Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kerim Palich: «O‘zbekiston ikkinchi vatanim bo‘lib qoldi...»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Xorijiy legionerlar / O‘ynayotgan futbolchilar
Rukn: Intervyular
A A A

Yakunlangan mavsum Superligada qolish vazifasini bir amallab uddalagan «Metallurg»ning tarqatib yuborilgani achinarli hol, albatta.

 Tabiiyki, bir qator futbolchilar o‘ziga yarasha tarixga ega jamoa hayotida yorqin iz qoldirishdi. Bekobodda 2,5 yil faoliyat olib borgan Bosniya va Gersogovina vakili Kerim Palichni bemalol shundaylar qatorida tilga olish mumkin. Xo‘sh, tajribali yarim himoyachi ayni payt nima bilan mashg‘ul, uning keyingi rejalari qanday? Yaqinda Kerim bilan bog‘lanib, shu xususda suhbatlashdik.

- Avvalo, «Metallurg» uchun ko‘ngilsiz kechgan mavsum xususida to‘xtalsangiz...

- Ha, jamoa o‘z tarixida bunday og‘ir mavsumni ko‘rmagan bo‘lsa kerak... Axir chempionatda uzoq vaqt g‘alaba nimaligini bilmadik. Vaholanki, har qanday raqibga munosib qarshilik ko‘rsatdik, ammo nimadir yetishmadi-o‘xshamadi. Oxirgi turlarda biroz jonlanib, vaziyatni o‘nglaganimiz va Superligada qolish vazifasini bajarganimizni hisobga olsak, jamoa bilan yuz bergan keyingi vo­qealar juda alamli... 

- Umuman, «Metallurg»ning Superligada bu darajada yomon ishtirok etishiga nima sabab bo‘ldi?

Bu savolga jamoa futbolchilari ham, murabbiylari ham aniq javob berolmasalar kerak. Qaytaraman, aksariyat o‘yinlarda raqibdan aslo qolishmadik, mag‘lubiyat bilan yakunlangan bahslarda ham oxirigacha kurashdik. Omadsizlik va vaziyatlardan foydalanolmaslik ortidan salbiy natijalar ko‘paygani  sari yigitlarda bosim kuchaydi. Oddiy aytganda, vaziyat taqozosiga ko‘ra, shunday holatga tushib qoldik. Boshqa yana nima deyishim mumkin...?   

- Boshida jamoa xorijlik mutaxassislar boshqaruvida pastga sho‘ng‘idi, keyin ishni mahalliy murabbiylar davom ettirishdi. Balki murabbiylar shtabidagi qo‘nimsizlik ham «Metallurg» zarariga ishlagandir... 

Futbolchi sifatida murabbiylar ishini muhokama qilishim nojoiz. Ehtimol, mahalliy mutaxassislar ertaroq boshqaruvni qo‘lga olishganida, vaziyat bu qadar og‘irlashib ketmasmi-di...? 

Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, «Metallurg» bilan shartnomangiz 30 noyabr kunigacha mo‘ljallangan edi. Dekabr­dagi o‘yinlarda ham ishtirok etganingizni hisobga olsak, kelishuv muddati uzaytirilgandi, shundaymi? 

- Ha, «Metallurg»ni og‘ir o‘yinlar kutib turganini nazarda tutib, bitimni yangilagandik, faqat qisqa muddatga - 10 dekabrgacha. 

- O‘zbekistonda 2,5 yil o‘ynadingiz. Ichki birinchiligimiz va yurtimizga bog‘liq umumiy taassurotlaringiz qanday?

- Mahalliy chempionat saviyasi chakki emas. Ayniqsa, oxirgi mavsum Superligada o‘tkinchi o‘yinlar qolmadi, hisob. Mamlakatingizga kelsak, menga g‘oyat go‘zal an’ana va madaniyatga ega o‘lkada faoliyat yuritish nasib etganidan xursandman. O‘zbekiston ikkinchi vatanim bo‘lib qoldi. Bunda mubolag‘a yo‘q. Zero, yurtingizda unutilmas damlarni o‘tkazdim, ajoyib futbol oilasida yayradim. Qisqasi, O‘zbekistonning yuragimda chuqur joy olgani tayin. 

- Endi rejalaringizga ham to‘xtalsangiz. Superligaga qaytishingiz mumkinmi, o‘zi klublardan chorlovlar bormi?

Takliflar yo‘q emas, lekin ozgina dam olishim kerak. Chunki og‘ir mavsumdan so‘ng ruhiy toliqish bor. Yana biroz o‘zimga kelib olay, keyin yangi chaqiriqlar ustida bosh qotiraman. Agar O‘zbekistonga qaytish uchun munosib variant chiqsa, rozi bo‘laman, albatta.

- Bekoboddagi faoliyatingiz davomida moliyaviy muammolar ham sezilganmidi? Umuman, o‘zbek futbolida qanday kamchiliklarni payqadingiz? 

- «Metallurg»da hech qachon maosh yoki ta’minot masalasida muammo ko‘rganim yo‘q. Chunki klub ortida moliyalashtiruvchi mexanizm bor edi. Shunday klubning to‘satdan tarqatilishi achinarli... O‘zbek futbolidagi kamchiliklar haqida esa mutaxassislar gapirishgani ma’qulroq. 

- Oxirgi savol: O‘zbekistondagi faoliya­tingiz davomida nimalarga erishdingiz? Bu tajriba faoliyatingiz uchun qay darajada foydali bo‘ldi? 

- Tabiatan yangi tajribaga o‘chman. O‘zbekiston chempionatida o‘ynash orqali futbolchi sifatida yanada o‘sishga erishdim, o‘zgacha madaniyat bilan tanishdim, yangi-yangi do‘stlar orttirdim. Shunday ekan, bu tajriba kelajakda ham qaysidir jihatdan asqotishiga ishonaman.

XURSHIDBEK suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:51, 24.01.2025. O'qildi: 1841 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик