Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Risu Doan: «JCHda o‘ynash – bu bolalik orzusining ro‘yobi»

Baho:
+ | -
OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Intervyular
A A A

Qatarda o‘tkazilgan oxirgi Osiyo kubogi arafasida Yaponiya milliy jamoasi FIFA reytingida qit’a yetakchisi edi.

Chunonchi, aynan shu arab mamlakati mezbonlik qilgan JCH-2022da Ispaniya va Germaniya termalari ustidan qozonilgan unutilmas g‘alabalar bilan e’tiborni tortgan «ko‘k samuraylar» 2023 yilning iyun oyidan OK-2023 guruh bosqichi 1-turiga qadar naq 11ta o‘yinni o‘z foydalariga hal qilishdi - qoyilmaqom g‘olibona yurish. Yana bir tomoni, yaponlar shu seriya davomida raqiblar darvozasiga 49ta gol (!) urishdi. Biroq qit’a chempionatining ikkinchi o‘yini Xajime Moriyasu jamoasi uchun haqiqiy ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Eslasangiz, «kunchiqar yurt» vakillari Iroq termasiga qarshi bahsda mag‘lubiyatni tan olishgandi. Eron termasi bilan bo‘lgan chorak final o‘yinining 90+7-daqiqasi esa butun Yaponiyani batamom nokautga uchratdi. Har ikki yirik turnirda birdek yaxshi taassurot qoldirgan yarim himoyachi Risu Doan yaqinda FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida aynan Osiyo kubogi saboqlariga to‘xtaldi. Germaniya Bundesligasi vakili - «Frayburg»­-ning 25 yoshli futbolchisi yana Qatar-2022 voqeliklarini yodga oldi, JCH-2026ga qaratilgan umidlari va Olimpiada tajribasiga ham to‘xtaldi.

- Risu, joriy mavsumni «Frayburg» klubi va Yaponiya termasi, qolaversa, o‘zingiz uchun qanday tasvirlagan bo‘lardingiz?

- Klubimiz o‘tgan mavumga nisbatan o‘sishga erishmadi natija nuqtai nazaridan. Terma jamoamiz esa Osiyo kubogidan erta chiqib ketdi. Shunday ekan, mavsumga ijobiy baho berishim qiyin. Jumladan, shaxsiy ko‘rsatkichlar tomonidan ham. Shuning barobarida hozir o‘zimni ham ruhan, ham jismonan kuchliroq his qilyapman. Ha, shaxsiy statistikam bu fikrga mos kelmasligi mumkin, lekin tobora rivojlanayotganimni qalban sezib turibman. Muhimi, murabbiy salohiyatimga shunchalik ishondiki, YEL va ichki turnirlarda birdek muntazam maydonga tushirdi. Yevrofutbolda haftasiga 2ta to‘liq o‘yin - bu yanada shakllanish uchun ajoyib imkoniyat.

- Yaponiya milliy jamoasining OK-2023dan keyingi ilk o‘yini mart oyida JCH-2026 saralash turniri hisobidan KXDR termasiga qarshi kechdi. Qiziq, o‘sha uchrashuvga qanday holatda yetib borgandingiz?

- Qaysi raqib bilan o‘ynashimizdan qat’iy nazar, Osiyo kubogidagi muvaffaqiyatsizlikni ortga surib, hammasini yana to‘g‘ri tashkil etish, ravon yo‘lga qaytishimiz zarurligini teran tushunib turgandik. Shaxsan men Osiyo kubogida kuzatilgan omadsizlikni deylik, JCH-2022dan chiqib ketganimizdan ko‘ra, ko‘proq o‘yladim. Umuman, Eron termasidan qabul qilingan mag‘lubiyat ko‘pchiligimiz uchun ham hayot, ham faoliyatimizda burilish nuqtasiga aylandi. Har holda, men o‘sha mag‘lubiyatda ijobiy tomonlari ham borligi payqadim. To‘g‘ri, KXDR termasini atigi 1:0 hisobida yengganimiz ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘ygandir. Ammo fakt shuki, aksariyat yigitlar o‘sha 5 kunlik yig‘inni terma jamoa bilan yangi davrga qadam tashlash vaqti sifatida qabul qilishdi.

- JCH-2022 guruh bosqichida 2ta hal qiluvchi golga mualliflik qildingiz va shu asnoda futbol olamiga ovoza bo‘ldingiz. O‘zingiz uchun ilk mundial qanday taassurotlar qoldirdi?

- Jahon chempionatida o‘ynash - bu bolalik orzularimdan birining ro‘yobi. Barchasi ortida mashaqqatli mehnat yotibdi, albatta. Xususan, oilamiz a’zolari, murabbiylarim va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari tufayli hamisha olg‘a yurdim. Milliy jamoa libosida butun mamlakat fuqarolariga quvonch ulashish uchun harakat qilish - bu ham yoqimli, ham unutilmas jarayon.

- Oxirgi 2ta yirik turnirni olsak, sizlarga Osiyo kubogidagi natija alam uy­g‘otgani o‘z-o‘zidan tushunarli. Bu boradagi xulosangiz qanday?

- Ha, jahon chempionati davomida, xususan, Xorvatiya termasi bizni chetga chiqarganida ham, o‘zimizni tetik tutgandik. Chunki to‘g‘ri yo‘ldan borayotganimiz ko‘ringan edi. Qisqasi, tanlangan strategiya ish berayotganini ko‘rdik va kelajakka optimistik ruhda qaradik. Shu tariqa Osiyo kubogiga faqat g‘alaba ilinjida kirishdik, muxlislar ham bizdan faqat chempionlik kutishdi. Biroq katta ishonchni oqlay olmadik. Ehtimol, butun mamlakat faqat g‘alaba kutgani bosim yuklagandir. Har holda, qit’a birinchiligida har bir o‘yinga g‘alaba qozonishimiz shartligini o‘ylagan holda tushdik. Qit’a kubogining jahon chempionatidan asosiy farqi shu, menimcha.

- Endi oldinga qaraymiz: JCH-2026dan nimalarni kutyapsiz?

- JCH-2022 va OK-2023 voqealaridan keyin milliy jamoada o‘ynash ishtiyoqim yanada kuchaygani aniq. Butun jamoamizga oxirgi muvaffaqiyatsizlik hanuzgacha tinchlik berayotgani yo‘q. Tinchlanish uchun esa JCH-2026ga yo‘l olishimiz va millionlab yurtdoshlarimiz ishonchini oqlashimiz kerak. Hozirda Yaponiya termasi tarkibi ajoyib avlod vakillaridan tuzilgan. Barchamiz mamlakatimiz futboli uchun mislsiz natija taqdim etishni xohlaymiz. 

- Navbatdagi mundialda ilk marta 48ta jamoa ishtirok etadi. Ushbu kengayish yaxshimi yoki...?

- Endi chorak finalga chiqish uchun avvalgidan 1ta ko‘proq g‘alaba qozonish talab etiladi. Demak, rejani yanada oshirishga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramay, qo‘shimcha o‘yin barcha uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Oddiy aytganda, futbolchilarda JCH final bosqichidan zavqlanish uchun ko‘proq vaqt bo‘ladi.

- Qolaversa, Osiyodan JCH final raundiga odatdagidan ko‘proq jamoa boradi. Saviya mos kelarmikan? 

- Hozir qit’a futbolidagi vaziyat har qachongidan keskinroq. Osiyo kubogi ham jamoalar yaqqol kuchayganini ko‘rsatib berdi. Ozgina xotirjamlik qimmatga tushishi mumkin. Avvalgi JCH saralashining hal qiluvchi bosqichi 1-o‘yinida Ummon termasiga yutqazgandik, o‘shanda raqib qanchalik jiddiy kurashgani esimda. Qisqasi, endilikda har bir o‘yinda bor imkoniyatlarni ishga solish kerak. Ayni payt Osiyoning ko‘plab terma jamoalarida xorijlik murabbiylar ishlamoqdalar. Demak, taktik qarashlar va g‘oyalar ko‘paydi. Buni ham inobatga olish kerak, albatta.

- Olimpiada-2024 oldidan Tokio-2020 o‘yinlarini birrov yodga olsak. Har 4 yillikning bosh sport musobaqasidagi ishtirok futbolchi sifatida shakllanishingizga nechog‘li yordam berdi?

- Mana, o‘sha vaqt olimpiya termasida to‘p surgan ko‘plab yigitlar hozir milliy jamoaning doimiy a’zosiga aylanishdi. Olimpiada-2020 bizga ayniqsa, axloqiy jihatdan katta turtki berdi. Ispaniya termasini ketma-ket 2ta turnir (Olimpiada-2020 va JCH-2022)da mag‘lubiyatga uchratganimiz esa ichki ishonchni mustahkamlashga xizmat qildi. O‘tmishga nazar tashlasak, oldinlari katta jamoalarga qarshi o‘yinlarga qandaydir hadik bilan qarardik. Hozir bunday emas. Ha, Tokio o‘yinlarida 4-o‘rin bilan cheklanib, medalsiz qolgandik, muhimi, Olimpiada tajribasi eng kuchli jamoalar bilan tengma-teng o‘ynaydigan darajaga chiqqanimizni ko‘rsatgandi, shuningdek, qaysi jihatlarni yaxshilashimiz zarurligini ham.

- Mana, Yaponiya olimpiyachilari Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Xo‘sh, JCH-2026 oldidan ham milliy jamoada futbolchilarning yangi to‘lqinini ko‘rishimiz mumkinmi?

- Nega endi yo‘q? Bosh jamoamiz murabbiyi Moriyasu vaqtida U-23 termasini ham bosh­qargan va deyarli barcha yigitlar imkoniyatini yaxshi biladi. Agar U-23 termasi Olimpiadada yaxshi ishtirok etsa, unda milliy jamoada raqobat yanada oshishi muqarrar. Buni o‘z tajribamdan bilaman. Ya’ni vaqtida o‘zimiz ham olimpiya termasidagi yaxshi o‘yin milliy jamoaga yo‘l ochishini teran anglagan holda harakat qilganmiz. Pirovardida yangi to‘lqinning vujudga kelishi Yaponiya futboli foydasiga ishlashi ham tayin. 

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 24.05.2024. O'qildi: 712 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик