Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 135 53 45 233
2 Yaponiya 41 68 63 172
3 Janubiy Koreya 21 26 44 91
4 O‘zbekiston 12 17 13 42
5 Tailand 10 8 12 30
6 Qozog‘iston 9 13 23 45
7 Bahrayn 9 3 3 15
8 Eron 8 15 10 33
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 4 9 19

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1893 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2151 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 29.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Афины-2004.
      09:00 Снукер. Второй раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      15:30 Снукер. Второй раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Женщины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:15 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      21:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на трудность. Финал. Мировая серия. Копер.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Обзор.
      02:00 Трейлраннинг.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      03:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Birinchi ligada 30 ta jamoa ishtirok etadi

Baho:
+2 | -
O'ZBEK FUTBOLI / https://stadion.uz/uz/news/sections/uzfootball/1-liga
Rukn: Yangiliklar
A A A

Birinchi liga yosh iqtidorlar uchun katta futboldagi dastlabki qadamlari oldidan maydon vazifasini o‘tab beradi. Liga o‘z yo‘nalishi asosida futbol akademiyalari va universitetlar qoshida tashkil etilgan sport klublarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Musobaqada bemaqsad ishtirok etayotgan, shubhali o‘yinlarga aloqasi mavjud bo‘lgan yoki Liga hamda ishchi-xodimlar bilan shartnomalar shartlariga rioya qilmaydigan klublar esa Liga qatnashchilari safidan chiqariladi.

30 ta jamoa qanday saralab olindi?

Jamoalarning uchdan bir qismi O‘FA qoshidagi hududiy akademiyalar bo‘lib, ular o‘z tarbiyalanuvchilarini Birinchi liga orqali katta futbolga tayyorlaydi. Mazkur akademiyalar qoshida sport klubi tashkil etilgan bo‘lib, aynan shu klublar Liga a’zosi hisoblanadi.

Shuningdek, "Nasaf", "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv", OKMK, "Navbahor" kabi klublar o‘z farm jamoasini tashkil etgan. Ular Birinchi ligada qatnashish orqali, o‘z zaxirasini mustahkamlashni maqsad qilgan.

Birinchi ligada universitet jamoalari joriy mavsumda ham 2 tani tashkil qiladi: Buxoro davlat universiteti hamda Qarshi davlat universiteti. QarDU jamoasi Birinchi ligada Lochin nomi bilan to‘p tepadi.

Qolgan 12 ta jamoadan 3 tasi O‘FA tashkil etgan o‘tish o‘yinlari orqali Birinchi liga ishtirokchisiga aylandi: "Bog‘dod", "Ishtixon", "Kattaqo‘rg‘on". "Zomin", "Qiziriq", "Qumqo‘rg‘on", "Lokomotiv BFK", "Chig‘atoy", "Sementchi", "Do‘stlik" kabi jamoalar o‘tgan mavsumda ham Liga a’zolari hisoblangan.

"Ahmedov FK" ikki mavsum avval Birinchi ligada "Olimpiya" nomi bilan ishtirok etgan bo‘lib, 2024 yilda Parij Olimpiadasi uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan "Olimpik" klubiga ko‘maklashdi va uning U21 jamoasi sifatida Liga musobaqalarida o‘ynadi. "Oqtepa" esa Toshkent shahar kubogida zafar quchib, Liga Ustavi asosida kirish badalini to‘lash sharti bilan Birinchi ligaga qabul qilindi.



Jamoalar uch mintaqaga bo‘linadi

Geografik jihatdan Liga 30 ta jamoani uch mintaqaga ajratib oladi: G‘arb, Markaz, Sharq. Bu uch sababga ko‘ra amalga oshiriladi:

• pulni iqtisod qilish;

• yosh futbolchilarning uzoq masofadan keyingi tiklanishini osonlashtirish;

• yosh futbolchilar uzoq safarlar tufayli ta’limdan uzoqlashib ketmasligiga erishish.

G‘arbiy mintaqadan Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo jamoalari o‘rin oladi. Har uch mintaqada jamoalar soni teng bo‘lishiga erishish uchun, Markazga nisbatan yaqinroq bo‘lgan Samarqandning Ishtixon yoki Kattaqo‘rg‘on jamoalaridan biri qur’a asosida Markaziy mintaqaga o‘tkaziladi.

Jizzax, Sirdaryo, Yangiyo‘l va Toshkent shahri jamoalari (6 tasi) esa Markazni tashkil etadi. Poytaxtning 9 ta jamoasi Birinchi ligada ishtirok etayotganidan kelib chiqib, qur’a yordamida ularning 6 tasi Markazga biriktiriladi. Qolgan 3 ta jamoa esa Sharqiy mintaqada Angren va vodiy jamoalari bilan bellashadi.

Musobaqa formati haqida

Har bir mintaqada 10 tadan jamoa bo‘lgach, ulardagi har bir jamoa 9 ta uy va 9 ta safar uchrashuvida maydonga tushadi. Shu tariqa musobaqaning birinchi bosqichi o‘z yakuniga yetadi.

Ikkinchi bosqichga har bir mintaqaning eng yaxshi 5 tadan jami 15 ta jamoasi yo‘l oladi. Liga ular qatoriga 1 ta mehmon jamoani 16-jamoa sifatida qo‘shadi. Mazkur jamoa Liga ro‘yxatidan o‘tmagan futbolchilardan tuziladi va uning nomi keyinroq ma’lum qilinadi. O‘z mintaqasida 1 va 2-o‘rinlarni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchilar orasidan 2 ta eng yaxshi jamoa 1-savatdan joy oladi va ular 1/8 finalda o‘zaro raqib bo‘lmaydi. Liganing mehmon jamoasi va qolgan jamoalar 2-savatni tashkil etadi.

1/8 final bosqichi uchun barcha jamoalar Toshkentga tashrif buyuradi. Har bir juftlik 3 kun ichida 2 tadan uchrashuvda maydonga tushadi va har ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib chiqqan jamoalar ¼ final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Keyinroq mana shu g‘olib sakkiz jamoa musobaqa g‘olibligi uchun kurashni Toshkentda alohida davom ettiradi (2024 yilda bo‘lgani kabi). ¼ finalga qur’a tashlanayotganda jamoalar savatlarga ajratilmaydi.

Ma’lumot uchun, Birinchi liganing barcha hujjatlarni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazgan 16 jamoasi 2025 yilgi mavsumdagi yurishini O‘zbekiston kubogining saralash bosqichidan boshlaydi. Birinchi liga taqvimi esa Ligadan tomonidan keyinroq e’lon qilinadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:25, 24.03.2025. O'qildi: 1923 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик