Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kattaqo‘rg‘on katta futbol uchun dastlabki qadamlarni tashladi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / https://stadion.uz/uz/news/sections/uzfootball/1-liga
Rukn: Yangiliklar
A A A

Birinchi ligadagi debyut mavsumidayoq G‘arbiy hudud g‘olibiga aylangan va Toshkent mezbonlik qilgan pley-off bosqichida yarim finalga qadar yetib kelgan "Kattaqo‘rg‘on" jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan katta qadamlar tashlashga qaror qildi.

Liga Proliga ishtirokchilarini shakllantirish borasida ish olib borayotgani ma’lum. Da’vogar jamoa qanday ishlarni amalga oshirishi lozimligi va aynan nimalarga e’tibor qaratishi masalasi reglamentda o‘z ifodasini topgan. Bu yo‘lda birlamchi talab infratuzilma bo‘lsa, undan keyingi jarayon futbol maktabi bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, mazkur masalalarga investisiya kiritishni maqsad qilgan jamoa bilan muzokaralar davom etadi.

Kattaqo‘rg‘on shahri va tumanida 400 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Samarqand viloyatining bosh shahridan keyingi o‘rinda turuvchi mazkur hududda futbolga bo‘lgan munosabat Liga e’tiborini tortib keladi. Birinchi liga musobaqasida jamoa ishtirokidagi uy o‘yinlarini tomosha qilish uchun uch ming atrofida ishqibozlar tashrif buyurmoqda. Toshkentdagi pley-off bellashuvlari uchun ham yuzlab muxlislar yetib keldi.

Dekabr oyining ikkinchi yarmida "Kattaqo‘rg‘on" jamoasi prezidenti Xotam Razzoqov va Liga bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda yaqin kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar masalasida kelishib olindi va shu asosda 23 dekabr kuni Liga ishchi guruhi Kattaqo‘rg‘on shahri va tumanida bo‘lib, mavjud sharoitni o‘rgandi. Unda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov ham bevosita ishtirok etdi. Kelishuvga ko‘ra, Payshanba shaharchasidagi futbol maydonini davlat xususiy sherikchilik asosida "Kattaqo‘rg‘on" jamoasiga biriktirish masalasida ish olib boriladi. Mazkur masalani tartibga solishda Samarqand viloyati hokimligi va Sport vazirligining amaliy yordamiga suyaniladi.

O‘z navbatida investor 2026 yilning o‘zida stadionni Proliga talablariga moslashtirish uchun 10 milliard so‘m atrofida investisiya kiritadi. Mazkur jarayon bir necha yilni qamrab olishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, stadion bosqichma-bosqich katta uchrashuvlarga tayyorlanadi. Birinchi navbatda maydon to‘liq qayta barpo etiladi va u o‘zida drenaj, sug‘orish kabi tizimlarni jamlaydi. Maydon chimi zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi va unda Superliga klubi ham to‘p surishi mumkin bo‘lgan daraja hosil qilinadi. Shuningdek, 5 ming tomoshabin uchun mo‘ljallangan, biroq ayni vaqtda ta’mirga muhtoj bo‘lgan tribuna osti va ustki qismi rekonstruksiya qilinadi, futbolchilar va hakamlar kiyim almashtirish xonalari, stadionning texnik qismi to‘liq tartibga keltiriladi. Mazkur masalalar bo‘yicha texnik talab Liga tomonidan taqdim etiladi.

Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan va jamoa 2025 yilda o‘zining uy uchrashuvlarini o‘tkazgan stadion maydonida ham ish davom etayotgan bo‘lib, mazkur arenada "Kattaqo‘rg‘on" U19 jamoasi o‘z o‘yinlarini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Mazkur jamoa joriy mavsum Samarqand viloyati musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgani e’tiborga molik.

Qo‘shimchasiga, hukumat yordamida Kattaqo‘rg‘on shahrida futbol maktabi qurish va uni foydalanishga topshirish masalasi rejaga kiritilgan. Keyinchalik maktab futbol jamoasiga biriktiriladi va shu tariqa Samarqand viloyatida Dinamo klubidan keyingi navbatdagi klubga asos solinadi. Klub bazasi esa Payshanba shaharchasidagi oromgoh hududida tashkil etiladi. Liga ishchi guruhi undagi sharoitlar bilan tanishdi. Barchasi reja asosida davom etsa, mazkur baza Superliga klublariniki bilan raqobatlasha oladigan darajada ekanligini qayd etish lozim.  

Liga Kattaqo‘rg‘onda katta futbol uchrashuvlarini o‘tkazish masalasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Endilikda o‘zaro kelishuvlarni tartibga solish, hujjatlashtirish, smeta xarajatlarini tasdiqlash kabi ishlarga o‘tiladi. Har bir qadam yoritib borilishi ko‘zda tutilgan. Kelishuvlarni rasmiylashtirish ishlari Liga talab qilgan ko‘rinishda yakuniga yetsa, "Kattaqo‘rg‘on" jamoasi 2026 yilgi mavsumni Proligada o‘tkazish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Ma’lumot uchun, "Kattaqo‘rg‘on" jamoasi nafaqat infratuzilmaga, balki yillik xarajatlar smetasiga ham jiddiy munosabatda bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Payshanba shaharchasidagi qurilish ishlari davom etayotgan vaqtda jamoa o‘z uy uchrashuvlarini Samarqand shahrida o‘tkazib turishi rejalashtirilgan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:09, 25.12.2025. O'qildi: 805 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик