Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Fransiya elitasidagi «qaldirg‘ochlar»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Fransiya 1-Divizioni
Rukn: Yangiliklar
A A A

Barcha milliy chempionatlar kabi Fransiya oliy divizioni ham o‘z tarixida sayeramizning turli mamlakatlaridan kelgan legionerlar faoliyatiga guvoh bo‘lgan.

Ular orasida barcha qita vakillariga, hatto Yangi Dunyodan kelgan futbolchilarga duch kelish mumkin. Biroq biz o‘z vatanidan birinchi bo‘lib Fransiya chempionatida to‘p surgan legionerlar haqida hikoya qilishni lozim topdik. Gap Liga 1 davrida faoliyat yuritgan legionerlar xususida ketmoqda.

Billi KETKEOFOMFON, Laos

Liga 1dagi faoliyati: 2015-2018. («Anje», 53ta o‘yin, 6ta gol, markaziy hujumchi).

Ota-onasi laoslik hujumchi Fransiyada tug‘ilib, faoliyatini «Strasbur» klubida boshlagan. Keyin Shveysariyaning «Syon» va Fransiyaning «Tur» klublarida to‘p surib, undan «Anje»ga o‘tdi. Billining «Raymon Kopa» nomli stadiondagi ilk mavsumi samarali bo‘ldi, lekin keyin omadsizlik davri boshlandi. 2018|19 yillar mavsumida hujumchi Liga 2ning «Oser»ga yo‘l oldi. Shundan keyin elitada to‘p surish unga nasib etmadi, qisqa muddat Malayziyada o‘ynadi. Hujumchi 2021 yilda Laos terma jamoasida debyutini nishonlab, atigi 6 marta maydonga tushdi.

Muhammad KALLON, Syerra-Leone

Liga 1dagi faoliyati: 2004-2007 («Monako», 48ta o‘yin, 13ta gol, markaziy hujumchi).

Kallon o‘z faoliyatini vatanida boshlab, keyin Livan va Shveysariya orqali Italiyaga kelgandi. Bir necha mavsumni o‘rtamiyona jamoalarda o‘tkazgan hujumchini 2001 yilda «Inter» 13 mln. yevroga xarid qilgach, Muhammad Syerra-Leonening eng qimmat futbolchisiga aylandi. Italiyadagi ishtirokni muvaffaqiyatli boshlagan bo‘lsada, keyin jarohat olib, asosiy tarkibdan tushib qoldi. Bir yil avval YECHLning finaliga chiqqan «Monako» Kallonni 5 mln. yevro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Biroq bu yerda ham uzoqroq to‘p surish unga nasib etmadi. Ke­yin hujumchi Saudiya, Gresiya, BAA, Xitoy va Hindiston jamoalarida to‘p surdi. Hozirda 44 yoshli Muhammad «Inter»da o‘ynagan chog‘ida xarid qilgan «Kallon FK» klubining bosh murabbiyi.

Mariano DIAS, Dominikan Respublikasi

Liga 1dagi faoliyati: 2017-2018 («Olimpik Lion», 37ta o‘yin, 18ta gol, markaziy hujumchi)

Fransiyadan tashqarida, boz ustiga, o‘ta nomdor jamoa - «Real»da to‘p surgan futbolchi. Mariano «qirollik klubi» bilan 2 marta YECHLda g‘olib chiqqan va «Lion»ga aynan Madriddan yo‘l olgandi. Liga 1da Dias atigi bir mavsum, lekin o‘ta sermahsul o‘yin ko‘rsatdi - 34ta uchrashuvda 18ta gol. Tabiiyki, sobiq hujumchisining sermahsulligi «Real»ni befarq qoldirmadi va Marianoni qaytarib oldi. Biroq buning uchun 21 mln. yevrodan voz kechishga majbur bo‘ldi. Taajjubki, Madriddagi 5 yilni Mariano asosan zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi, o‘tgan mavsumni «Sevilya»da o‘tkazib, birorta gol ura olmadi. 31 yoshli hujumchi hozir ishsiz yuribdi.

Saman GODDOS, Eron

Liga 1dagi faoliyati: 2018-2020 («Amyen», 32ta o‘yin, 5ta gol, hujumkor yarim himoyachi).

Saman Shvesiyaning Malmyo shahrida tug‘ilgan va shu yerda faoliyatini boshlagan. 2017 yilda «Estersund» klubi sharafini himoya qilgan Goddos Shvesiya terma jamoasida ham 2 marta maydonga tushgan. 2018 yilda «Amyen» uni 4 mln. yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Samanning Liga 1dagi debyuti yorqin boshlangan bo‘lsada, 2-davrada tarkibdan chetda qoldi. Keyin u jarohat oldi, jamoa esa Liga 1ni tark etdi. Shundan keyin futbolchi Angliyaning «Brentford»iga o‘tib ketdi zaxira o‘yinchisi maqomida to‘p surdi. Ayni pallada 30 yoshli Goddos ham ishsiz qolgan.

Teddi TEUMA, Malta

Liga 1dagi faoliyati: 2023 - hozirgi vaqt­da (Reyms», 28ta o‘yin, 6ta gol, markaziy yarim himoyachi).

Teddi Fransiyaning Tulon shahrida tug‘ilib, 25 yoshga qadar quyi divizionlarda to‘p surgan va «Red Star» klubi bilan Liga 2ga chiqqan. Keyin Teddi Belgiyaning «Yunion» klubida to‘p surib, u bilan elitaga chiqdi va debyut mavsumida chempion bo‘lishiga ozgina omad yetishmadi. Bundan xabardor bo‘lgan «Reyms» Teumani 5 mln. yevroga xarid qilib, tug‘ilgan yurtiga qaytardi. Liga 1dagi Teddi risoladagidek saviyada o‘tkazib, tez orada yetakchilar safiga ko‘tarildi.

Muso TAMARI, Iordaniya

Liga 1dagi faoliyati: 2023 - hozirgi vaqt­da («Monpelye», 28ta o‘yin, 5ta gol, o‘ng qanot vingeri).

Bozor bahosi bo‘yicha vatandoshlari o‘rtasida rekord o‘rnatgan arab o‘g‘loni 21ga chiqqanida Kiprning «Apoel»klubidan joy oldi. U yerdagi 2 yillik ishtirokdan so‘ng, Belgiyaning «Lyoven» klubi Musoni 1 mln. yevro evaziga o‘z tarkibiga jalb etdi. Hozirda futbolchi «Monpelye»ning boshlang‘ich tarkib o‘yinchisi, endi 27ga chiqqan bo‘lsada, Iordaniya terma jamoasi safida 70tadan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan.

Shamar NIKOLSON, Yamayka

Liga 1dagi faoliyati: 2023-2024 («Klermon», 26ta o‘yin, 4ta gol, markaziy hujumchi).

Rossiyalik muxlislarga Moskvaning «Spartak»idagi o‘yinlari bilan tanish bo‘lgan yamaykalik hujumchi Yevropadagi ishtirokini Sloveniyaning «Domjale» klubida boshlagan va 2 mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazgan. Keyin Shamar Belgiyaning «Sharlerua»sida 2,5 yil to‘p surgach, «Spartak» a’zosiga aylandi. O‘tgan yil yozida hujumchini «Klermon» ijaraga oldi, lekin ko‘zlagan maqsadiga erisha olmadi - mavsum yakunida Liga 2ga tushib ketdi. 27 yoshli hujumchi yana «Spartak»ka qaytdi.

Edgaras YANKAUSKAS, Litva

Liga 1dagi faoliyati: 2004-2005 («Nissa», 21ta o‘yin, markaziy hujumchi).

Faoliyatining ilk bosqichini SSKA va «Torpedo» klublarida o‘tkazgan Edgaras 2004 yilda «Portu» bilan YECHL g‘olibi bo‘lgandi. Qizig‘i, turnir davomida u doimo zaxiradan maydonga tushgan, yarim final va finalni esa o‘rindiqda o‘tkazgandi. Keyinchalik futbolchi «Benfika»da o‘ynadi, «Real Sosyedad» va «Bryugge» ham unga begona emas. YECHLdagi zafardan keyin hujumchini «Nissa» ijaraga oldi. Biroq futbolchi yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan holda, gol ura olmadi. keyin Edgaras «Kaunas»da, Shotlandiya, Latviya, Kipr va AQSHda to‘p surdi. Nihoyat, 2011 yilda Voronejning «Fakel»ida butsalarini mixga ildi. Hozir 49 yoshli Yankauskas bosh murabbiy lavozimida Litva terma jamoasini boshqarmoqda.

Jon BOSTOK, Trinidad va Tobago

Liga 1dagi faoliyati: 2018-2019 («Tuluza», 16ta o‘yin, markaziy yarim himoyachi).

16 yoshli «Kristal Pelas tarbilanuvchisini «Totenxem» 2 mln. yevroga xarid qilgan bo‘lsada, Jon APLda biror marta maydonga tushmadi. «Taqachilar» uni quyi divizionlar jamoalariga ijaraga berishdan nariga o‘tmadilar. Yosh iqtidor parallel ravishda yoshlar jamoalarida ham to‘p surdi. Biroq klub undan voz kechdi va Bostok erkin agent maqomida «Antverpen»ga yo‘l oldi. Keyinchalik «Lyoven», «Lans», «Bursaspor»da to‘p surib, nihoyat, «Tuluza» safiga qo‘shildi. Avvaliga boshlang‘ich tarkibda o‘ynagan bo‘lsada, keyin maydonga tushmay qo‘ydi va ijaraga berib yuborildi. 32 yoshli futbolchi hozir Angliyaning 5-divizioni vakili.

Abduqodir HUSANOV, O‘zbekiston

Liga 1dagi faoliyati: 2023 - hozirgi vaqt­da («Lans», 13ta o‘yin, markaziy himoyachi)

Ro‘yxatimizdagi eng yosh futbolchi, ayni pallada mamlakatning istiqboli porloq vakili hisoblangan O‘zbekiston terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Hikmat Hoshimovning o‘g‘li. Abduqodirning ilk transferi 18 yoshli chog‘ida, Belarusning «Energetik-BGU» klubi uni «Bunyodkor»dan xarid qilganida yuz bergan. Buni qarangki, yosh iqtidorning xorijdagi 1 yilga ham yetmagan samarali faoliyati YECHLning guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan fransuz klubini qiziqtirib qoldi. 2022|23 yillar mavsumini 2-o‘rinda yakunlagan «Lans» nufuzli turnirda munosib qatnashish maqsadida tarkibni kuchaytirishga kirishgandi. Ha, debyut mavsumida Abduqodir muntazam ravishda maydonga tushmadi. Qolaversa, jamoada shakllangan Danso-Medina-Gradi uchligi himoyada ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. O‘zbekning dastlabki o‘g‘loni bo‘lmish hamyurtimiz esa uchlikning istalgan a’zosi o‘rnini to‘ldirishga doimo tayyor.

Valenten ROBERJ, Kipr

Liga 1dagi faoliyati: 2014-2015 («Reyms», 11ta o‘yin, markaziy himoyachi).

Roberjning faoliyati Fransiyada, jumladan, «PSJ»ning zaxira jamoasida boshlangan. Keyin «Maritimu»dagi o‘rtamiyona ishtirok unga «Sanderlend» eshiklarini ochdi. Lekin APLdagi 2 mavsum davomida atigi 15 marta maydonga tushdi. Shu bois, 2014 yilda himoyachi «Reyms»ga ijaraga berildi. Lekin himoyachi Liga 1dagi vaqtini ham asosan zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi. Hozir 37 yoshli futbolchi Larnakaning «AYEK» klubida o‘ynamoqda.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:54, 02.09.2024. O'qildi: 1242 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик