtni naqd qildi. Jamoa rahbariyati esa bu mablag‘ni yangi maydon qurishga sarflash haqida qaror qabul qilishga ulgurdi. Shu tariqa kamtarin jamoa endi tabiiy eski maydoni bilan cheklanib qolmaydi. Sun’iy maydon loyihasi bo‘yicha ish boshlanib ketdi.

«Meydston bosh murabbiyi Jorj Elokobi («Vulverxemp­ton»ning sobiq himoyachisi) mo‘’jizaviy o‘yindan keyin o‘z hayratini yashirolmadi, albatta: «Yigitlarga kiyinish xonasida hech narsa qoldirmaslikni tayinladik. Ular shu ko‘rsatmaga amal qilib, maydonda borlarini berishdi. Tabiiyki, hozir har bir shogirdim bilan o‘zgacha faxrlanyapman. Ular oldinga katta qadam tashlashdi. Biz uchun, jamiyatimiz uchun! Hozirgi natijamiz klubning 127 yillik tarixida kuzatilmagan ekan. Bu - tarix. Kubok mo‘’jizasi davom etmoqda». Elokobi yana butun jamoa stadiondan to‘g‘ri qahvaxonaga borishini ham yashirmadi. Albatta, g‘alabani nishonlash uchun!

«Meydston» - yarimprofessional klub. Janub Milliy ligasida ishtirok etuvchi jamoa Kent grafligidagi Meyd­ston shaharchasi sharafini himoya qiladi. Klub 1989-1992 yillar oralig‘ida Futbol ligasi a’zosi bo‘lgan. Biroq keyinchalik inqirozga yuz tutgani oqibatida graflik miqyosidagi To‘rtinchi divizionga qaytgan, yana faqat yoshlar bilan. 2015 yilga kelib, «Meydston» Angliya futbol piramidasiga qayta kirdi. Meydstonliklar bunga qadar shaxsiy stadioni «Gallaxer» qurilishini yakunlagandi. Jamoa oxirgi mavsumlar Beshinchi va Oltinchi divizionlar aro «tebranishmoqda». Hozir esa o‘z ligalari turnir jadvalida 4-bo‘lib turishibdi. Bu pozisiya sohibi yakunda yuqoriga sakrash uchun «pley-off» o‘yinida ishtirok etadi. Beshinchi divizionga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish uchun esa jamoa 1-o‘rinni band etishi kerak.

Aytgancha, 28 yanvar kuni Angliya kubogi 1/8 finaliga qur’a tashlandi. «Meydston» bu raundda «Manchester Siti» yoki «Brayton» kabi kuchli klub bilan to‘qnash kelishi mumkin edi. Amalda uning chekiga «Sheffild Uinsdey» - «Koventri» juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynash tushdi. Nima derdik, «Meydston» o‘z mo‘’jizasini davom ettirishga urinib ko‘rishi mumkin. Nega endi shunday qilmasligi kerak?

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:50, 10.02.2024. O'qildi: 2261 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.